Topshiriq: “G`azal mulki”. Hazrat Navoiy bobomiz g`azallaridan bahramand bo`lamiz.
Kun shiori: “14 fevral shoh va shoir Bobur tavallud topgan kun”.
Doskada: “Zahiriddin Muhammad Bobur – jahon tarixida teran iz qoldirgan buyuk temuriyzoda”
Buyuk olim, shoir va davlat arbobi Bobur o`z ijodi bilan ko`plab xalqlarni birlashtirib turadi. Shunday ekan, mana shunday adabiyot bayramlarini tez-tez o`tkazib turishni yo`lga qo`yish kerak. Mustaqillikka erishgach, butun respublikamiz bo`ylab, Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni keng nishonlanib kelmoqda. Bobur bobomiz haqida O`zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” romanini, ko`plab she’rlar, asarlar, spektal, videofilmlar olinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |