Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti informatika kafedrasi



Download 59,53 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi59,53 Kb.
#19714
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI


INFORMATIKA KAFEDRASI
AKTdan foydalanishning huquqiy asoslari hamda uni ta’lim tizimida joriy qilish
(Barcha turdagi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun uslubiy ko`rsatma)

Samarqand – 2013 yil

I.B.Aminov, Sh.Abduyev., AKTdan foydalanishning huquqiy asoslari hamda uni ta’lim tizimida joriy qilish. Uslubiy ko`rsatma. (Barcha toifadagi mutaxassisliklar bo’yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun)



Ushbu uslubiy ko`rsatma barcha mutaxassisliklar bo’yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda “AKT va undan foydalanish” fanidan nazariy ma’lumotlarni o’rganish hamda ko’nikma va malakalarini shakllantirish bo’yicha qisqacha nazariy bilimlarni o’z ichiga olgan.

Tuzuvchilar:

Aminov I.B. SamDU аxborotlashtrish texnologiyalari kafedrasi dotsenti f.m.f.n.

Abduyev Sh. VPKQTMOI informatika kafedrasi katta o`qituvchisi


Taqrizchilar:

F.Nomozov, SamDU «Axborotlashtrish texnologiyalari» kafedrasi dotsenti, f.m.f.n.

Q.Xoliqov, VPKQTMOI «Tabiiy fanlar ta’limi» kafedrasi mudiri, f.m.f.n.


Mazkur uslubiy ko`rsatma institut Ilmiy kengashining 2013-yil 25 iyundagi 2/3 sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etlgan.

© Samarqand VPKQTMOI - 2013 yil



So’z boshi
Mustaqil Respublikamizda «Ta’lim to’g’risidagi » qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ni amalga oshirish borasida bir qancha tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, shulardan biri, kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish va takomillashtirishdan iboratdir.

Malaka oshirish tizimida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish o’quv jarayoni samaradorligini, tinglovchilarning shu soha bo’yicha bilimi, malakasi va tayyorgarligini oshiradi, o’quv jarayonini takomillashtirish hamda bilimlarni bir tizimga keltirishga yordam beradi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarini tatbiq etish bilimlarni berish sifatini, tinglovchilarni mashg’ulot-lar jarayoniga faolligini oshiradi, bilim olishga bo’lgan talablarini hisobga olgan holda ularga alohida yondashish imkoniyatlarini beradi. Bu esa tinglovchilarni o’z ustida mustaqil ishlash va izlanishiga turtki bo’ladi. Buning uchun esa tinglovchilarni axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasi bo’yicha davlat tilida zarur o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash alohida ahamiyatga egadir.

Ushbu Uslubiy ko`rsatma barcha mutaxassisliklar bo’yicha malaka oshirish tinglovchilari malaka oshirish davrida “AKT va undan foydalanish” fanini nazariy o’rganish uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy maqsadi AKT dan foydalanishning huquqiy asoslari hamda uni ta’lim tizimida joriy qilish bo’yicha ish faoliyatida foydalana olish bilim va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Uslubiy ko`rsatma nazariy ma’lumotlardan iborat bo’lib, u Microsoft Office dasturlari to’g’risida umumiy ma’lumotlar, amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ishlash uchun topshiriqlar va foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga olgan.

Uslubiy ko`rsatmadan barcha mutaxassisliklar bo’yicha malaka oshirish tinglovchilari “AKT va undan foydalanish” fanidan nazariy ma’lumotlarni o’rganishlari mumkin.

I-bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlari, Xalq ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari
1.1. Ta’lim tizimida AKT dan foydalanishning huquqiy asoslari.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda rivojlanishining ravon yo’lga tushib olishi hayotimizning turli jabhalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalari (AKT) dan keng foydalanishga bog’liq. Bu bog’liqlikni uzluksiz ta’lim tizimida yaqqol sezish mumkin, ya’ni ta’lim jarayonida AKTdan samarali foydalanish orqali bo’lajak mutaxassislarni zamonaviy talablar asosida tayyorlashga erishish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Shuning bilan birga O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim muassasalarining moddiy texnik va axborot bazasini mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish masalasi alohida qayd etilgan. Bundan kelib chiqqan holda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish davr talabi hisoblanadi. Shu bilan birga, barcha sohalar kabi o’quv jarayonida ham kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunning muhim masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, davlatimiz tomonidan, qolaversa , hurmatli prezidentimiz I.A. Karimovning sayh harakatlari tufayli ta’lim jarayonini axborotlashtirish va hamda o’quv jarayonida axborot-telekommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga davlatimiz rahbari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Respublika Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimida kompyuterlashtirishni rivojlantirish, AKTdan foydalanish, pedagogik xodimlarni axborotlashtirish jarayonida AKT bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarini mustahkamlash yuzasidan ko’plab me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Ana shu me’yoriy hujjatlar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.


1.2. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish to`g`risidagi me’yoriy xujjatlar.

1. O’zbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida» 2002 yil 12-dekabrdagi qonuni

Ushbu qonun fuqoralarning axbortot erkinligi va uni kafolatlariga bag’ishlangan bo’lib, unda axborot va axborotlashtish jarayonining quyidagi tushunchalari yoritilgan:



axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar

axborot mulkdor – o’z mablag’iga yoki boshqa qonuniy yo’l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruv etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlik taxdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ;

axborot sohasi – subektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog’liq faoliyati sohasi;

axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati;

axborot egasi – qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan xuquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo’yiladigan hujjatlashtirilgan axborot;

ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, hamda boshqa xabarlar va materiallar;

hujjatlashtirilgan axborot – identifikasiya qilish imkoniyatini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd qilingan axborot.

Axborot olish faqat qonunga asosan hamda inson huquq va erkinliklari, konstitusiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma'naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta'minlash maqsadida cheklanishi mumkin. "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunda axborot erkinligining prinsiplari sifatida ochiqlik va oshkoralik, hamma erkin foydalanishi mumkinligi va haqqoniylik ko‘rsatilgan.

Ushbu qonunda yana jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga erishishning quyidagi yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tilgan:


  1. demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot erkinligini ta'minlash;

  2. qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta'sir ko‘rsatishga, uni chalg‘itishga yo‘l qo‘ymaslik;

  3. jamiyatning ma'naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish;

  4. milliy o‘zlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy an'analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimini barpo etish.

2. O’zbekiston respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risidagi» qonuni.

Ushbu qonun 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan bo’lib, u respublikamizda barcha sohalarni axborotlashtirish jarayonini huquqiy asoslarini belgilab berish uchun mo’ljallangan va 23 moddadan iborat bo’lib, quyidagi asosiy tushunchalar bayon etilgan:



axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizim-laridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;

axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;

axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi – qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborot texnologiyasi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, o`nga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;

axborot tizimi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, o`nga ishlov berish hamda undan foydala-nish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.

Ushbu qonunning 4 - moddasida axborotlashtirish to’g’risidagi davlat siyosati belgilab qo’yilgan. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari, va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jaxon tamoyilllarini hisobga olgan xolda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan .

Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:


  • har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;

  • davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O’zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;

  • xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog’idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;

  • davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o’zaro aloqada ishlashini ta’minlash;

  • axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;

  • axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiya- lari bozorini shakllantirishga ko’maklashish;

  • dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag’batlantirish;

  • tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish,

  • investisiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;

  • kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag’batlantirish.

"Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunga binoan axborotlashtirish — huquqiy va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda, sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidan iborat.

3 .O’zbekiston respublikasining «Telekommunikatsiyalar to’g’risida» 1999 yil 20 avgustdagi 822-I –son qonuni;

Ushbu qonunning asosiy maqsadi telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Qonun 28 ta moddadan iborat bo’lib, unda quyidagi asosiy tushunchalar keltirilgan:



telekommunikatsiyalar - signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o’tkaz-gichli, radio, optik yoki boshqa elektr-magnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash;

telekommunikatsiyalar tarmog’i - uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turla-rini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;

telekommunikatsiya vositalari - elektrmagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutasiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar;

telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (provayder) – foydalanuvchi-larga operatorlar tarmog’i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxs;

4. O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2002 yil 30-maydagi «Kompu-terlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyala-rini joriy etish chora tadbirlari to’g’risidagi» PF-3080- son Farmoni.

Ushbu Farmonnig maqsadi axborotlashtirishning milliy tizimini yaratish, shakllantirish, rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqoralarning axborotga ortib borayotgan talab ehtiyojlarini yanada qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish dan iborat.



5. O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining «Komputerlashti-rishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida» 2002 yil 6 iyundagi № 200-son qarori.

Ushbu qaror O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2002 yil 30-maydagi «Komputerlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnolo-giyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risidagi» Farmoni ko’rsatib berilgan vazifalarni bajarish yuzasidan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorlikni amalga oshrishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.



6. O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining «O’zbekiston respublikasi XTV huzurida multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida» 2006 yil 7 iyundagi №110 –son qarori.

Ushbu qaror respublikamisdagi umumta’lim maktablarini zamonaviy dastu-riy vositalar, elektron axborot resurslari, elektron qo’llanmalar, multimediali elektron darsliklar bilan ta’minlash hamda dars jarayonini yangi pedagogik texno-logiyalari asosida tashkil etishda ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilab berish va amalga oshirish uchun qabul qilingan.



7. O’zR Prezidentining O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini (“Ziyonet”) tashkil etish to’g’risida 28.09.2005 y. PQ-191-son qarori.

Ushbu qarorning maqsadi mamlakatimizning maktablari, litseylari, kollejlari o’quvchilarining, oliy ta’lim muassasalari talabalarining , qolaversa pedagogik-xodimlarning axborotga bo’lgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun zarur shart sharoitlarni-axborot manbalarini yaratish, shuningdek Internet tarmog’i-ning milliy saytida ta’lim va bilim beradigan axborot resurslarini ko’paytirish va rivojlantirish.



8. O’zR Xalq ta’limi vazirligining “ 2006-2007 o’quv yilini “Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish o’quv yili” deb nomlash to’g’risida 03.08.2006 y. 6/5-XB-sonli buyrug’i.

Ushbu buyruqning maqsadi axborot komunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimiga tadbiq qilinishini jadallashtirish, ularning har tomonlama amaliy samaradorligini oshirish, barcha pedagog kadrlarning kompyuter savodxonligi bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish uchun kerakli imkoniyatlar bilan ta’minlashdan iborat.



9. O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Axborot-ta’lim portali (www. eduportal.uz) va uning mazmunini takomillashtirish to’g’risida 13.02.2008 y. 35-sonli buyrug’i.

Ushbu buyruqning maqsadi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli barcha ta’lim muassasalari o’quvchilari hamda pedagogik kadrlarlarni dars jarayonini tashkil etish va talab darajasida o’tish uchun kerakli axborot manbalari bilan ta’minlash, kelajakda mazkur portalni xalq ta’limi tizimiga oid istalgan axborotlar va ta’lim resurslarining universal elektron bazasiga aylantirishdan iboratdir.



10. O’zbekiston respublikasi Prezidentining “Zamonaviy AKT ni joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2012 yil 21 martdagi PQ-1730 sonli qarori.

Komputerlar inson hayotining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib borayapti va jahonda ularning soni va qo‘llanilish doirasi kengaygandan kengay-moqda. Bu esa kompyuterlarning kundan-ko`nga yanada rivojlanishini ta'minlayapti. Ushbu qaror barcha sohalarda, shu jumladan ta’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan hamda Internet tarmog’idan foydalanish samaradorligini oshirishga bag’ishlangan.



11. O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ”Umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilarning zamonaviy axbo-rot-kommunikatsion texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish bo’yicha malakasini oshirishni tashkil etish to’g’risida” 2012 yil 21 apreldagi 125-sonli buyrug’i.

Malaka oshirish – pedagog kadrlarning kasbiy bilim va mahoratlarini yangilash va chuqurlashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, uning sifati tinglovchilar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ularning bilimlari va amaliy mahoratlarining pedagogik kadrlarga qo’yiladigan malaka talablarga muvofiqligi bilan belgilanadi.

Ushbu qarorning maqsadi pedagoglarning zamonaviy axborot –kommu-nikatsion texnologiyalari asosida malakasini oshirish, o’zining kasbiy faoliyatida AKT dan foydalanish malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, ularning o’quv-uslubiy va axborot ta’minotini mustahkamlash, shuningdek respublika ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash iborat.

Ushbu huquqiy hujjatlar bilan O’zbekistonda ta’lim-ning yetti bosqichi: maktabgacha ta’lim — umumiy o’rta ta’lim — o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi — oliy ta’lim — oliy ta’limdan keyingi ta’lim — kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash — maktabdan tashqari ta’limni qamrab olgan zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi yo’lga qo’yildi.

Yuqorida qayd etilgan qonun va qarorlarning ijrosini amalga oshirish uchun axborot-telekommunikatsion texnologiyalar yordamida o’quv jarayonini tashkil etish va uning samaradorligini oshirishdan asosiy maqsadi-miz o’qitish va o’rganish jarayonini jadallashtirish bilan birga, o’quvchilarning har taraflama aqliy fikrlash va tasavvurlash malakalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy axborotlashgan jamiyatda mustaqil fikrlash va ishlashga tayyorlash, ya’ni har qanday murakkab jarayonlarni amalga oshirishda mustaqil qarorlar qabul qilish, o’zining fikrini va mulohazasini bayon qilishga o’rgatish, tirishqoq hamda izlanuvchanlik faoliyatini shakllantirish bilim va malakalarini mukammal shakllantirish imkoniga ega bo’lishdir.

II-bob Ta’lim tizimida AKT dan foydalanish

2.1. Ta’lim tizimida AKT dan foydalanish yo’nalishlari, muammolari va yutuqlari

Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalarini paydo bo’lishi barcha sohalar kabi ta’lim tizimini ham qamrab olmoqda. Ta’lim tizimida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish o’zining uslubiy samaradorlik natijalariga , ya’ni o’z konsepsiyasiga asoslanadi.

O’quv jarayonida axborot texnologiyasini joriy etishda umumiy holda ikkita konsepsiya mavjud bo’lib, amaliyotda shulardan birini tanlash lozim bo’ladi.

Birinchi konsepsiya o’quv jarayonining mavjud tizimiga mo’ljallangan bo’lib, unda axborot texnologiyasi tashkiliy tizimga moslashtiriladi va shu tizimni ishlash samaradorligini oshirishda keng qo’llaniladi, ya’ni uning natijasida o’quv jarayoni tizimining ishlashi rivojlanadi.

Ikkinchi konsepsiya o’quv jarayonining butunlay yangi zamonaviy tizimiga mo’ljallangan bo’lib, uning natijasida mavjud bo’lgan tizim butunlay o’zgartiriladi,ya’ni shu bilan birga axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida yangi tizim rivojlantiriladi.

Axborot texnologiyalari – axborotni yig’ish, saqlash, uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig’indisidan iborat bo’lib, o’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda faqat o’quv-tarbiya jarayoniga qo’llanishi mumkin

bo’lgan eng zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari tushuniladi.



Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari esa kompyuter, skaner, videoko’z, video-kamera, LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizim-lari, ma’lumot-lar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlaridan iborat bo’ladi..

AKT ta’lim tizimida foydalanish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:



  1. axborot-telekommunikatsion texnologiyalar o’rganish obyekti sifatida, ya’ni yangi axborot texnologiyalar, ularning tarkibiy qismlar va foydalanish sohalari bo’yicha umumiy tushuncha va malakalarga ega bo’ladilar;

  2. axborot-telekommunikatsion texnologiyalar o’qitish vositasi sifatida, ya’ni zamonoviy axborot va pedago-gik texnologiyalar asosida o’quvchilarga bilim beriladi hamda ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompyuterlarning zamonaviy dasturiy vositalari asosida tashkil etiladi;

  3. ta’lim jarayonini boshqarish vositasi sifatida, ya’ni ta’lim muassasasining barcha ish faoliyati, shu jumla-dan o’quv, ma’naviy ma’rifiy va ilmiy-tatqiqot ishla-ri samaradorligini oshirish uchun axborotlashtirish, tahlil va bashorat qilish tizimini yaratish;

  4. o’quvchilar va professor-o’qituvchilarning ilmiy-pedago-gik izlanishlarini amalga oshirish vositasi sifatida, ya’ni o’quv muassasasida o’qituvchi-professor va o’quvchi-lar orasida ilmiy-tatqiqot va pedagogik izlanishlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviy axborot ti-zimlarini yaratish va tatbiq etish .

Har bir fan o‘qituvchisi dars jarayoniga AKT vositalarini joriy etar ekan, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplaridan xabardor bo‘lishlari kerak.

O’quv-tarbiya jarayonida kompyuterlar asosan to’rt tartibda:

- passiv qo’llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;

- reaktiv muloqot kompyuter imtihon oluvchi sifatida;

- faol muloqot – kompyuter o’quvchiga yo’l - yo’riq berish va bilimni nazorat qilish ;

- interfaol muloqot – kompyuter sun’iy intel-lekt sifatida, ya’ni o’quvchi bilan muloqot qilishda foydalaniladi.

AKTni ta’lim jarayoniga joriy etish umumta’lim maktablarining o‘qituvchila-ridan dars jaroyonini tashkil etish uchun didaktik materiallarni va faoliyatiga oid hujjatlarni tayorlashda matn muharriridan samarali foydalanish, multimedia taqdimotlarini tayyorlash, reyting ko’rsatkichlarini tahlil qilishda Excel dasturida ishlash, Internet tarmog’ida ma’lumotlarni izlash va muloqot qilish bo’yicha ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Bu vazifalarni bajarishda umumta’lim maktablarining o‘qituvchilardan kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishlari lozim. Bugo`ngi kunda kompyuter savodxonligi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga juda ham ko‘plab ko‘nikmalarni oladi.

Fan o‘qituvchilarining AKT savodxonligi bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan tayanch ko‘nikmalar:


  • kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish (asosiy va qo‘shimcha qurilmalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish);

  • dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo‘lish;

  • didaktik materiallar va ishchi xujjatlarni tayyorlashda matn muxarrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar to‘plamidan foydalana olish;

  • internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish.

Yuqorida keltirilgan ko‘nikmalar AKT savodxonligiga erishish uchun zarur bo‘lgan minimal ko‘nikmalar hisoblanadi. Bugo`ngi kun o‘qituvchisi uchun axborot texnologiyalari uning kasb faoliyatidagi vazifalarnigina (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, Internet tarmog‘idan o‘z faniga oid materiallarni to‘plash) bajarish uchun emas, balki o‘qitadigan fani yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda AKT vositalaridan foydalanish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, Internet resurslarini yaratish va ularda ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak.

AKT sohasiga oid savodxonlikni tashkil etuvchilarni alohida tavsiflab chiqsak.



2.2. Komputer haqida tushunchaga ega bo‘lish

1. Komputer haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish:

  • kompyuter nima?

  • kompyuter nimalardan tashkil topadi (arxitekturasi qanday)?

  • kompyuter qanday ishga tushiriladi va ishi to‘xtatiladi.

2. Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo‘lish:

  • Windows operatsion sistemasida ishlash (Файл va kataloglarni tashkil etish, ular ustida turli amallarni bajarish);

  • amaliy va o‘rgatuvchi dasturlarni o‘rnatish va kompyuter xotirasidan o‘chirish;

3. Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalana olish:

  • matnli hujjatlarni yaratish, ularni formatlash, bosmaga chiqarish va ularni uzatish;

  • matn muharrirlarida jadval, rasm va diagrammalar bilan ishlash;

  • elektron jadval muxarrirlarida jadvallarni tashkil etish, formulalar bilan ishlash, grafika va diagrammalar yasash;

  • multimedia dasturlari yordamida pedagogik taqdimotlarni yaratish;

  • grafik muharrirlar yordamida rasmlarni tahrirlash.

4. Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish:

  • Internet tarmog‘ida ta’lim jarayoniga oid materiallarni ma’lumotlarni izlash, ularni yuklab olish va kompyuterga saqlash;

  • tarmoq orqali veb-forumlarda va vebinarlarda (Internet tarmog‘i orqali o‘tkaziladigan seminarlarda) ishtirok etish;

  • elektron pochta xizmatidan foydalanish;

  • internet tarmog‘i orqali muloqotlarni amalga oshirish (Skype da audio va videokonferensiyalar tashkil etish);

  • ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish (Facebook, Twitter, Linkedin va b.).

Yuqorida keltirilgan AKT savodxonligi elementlariga ega bo‘lishlik – ta’lim jarayoniga AKTni samarali joriy etishning tashkiliy bir qismi hisoblanadi. Bugo`ngi kunda o‘qituvchilarning AKT sohasiga oid kasbiy mahoratini oshirish yo‘nalishida asosiy e’tibor ularning komputyerdan foydalanuvchi sifatida tayyorlashga qaratilgan.

O‘qituvchilar AKT savodxonligiga ega bo‘lish bilan chegaralanib qolmasdan, AKT vositalaridan ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lida to‘g‘ri foydalanish metodikasiga ham ega bo‘lishlari zarur. Ya’ni, har bir fan o‘qituvchisi o‘zining darsida AKT vositalaridan didaktik vosita sifatida foydalana olishlari zarur. Shu sababli, malaka oshirish kurslarida nafaqat kompyuter savodxoniligiga oid mashg‘ulotlarni, balki AKTdan foydalanish metodikasiga oid mavzularni ham o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasiga oid ko‘nikmalarga matn va jadval muharrirlari yordamida pedagogik vositalar yaratishda ularning didaktik imkoniyatlaridan foydalanishni (matn muharririda formulalar kiritish, jadval muxarrirlarida funksiyalarning grafiklarini yaratish va b.) ta’kidlab o‘tish mumkin. Bundan tashqari, ushbu metodika AKT vositalaridan darsning qaysi qismida, qancha vaqt davomida foydalanishni nazarda tutadi.

Mazkur tavsiyalarda ham zamonaviy o‘qituvchining texnologik jihatdan savodxon bo‘lishligi va o‘quvchilarda ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish etarli emasligi alohida ta’kidlanadi.



Bugo`ngi kunda zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o’quv jarayoni samaradorligini oshirishning asosiy vositalari sifatida o’quv dasturlari, mo’ltimediya texnologiyalari, elektron o’quv adabiyotlari, masofadan o’qitish tizimi, Internet tarmog’i hamda amaliy dasturlar paketlari keng qo’llanilmoqda.

O’qitish dasturlari

Namoyish

dasturlari

O’rgatuvchi dasturlar

Ma’lumotli dasturlar

Nazorat

dasturlari

1-rasm. O’quv jarayonida AKT asosiy vositalari.

1. O’qitish dasturlari ma’lum bir predmetga yoki fan sohasiga mo’ljallab yaratilgan bo’lib, o’quv jarayonini tashkil etish, predmetlarni o’qitish va o’rganish hamda o’quvchilarning mustaqil bilim olish jarayonida keng qo’llaniladi.O’quv jarayonida, ya’ni ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg’ulotlarida zamonaviy o’quv dasturlarining qo’llanilish o’rniga qarab hamda o’quvchilarni mustaqil bilim olish, o’tilgan mavzularni takrorlash, olgan bilimlarini tekshirish, nazorat qilish jarayonlarida foydalanish o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzu bo’yicha bilim va malakalarini mustahkamlashda hamda o’quv jarayonini mukammallashtirishda muhim asos yaratadi.
Masofadan o’qitish tizimi
Internet tarmog’i
Multimedia texnologiyalari
Amaliy dasturlar paketi

O’qitish

dasturlari
O’quv jarayonida AKT vositalaridan foydalanish


2-rasm. O’quv jarayonida o’quv dasturlarining turlari

2. Multimedia texnologiyalari. Bugo`ngi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib dars o’tishga juda katta e’tibor berilmoqda. Dars jarayonida turli elektron darsliklar va videotasvirlardan foydalanish juda yaxshi natijalar beradi. Bugo`ngi kunda kompyuter-dars o’tish jarayonida eng kuchli vositaga aylandi. Undagi multimedia imkoniyatlaridan foydalanishni har bir o’qituvchi bilishi kerak. Multimedia- gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: audio tizimlar, optik va kompakt disklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. «inson-kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

Multimedia-bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animasiya (obyektlarning fazodagi harakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. Multimedia vositalaridan foydalanib dars o’tganda o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishini kuzatish mumkin.

O’quv jarayonida predmetlarni ma’lum bir mavzularini o’quvchilarga o’rgatishda ma’lumotlarni ovozli, harakatli, videoli, tasvirli, grafikli va hokoza ko’rinishlarda bayon qilib berish imkonini yaratadi. Bu esa yangi mavzuni o’rganish uchun ketadigan vaqtni tejash bilan birga o’quvchilarni yangi axborotlarni qabo’l qilish ehtiyojini qondiradi hamda ularni o’rganayotgan fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi.

Multimedia

texnologiyasi
Matn
Video
Grafika

Virtual ob’ektlar
Tovush

3-rasm . Multimedia texnologiyalari
Multimedia vositalaridan ta’lim sohasida foydalanish va ular yordamida o’quvchilarni o’qitish mo’ltimediya texnololgiyalarini ta’lim sohasining turli xil pedagogik faoliyatlarida qo’llanilishining asosiy jihatlarini ajratib beradi, ya’ni katta auditoriyalarda ma’ruzalar o’qish jarayonida uni ko’rgazmali va tushunarli tarzda bayon qilish uchun tartibli ravishda multimediali namoyish va slaydlarni ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Ma’ruzachining nutqi orqali bir vaqtning ichida namoyishlar katta ekranda mo’ltimediya proyektori yordamida ko’rsatiladi. Namoyishlar o’z navbatida matnlar, tovushlar, chizmalar, harakatlar, tasvirlar va boshqa animasion elementlar orqali to’ldirilgan bo’lishi lozim. Bu jarayonlarni alga oshirish uchun albatta, malakali dasturchilar va maxsus mutaxassislar jalb qilinadi.

3. Elektron o’quv qo’llanmalar o’quv axborotlarni multimedia vositalari orqali obrazli ko’rinishda taqdim etish, har-xil ko’rinishdagi rang, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish, o’quv materiallarini qabo’l qilish jarayonini samaradorligini oshirish bilan birga o’quvchilarga berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarni rivojlantiradi.
Electron o’quv qo’llanma
Gipermatn
Nazorat
Modellashtirish
Gipermedia

O’quv materiali
O’quv materiali

O’quv materiali
O’quv materiali

4-rasm. Elektron o’quv qo’llanmasi tarkibi
Elektron qo’llanmalar ma’ruza mazmunini boyitadi va yangi materiallar bilan to’ldiradi, ularning yaratilishi hamda o’quv jarayonida qo’llanilishi ta’lim muassasalarida yagona lokal tarmoqqa va katalog tizimiga ulangan elektron kutubxonalar yaratish imkonini beradi.

O’quv muassasalarida elektron o’quv qo’llanmalaridan foydalanish zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalar bilan jihozlangan sinflarda amalga oshiririladi. Elektron o’quv qo’llanmalari asosan o’rganilayotgan mavzuga doir nazariy ma’lumotlar, amaliy misol, o’quvchilar uchun mustaqil topshiriq, mustaqil ishlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma va olgan bilimlarini tekshirish bo’yicha nazorat hamda test savollaridan tashkil topgan bo’ladi.

O’quv jarayonida elektron qo’llanmalardan foydalanish o’qituvchi-professorlarning ish faoliyatini yengillashtirish, o’quv jarayonini boshqarishni mukammalashtirish va uning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda o’quvchilarning yagona elektron katalog tizimi orqali mustaqil bilim olish, o’rganish hamda shu mavzu bo’yicha olgan bilimlarini tekshirish imkoniyatini yaratadi.

4. O’quv jarayonida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimini tashkil etish tradision o’qitish tizimi bilan uyg’unlashgan holda amalga oshiriladi. Buning uchun o’quv jarayonida masofadan o’qitish tizimidan samarali foydalanish quyidagi bir nechta omillarga bog’liq bo’ladi:


  • o’quv muassasasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologialari bazasini mavjudligi va yetarliligi;

  • Internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi;

  • masofadan bilim olayotgan o’quvchi va o’quvchilarning bilim olish ishtiyoqi va o’zlashtirish darajasining yuqoriligi;

  • masofadan o’qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali mutaxassis va o’qituvchilarning jalb etilishi;

  • masofadan o’qitish tizimining kerakli va sifatli o’quv materiallari, elektron darsliklar va o’quv kurslari bilan ta’minlanganligi va ularning yetarliligi;

  • masofadan o’qitish tizimida barcha mashg’ulotlarni sistemali tarzda olib borilishi.

Axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimining samaradorligini oshirish ko’p jihatdan yaratilayotgan va qo’llanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar – o’quv dastur, elektron o’quv qo’llanma, avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibiy qismi, mazmuni va o’qitish sifatiga bog’liq bo’ladi.

Buning uchun masofadan o’qitish tizimida interaktiv Internet texnologiyalar: chat, muammoli munozara, telekonferensiya, o’qituvchi va o’quvchilarni mo’loqot qilish uchun e’lonlar oynasi, o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash uchun turli xil trenajyorlar qo’llaniladi.

O’quvchilar mustaqil bilim olishida, o’tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o’rganuvchi, axborot – ma’lumotli, nazorat qilish dasturlari axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Komputer sinfi


Internet tarnog’i

Masofadan o’qitish tizimi
Bakalavr

tayyorlash

Magistr

tayyorlash
Malaka oshirish, qayta tayyorlash

Qo’shincha ta’lim

5-rasm . Masofadan o’qitish tizimi

Shuning uchun ana shu funksiyalarni hammasini o’zida mujassamlashtirilgan elektron darsliklarni yaratish va undan foydalanish masfadan o’qitish tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda



5. O’quv jarayonida Internet tarmog’idan o’rganilayotgan mavzuga tegishli ma’lumotlarni izlab topish, masofadan o’qitish, o’rgangan bilimlarini nazorat qilish, kurs va malakaviy bitiruv hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun lozim bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lish, boshqa oliygohlar tajribasini o’rganish va shu asosida o’quv jarayonini tashkillashtirish va hokozalar uchun keng ko’lamda foydalaniladi.
Masofadan o’qitish
Telekonferensiya

Electron pochta

Virtual kutubxona
WWW
Web - sayt

Ma’lumotlarni izlash

Internet

tarmog’i

6-rasm. O’quv jarayonida Internet tarmog’i

Bu esa o’quvchilarni mustaqil bilim, malaka va ko’nikmalarini mustahkamlash bilan birga, bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshiradi.



O’quv jarayonini tarmoq texnologiyalari asosida tashkillashtirish orqali o’quvchilar quyidagilarga ega bo’ladilar:

- noan’anaviy manbalar, ya’ni internet tarmog’i va turli saytlardan foydalanib o’qish va o’rganish;

- mustaqil bilim olish, o’z ustida ishlash, bilimini boyitish;

- o’rganish va ishlash faoliyati sohalarini kengaytirish va yangi imkoniyatlarni yaratish;

- izlanuvchanlik, o’ziga nisbatan talabchanlik va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish;

- jamiyatda va fan texnika taraqqiyoti natijasida ro’y berayotgan voqyea va yangiliklardan har doim xabardor bo’lish hamda ulardan amaliy ish faoliyatlarida foydalanish.

6. O’quv jarayonida amaliy dasturlar paketini amaliy va tizimli dasturlar bilan birgalikda foydalanish axborot texnologiyalarining amaliy ish faoliyati darajasini oshiradi. Hozirgi vaqtda ko’plab matematik paketlar Mathcad, Matlab, Derive, Eureka, Mathematika, Maple yaratilgan va ulardan keng foydalanilmoqda. Bu paketlar ko’p funksionalli hisoblanib ularning o’quv jarayonidagi o’rni va roli ancha sezilarli va samaraliroqdir.

O’quvchilarda matematik paketlardan foydalanish ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish informatika va axborot texnologiyalari fanining asosiy maqsadlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Matematik paketlar zamonaviy algebraik tizim bo’lib, u o’zida quyidagilarni birlashtiradi: keng imkoniyatli dasturlash tili; hujjat va dasturlarni tayyorlash va tahrirlash uchun muharrirlar ; mo’loqot tartibotida ishlash imkoniyatiga ega zamonaviy ko’p oynali foydalanuvchi interfeysi; minglab misollardan tuzilgan yuqori darajadagi ma’lumotlar tizimi; matematik ifodalarni tasvirlash qoida va algoritmlari yadrosi; sonli va belgili prosessorlar va hokoza.

Matematik paketdan o’quv jarayonida foydalanish matematik va texnik ta’limning fundamentalligini oshirish bilan birga o’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash malakalarini shakllantiradi.



Amaliy dasturlar paketri

Namoyish dasturlar

Matn

muharrirlar

Tarjimon dasturlar

Algebraik paketlar

Ma’lumotlar bazasi

Grafik muharrirlar


7-rasm. Amaliy dasturlar paketi
O’quv jarayonida matematik paketlar dasturiy vositasi bilan bevosita mo’loqot qilishda o’quvchilar kompyuter texnologiyalarining professional masalalarni yechish vositasi ekanligini ko’radi, anglab yetadi va kelgusida o’zining amaliy faoliyatida undan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar. Shu bilan birga o’quvchilarda yangi axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo’lgan qiziqishi ancha sezilarli darajada ijobiy o’zgaradi. Bu esa, o’z navbatida o’quvchilarning nafaqat matematika bo’yicha, balki axborot va kompyuter texnologiyalari sohasi bo’yicha ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo’lishlariga imkon yaratadi

O’quv jarayonida axborot texnologiyasini joriy etish jamiyatni axborotlashti-rish jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’lgan jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ham bugo`ngi kunda O’zbekiston ta’limning barcha bosqichlarida ilg’or tadqiqotlar olib borish imkoniyati, har tomonlama yuqori ilmiy salohiyati va malakali kadrlari mavjud bo’lgan katta miqdordagi ta’lim muassasalariga ega madaniy-ilmiy markazdir. O’zbekiston tarixan qisqa davr ichida hayotning barcha jabhalarida, shu jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish borasida mislsiz, butun dunyo e’tirofiga sazovor bo’lgan yutuqlarga erishgan mamlakat hamdir.

Bugo`ngi kunda Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan 9769 ta umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9400 dan ziyodi yoki jami maktablarning 96 foizi ZiyoNET elektron axborot tarmog’iga ulangan, 7316 tasi yoki 75,5% zamonaviy o’quv kompyuter sinflari bilan jihozlangan.

Shu bilan birgalikda, umumta’lim maktablari o’qituvchilari uchun «Komputer savodxonligi», «Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya tex-nologiyalardan foydalanish» hamda «Umumta’-lim fanlari bo’yicha multime-dia ilovalari-ni ishlab chiqish metodologiyasi» mavzulari bo’yicha uch bosqichli seminar-treninglar tashkil etilib, o`nga respublika bo’yicha jami 63860 nafar pedogoglar qamrab olindi.

Bugo`ngi kunda bir qator dasturiy mahsulotlar va elektron axborot-ta’lim resurslari yaratilganligini alohida ta’kidlash mumkin. Jumladan, Xalq ta’limi vazirligining www.uzedu.uz rasmiy web-sayti; Xalq ta’limi vazirligining axborot-ta’lim portali (www.eduportal.uz); Markaz sayti (www.multimedia.uz); web-maktab - XTV qarashli umumiy o’rta ta’lim maktablarining ma’lumotlar tizimi (webmaktab.uzedu.uz); web-bog’cha -XTV qarashli maktabgacha ta’lim muassasalarining ma’lumotlar tizimi (webbogcha.uzedu.uz); Maktab o’quvchi-larining sport musobaqalariga bag’ishlangan veb-sayti (www.umidnihollari.uz). 

Malaka oshirish kurslari va o’quv jarayoni monitoringini olib borish hamda tinglovchilar davomatini nazorat qilish tizimi (mo.eduportal.uz); AKT bo’yicha malaka oshirishdan o’tgan maktab o’qituvchilarini interaktiv tarzda ro’yxatga olish va testdan o’tkazish tizimi (akt.uzedu.uz); kadrlar bilan ishlash bo’yicha avtomatlashtirilgan tizimi («XTV-KADR»).

9-sinf bitiruvchilarining ta’limni keyingi bosqichlariga qamrab olish bo’yi-cha (mb.uzedu.uz) dastur; maktabgacha ta’lim muassasalarining elektron qabuli dasturi (mtm.uzedu.uz); MOODLE paketi asosida masofaviy ta’lim tizimi (www.moodle.uzedu.uz) va boshqa elektron axbo-rot-ta’lim resurslari shular jumlasidandir.

Shuningdek, 30 ta masofaviy ta’lim kurslari, 88 ta interaktiv test va mashqlar, 13 ta interaktiv o’yinlar, 40 ta virtual laboratoriyalar yaratilgan.

Mazkur elektron resurslar va 7 tildagi 700 dan ortiq darsliklarning elektron nusxalari vazirlikning rasmiy saytiga joylashtirilgan bo’lib, ulardan o’qituvchilar va o’quvchilarning dars jarayonida keng foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Umuman yuqorida ta’kidlangan axborot texnologiyalarining asosiy vositalaridan o’quv jarayonida foydalanish natijasida quyidagilarga erishish asosiy maqsadimiz hisoblanadi:



- o’quvchilarning har taraflama aqliy fikrlash va tasavvurlash malakalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy axborotlashgan jamiyatda mustaqil fikrlash va ishlashga tayyorlash, ya’ni har qanday murakkab jarayonlarni amalga oshirishda mustaqil qarorlar qabo’l qilish, o’zining fikrini va mulohazasini bayon qilishga o’rgatish, tirishqoq hamda izlanuvchanlik faoliyatini shakllantirish;

- barcha ta’lim tizimlarida o’qitish jarayonlarini tezlashtirish hamda ularning samaradorligini oshirish uchun yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni yaratish va jalb etish;

- axborot-telekommunikatsion texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini hamda dasturiy vositalarini ta’lim sohasiga joriy etish orqali uning mukammaligi, unumdorligi, sifati va samaradorligini oshirish;

- axborot-telekommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarning mustaqil ishlashini tashkil etish hamda shu orqali ularni mustaqil fikrlash va tasavvur qilish faoliyatini kengaytirish va faollashtirish;

- axborot-telekommunikatsion texnologiyalar yordamida fanlararo aloqalarni chuqurlashtirish, shu bilan birga zamonaviy texnologiyalarni barcha sohalarga tatbiq etish;

- tarmoq texnologiyalari asosida o’qitishning zamonaviy tizimlarini, shu jumladan masofadan o’qitish tizimini yaratish, tadbiq etish va takomillashtirish.

Komputer va informasion texnologiyalari vositalaridan ta’lim sohasida foydalanishning samaradorligi o’qituvchilarning o’quv jarayoniga shu texnologiyalarni qo’llashga oid bilim hamda malakalarining darajasi va tajribasiga ham bog’liq bo’ladi .

Axborot va kompyuter texnologiyalardan foydalanib o’quv jarayoni samaradorligini oshirishda kompyuter texnologiyalari bo’yicha mukammal bilim, malaka va tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilarning o’rni va salmog’i katta bo’ladi.

Boshqacha aytganda, ta’lim jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalaridan mukammal foydalanish uchun asosiy e’tibor, eng avvalo, o’qituvchiga va o’quvchiga zarur bo’lgan sharoitni yaratish va axborot-telekommunikatsion texnologiyalardan ta’lim-tarbiya jarayonlarida samarali foydalanishga qaratilishi lozim.

Shu bilan birgalikda, o’quv jarayonini zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari asosida tashkil etish uchun mo’ltimediyali elektron o’quv va Uslubiy ko`rsatmalar bilan birgalikda zamonaviy dasturiy vositalar bilan ta’minlash lozim. Buni esa, albatta, malakali mutaxassislar, fan o’qituvchilari va pedagogik-psixologlar ishtirokida birgalikda amalga oshirishlari maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz



Foydalanish uchun adabiyotlar va elektron manbalar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi –Toshkent,2002 yil

2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-T.: «Ma’naviyat», 2008y.

3. UO’T Davlat ta’lim stanlartlari: IHTA asoslari fani bo’yicha o’kuv dasturi. -Toshkent, 2006 y.

4. G’ulomov S. Axborot tizimlari va texnologiyalari -T.: «Shark», 2000 y.

5. Maraximov A.R.. Raxmankulova S.I. Internet va undan foydalanish,- Toshkent, 2001 y.

6. Oripov M., Haydarov A. Informatika asoslari.-T.: «O’qituvchi», 2002 y.

7. Abdukodirov A., Xaitov A., Rashidov R. Axborot texnologiyalari.- T.:
«O’qituvchi», 2002 y.

8. Murtazin E.V. Internet.Uchebnik - Moskva, 2002 g.

9. Qodirov T., Ernazarov A. Kompыoterda ishlashni o’rganamiz. Metodik kullanma. -A.Avloniy nomndagi XTXQTMOMI, 2006 y.

10. Nazirov Sh.A., Qobulov R.V. va boshkalar Kompyuter va ofis jihozlaridan foydalanish.-Toshkent, 2007 y.

11. Nazirov Sh.A , Kobulov R.V. Obyektga muljallangan dasturlash.-Toshkent, 2007yil.

12. Maraximov A.R., Raxmonkulova SI. Internet va undan foydalanish asoslari -Toshkent, 2001 yil.

13. Nishonboyev T.N Windows, Word va Internet tizimlarida ishlash. (O’quv qo’llanma).- Toshkent, 2002 yil.

14. Eshkobulov S. Internet-axborot qidiruvi (O’quv qo’llanma).- Toshkent, 2006 yil.

15. Usmanov A.I. Zamonaviy axborot texnologiyalari,- T.: "Akademiya", 2007 yil-154 bet.

16. http://www.uahoo.sot -eng ommabop qidiruv sistemasi;



  1. http://www.ramler.ru /-Rossiyaning eng katga qidiruv sistemasi. 10500 dan ortiq Rossiya serverlarida qidiruv olib boradi;

  2. http://www.yanbex.ru /-9000 dan ortiq Rossiya serverlarini qamrab olgan;

  3. http://www.gov.uz /-O’zbekiston Respublikasi hukumati sahifasi. Rasmiy axborot, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot beradi;

http://www.uza.uz /-O’zbekiston Milliy Axborot Agentligi sahifasi. Undan turli mavzudagi ma’lumotlar va axborot agentliklari haqidagi ma’lumotlarni, yangiliklarni olish mumkin;Mundarija



So’z boshi………………………………………………………………………………...


.3

I-bob Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlari, Xalq ta’lim vazirligining me’yoriy hujjat…………………………...


….4


    1. Ta’lim tizimida AKT dan foydalanishning huquqiy asoslari……………………………………………………………………………...



.....4


    1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish to`g`risidagi me’yoriy xujjatlar…………………………………………………………………………...



.....5


II-bob Ta’lim tizimida AKT dan foydalanish…………………………………………….


...12

2.1. Ta’lim tizimida AKT dan foydalanish yo’nalishlari, muammolari va yutuqlari…….


...12

2.2. Komputer haqida tushunchaga ega bo‘lish..................................................................


...15

Foydalanish uchun adabiyotlar va elektron manbalar……………………………………


...28




Download 59,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish