Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Oqova suvlarni tozalash yo‘llari



Download 14,3 Mb.
bet70/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Oqova suvlarni tozalash yo‘llari - oqova suvlar mexanik, kimyoviy va biologik usullar bilan tozalanadi. Tozalash ikki bosqichda ya’ni oldindan birinchi bosqichda oqova suvlar tarkibidan osig‘lik moddalar, qum, yog‘, moy, benzin, neft va qisman erigan moddalar yo‘qotiladi. Erigan va osig‘lik organik moddalarni yo‘qotish uchun kimyoviy moddalar ishtirokida koagulyasiya qilinadi yoki cho‘ktiriladi. Oqova suvlarni yakuniy tozalashda biologik usuldan foydalaniladi.

Mexanik tozalash - oqova suv rangini yaxshilash yoki osig‘lik moddalardan maksimal darajada tozalash. Tozalash ishi ketma-ket qurilgan inshootlarda, osig‘lik moddalarni ushlashga moslashgan holda bajariladi. Ozig‘lik moddalardan tozalashda har xil to‘rlar, qum ushlagichlar, yog‘ ushlovchilar, cho‘kkichlar, chiritkich va metan ushlagichlar qilinadi.

Kimyoviy usul – bunda koagulyasyaya va adsorbsiyadan foydalaniladi. Buning uchun xlor, xlorli temir, gugurtli temir achchig‘i va boshqa kimyoviy birikmalar ishlatiladi. Kimyoviy tozalash ishlari kontaktli cho‘ktirgichlar orqali bajariladi.

Biologik tozalash - oqova suvlardagi organik moddalarni zararsizlantirish va mineralizatsiya qilishdir. Bunda oqova suvlardagi organik moddalar, mikroorganizmlar va kislorod ishtirokida aerob oksidlanish jarayoni boradi. Biologik tozalash organik moddalarni biokimyoviy parchalanishiga o‘xshash sharoitda o‘tadi. Biologik tozalash inshoatini S. I. Strogonov ikki guruhga bo‘ladi: a) tuproq sharoitida qayta ishlash (dalada filtratsiya qilish va sug‘orish, biologik va aerofiltrlar); b) suv sharoitida qayta ishlash (biologik suv havzasi, aerotenklar).

Sug‘oriladigan er maydoni alohida ajratilib, oqova suvlar tabiiy filtratsiya yo‘li bilan tozalanadi. Er qatlamlaridan filtrlanib o‘tgan oqova suvi yopiq yoki ochiq drenaj bilan tabiiy yoki sun’iy suv havzasiga quyiladi. Sug‘orilib tozalash eng yaxshi usul hisoblanadi. Buning uchun eng yaxshi tuproq bo‘lib qumoq, qum va qora tuproqlar hisoblanadi. Loy tuproq, torfli, ohakli va mayda donachali tuproqlar yaroqsizdir. Er osti suvlari kamida 3 m chuqurlikda bo‘lishi zarur. Sug‘orishga ajratilgan er aholi yashash joylaridan kamida 0,3 - 1 km uzoqlikda bo‘lishi kerak. Sug‘oriladigan er kichik-kichik maydonlarga va qator ariqchalarga ajratiladi. Maydonlarga ajratilgan er butunlay suv bilan qoplanadi. Qator ariq qilsa bir-biridan marza bilan ajratiladi. Qish oyida oqova suvlarni filtratsiyasi va mineralizatsiyalanish jarayonlari juda sekin boradi. Suv muzlab qolsa, erigandan keyin filtratsiya bo‘ladiyu, ammo mineralizatsiyalanish bo‘lmaydi va erga cho‘kma bo‘lib yig‘iladi. Shuning uchun bahor paytlarida suv quyishdan oldin erning ustki qismi haydaladi, yumshatiladi. Tuproqni ustki qatlamida filtratsiya jarayoni tufayli oqova suvlardagi oziq moddalar va mikroorganizmlar ushlanib qolib, kolloid va erigan moddalar hamda yomon hidlar shimiladi.

Sug‘oriladigan erlarda o‘z-o‘zidan tozalanish yoki mineralizatsiyalanish jarayoni kislorod etarli darajada bo‘lsa tez o‘tadi. Agar kislorod etishmasa tuproqda anaerob sharoitda organik moddalarning chirishi sekinlashadi. Tuproq yaxshi ishlansa organik moddalar tezda mineralizatsiyalanadi (karbonat, nitratlar, sulfatlar, fosfatlar va boshqalar hosil bo‘ladi). Natijada er o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziqalar bilan boyiydi. Shuning uchun bunday erlarga oziqabop o‘simliklar yoki madaniy oziqabop sabzavotlar (makkajo‘xori, ildiz mevali ekinlar va har xil sabzavotlar) ekiladi.

Ammo oqova suvlar bilan sug‘orilgan erlarda o‘stirilgan sabzavot o‘simliklari inson yoki hayvonlar uchun ishlatilganda alohida nazoratda bo‘lishi zarur. Tekshirishlarda bunday erlarda o‘stirilgan sabzavotlardan ichak yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi gijja tuxumlari topilgan. Shuni hisobga olish zarur.

Filtratsiya maydonlarining sug‘orish maydonlaridan farqi, asosan xo‘jalikdan chiqqan axlat suyuqliklarini ushlab qolish uchun ishlatiladi va qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun ishlatilmaydi. Filtratsiya uchun ajratilgan er navbat bilan sug‘oriladigan joylarga bo‘linadi. Bu erga quyosh nuri etarlicha tushishi, hamda tuproqning mexanik va fizik xususiyatlari iflosliklarni mineralizatsiya qilishga qodir bo‘lishi kerak.

Biologik filtrlar oqova suvlarini tozalashda sug‘orish maydonlari yoki filtratsiya pollari o‘rniga ishlatiladi. Bunda, maxsus suv utkazmaydigan maydonlar qiya qilib quriladi. Filtrlarning qalinligi 2 m bo‘ladi. Bu usulda tuproqning biologik filtrga nisbatan iflosliklar yaxshi ushlanadi va mineralizatsiyalanish samarali bo‘ladi. Biologik hovuzlar sun’iy yo‘l bilan quriladi. Bu suvlar suv oqimi bilan harakat qiluvchi mikroflora va o‘simliklar bilan to‘ldiriladi va ular quyosh nuri ta’sirida kislorod bilan boyiydi.

Oldindan oqova suvlari mexanik aralashmalardan tozalanishi uchun cho‘kmalarga tushirilib, keyin mineralizatsiyalanishi uchun suv havzalariga quyiladi. Suvning chuqurligi 0,5 - 1,5 m bo‘lsa yaxshi tozalanadi. Bunday suv havzalaridan oqova suvlarining filtratsiya va sug‘orish pollaridan keyin ham yakuniy tozalanishida va zararsizlantirishda foydalanish mumkin. Biologik hovuzlardan faqat yozning issiq vaqtlarida foydalanish mumkin.


Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish