E’tiborlisi shundan iboratki, 1991 yillarda davlatga qarashli bitta televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy axborot vositasining o‘zi mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aitganda sohada eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar ham aynan elektron OAV hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat OAV jami OAVning 60 foizini tashkil etadi (jadval – 3, 4, 5). Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7 ta tilida va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |