O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Genomika va bioinformatika markazi
katta ilmiy xodimi, PhD A.H.Makamov
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining 5А320501 - Biotexnologiya (O‘simlikshunoslik) mutaxasisligi bo‘yicha magistrantlar tayyorlash uchun “Sitogenetika” fanidan tayyorlangan fan dasturiga
T AQRIZ
Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning natijasida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Ularni zamon talablariga javob beradigan dasturlar asosida o‘qitish kelgusida shu sohaning malakali mutaxassisi bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 3151-sonli va 2018 yil 8 maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3703-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 5А320501 - Biotexnologiya (o‘simlikshunoslik) mutaxasisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash uchun “Sitogenetika” fanidan dastur ishlab chiqilgan.
Fan dasturda “Sitogenetika” fanining mazmuni, predmeti, mohiyati, maqsadi va vazifalari, uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma- ketlikda o‘z aksini topgan. “Sitogenetika” fanini chuqur o‘rganish tegishli sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi davrda “Sitogenetika” fanini o‘rganish, hujayraning asosiy tarkibiy qismlarini tuzilishi va vazifalarini, hujayra yadrosi tuzilishi va irsiy belgilarning nasldan naslga o‘tishidagi rolini, aseptik sharoitlarni yaratish va sun’iy ozuqalarni tayyorlay olishi, meristema kulturasi orqali olingan ekish materiallari orqali foydali mahsulotlarni biotexnologik usulda ishlab chiqish va ulardan biologik faol moddalar olish, biotexnologiya yordamida hozirgi zamon biologiyasi muammolarini yechish yo‘llarini atroflicha qamrab oladi. Bu fan 5А320501 - Biotexnologiya (O‘simlikshunoslik) mutaxasisliklarida o‘qitilib, boshqa mutaxasislik fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi va o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi mutaxasislik fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur fan dasturi davlat ta’lim standartlariga mos ravishda tuzilgan bo‘lib, uslubiy jihatdan to‘g‘ri, mazmunan tushunarli tilda xatosiz yozilgan, hozirgi kundagi huquqiy- me’yoriy hujjatlar talablariga javob beradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Sitogenetika” fanidan fan dasturini tegishli ta’lim yo‘nalishlari magistrlarni tayyorlashda o‘quv jarayoniga joriy qilish va chop qilishga tavsiya qilaman.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Genomika va bioinformatika markazi
katta ilmiy xodimi, PhD A.H.Makamov
Do'stlaringiz bilan baham: |