O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hozirda erspert guruhining muhokamalaridan o‘tkazilmoqda. Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012 yil to‘rtinchi choragida hukumatga kiritiladi. Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samrali foydalanish, matbuot erkniligi va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklari to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |