Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Dezinfeksiya o’tkazish va uning sifatini baholash



Download 14,3 Mb.
bet110/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Mavzu: Dezinfeksiya o’tkazish va uning sifatini baholash.
Darsning maqsadi: mexanik tozalash, profilaktik va majburiy dezinfeksiya o’tkazish to’g’risida bilimga ega bo’lish, dezinfeksiya vositalarining shakllari haqida tushuncha olish, dezinfeksiya sifatini nazorat qilishni o’zlashtirish, Veterinariya-sanitariya o’tkazgichlarining joylashuvini o’rganish.

Material va jihozlar: Maxsus kiyimlar va himoya vositalari, mikroskop, petri likopchasi, kolba, flakon, probirka va pipetkalar, spirtovka yoki gazli gorelka, bakteriologik ilmoq, buyum oynasi va qoplagich oynalar, GPB, GPSH, Endo, Xeyfets oziq muhitlari, dezinfeksiya vositalari.

Dezinfeksiya – yuqumli va invazion kasalliklarga qarshi kompleks kurash tadbirlarning bir qismi bo’lib kasalliklarning qo’zg’atuvchilari va ularning tashuvchilariga qarshi ularning butun hayotiy rivojlanish sikli davomida mexanik, fizikaviy, kimyoviy va biologik ta’sir etishning mavjud barcha usullarini qo’llashni o’z ichiga oladi.

Dezinfeksiya (yuqumsizlashtirish)ni zararsizlantirishdan farqlash lozim. Biror obiektni yuqumsizlantirish – bu nafaqat patogen qo’zg’atuvchilarni o’ldirish ba’lki ularning yashash mahsuli bo’lgan toksinlarni, shuningdek kimyoviy zararli moddalarini ham yo’qotishni o’z ichiga oladi.

Dezinfeksiya bilan obiektdagi barcha mikroorganizmlar emas balki faqat pathogen mikroblarni o’ldirish maqsad qilinadi.

Sterilizatsiya – bu pathogen mikroorganizmlar bilan birga barcha mikroblar yo’q qilinishidir.

Veterinariya dezinfeksiyasi qishloq xo’jalik obiektlari, go’sht sanoati korxonalari, transport va hayvonotga mansub xom ashyolarni qayta ishlash korxonalarida amalga oshiriladi.

Hayvonlar va parrandalarni saqlash binolari dezinfeksiyasi ikkita ketma-ket bajariladigan usullarni o’z ichiga oladi. Tozalash va dezinfeksiya o’tkazish.

Tozalash - bu birinchi, dezinfeksiya o’tkazish uchun tayorgarlik bosqichi hisoblanadi. Mexanik tozalash yordamida ozuqa, go’ng, chiqindi va boshqa ifloslanishlardan to’liq tozalanadi, shu bilan birgalikda mikroorganizmlarning asosiy va sezilarli miqdori ham tozalanadi. Tozalash natijasida kimyoviy vositalarning yuzada qolgan kasallik qo’zg’atuvchilariga etib borishi uchun sharoit yaratiladi.

Dezinfeksiya obiektlar tozalangandan so’ng eritmalar yoki aerozollar yordamida o’tkaziladi. Dezinfeksiya maqsadlari uchun eritma, aerosol, aralashma yoki gaz holidagi kimyoviy preparatlarni qo’llash eng keng tarqalgan.

Dezinfektantlar eritmalari ikki yoki undan ortiq modda (komponent) larning makroskopik bir jinsli aralashmasi termodinamik teng vazinli sistemani hosil qiluvchi shaklidir. Eritmalar bilan dezinfeksiylash o’tkazishda avval to’shama (pol), go’ng kanali, panjaralar, keyin devor, to’siq va potolokga ishlov beriladi. Yakunda go’ng kanali, panjara va pol qayta yuviladi.

Aerozollar – suyuqlikning mayda tomchilari yoki gaz (havo) da mayda qattiq bo’lakchalardir.

Dezinfeksiya profilaktik va majburiy turlariga bo’linadi.

Profilaktik dezinfeksiya – bu obiektdagi nafaqat patogen balki shartli patogen mikroorganizmlarni yo’q qilishga qaratilgan dezinfeksiyadir. Profilaktik dezinfeksiyaning texnologik usullari xo’jalikning turi va yo’nalishiga bog’liq. Kichik xo’jalik va fermalarda profilaktik dezinfeksiya yiliga 2 marta bahor va kuzda o’t kaziladi. Chorvachilik komplekslarida dezinfeksiya ishlab chiqarish sikliga qarab o’tkaziladi.

Majburiy dezinfeksiya o’z navbatida joriy va yakunlovchi dezinfeksiyalarga bo’linadi.

Joriy dezinfeksiyaxo’jalikda yuqumli kasalliklar hayvonlar o’rtasida yuzaga kelgan kundan boshlab har safar yangi kasal hayvon aniqlanganda, shuningdek nosog’lom hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi kurash bo’yicha yo’riqnomasida ko’zda tuilgan muddatlarda o’tkaziladi.

Yakunlovchi dezinfeksiya bu yuqumli kasallik o’chog’ida patogen mikroorganizmlarni batamom yo’qotishning so’ngi bosqichi hisoblanadi. U xo’jalikda cheklash (karantin) bekor qilinishidan oldin, yuqumli kasallik tugatilgandan so’ng o’tkaziladi. Yakunlovchi dezinfeksiya joriy dezinfeksiya o’tkazishda qo’llanilgan preparat bilan o’tkaziladi. Yuqumsizlantirish molxonalar, uning atrofidagi hudud, hayvonlarga qarov buyumlari, transport vositalari, molga qarovchi personalning kiyimlari, suyuq go’ng to’planish joyi, go’ng va boshqalarda o’tkaziladi.

Dezinfeksiya sifatini baholash uchun dezinfeksiya o’tkazilgach 2-3 soatdan so’ng poldan hayvonlarning orqa oyoqlari turgan joyidan, ikkala devordan, burchakdan va ohurdan namunalar olinib laboratoriyada tekshiriladi, ya’ni, ko’rgazmali mikroorganizmlar – test-mikroblar bor yo’qligi hisobga olinadi.

Agar dezinfeksiya brusellyoz, salmonellyoz, kolibakteryoz, saramas, pasterellyoz, listerioz, pulloroz, oqsil, g’ozlarda gepatit kasalligiga qarshi o’tkazilgan bo’lsa ko’rgazmali mikroorganizm sifatida ichak tayoqchalari hisobga olinadi. Ichak tayoqchasi kulturasini ajratib olish uchun olingan namunalardan Eykman oziqa muhitiga ekilib qizdiriladi va sungra Endo oziq muhitiga o’tkaziladi yoki to’g’ridan to’g’ri Endo oziq muhitiga ekiladi.

Tuberkullyoz, soqov va boshqa bir qancha chidamliligi yo’qori bo’lgan mikroorganizmlar uchun test-mikrob sifatida stafilakokklar ishlatiladi. Modifikasiyalangan Xeyfets oziq muhitidan ham ichak tayoqchalari ham stafilakokklarni ajratib olish uchun foydalaniladi.

Oziq muhitlarida o’sgan ko’rgazmali mikroorganizmlar kulturalari albatta mikroskop ostida o’rganiladi. Ichak tayoqchasi o’sayotganligining birinchi belgisi oziq muhitining rangini o’zgarishi hisoblanadi. Oziq muhitining malina rangidan yashil yoki salat rahgiga o’tishi, loyqalanishi va gaz hosil bo’lishi ichak tayoqchasi kulturalarini o’sayotganligini bildiradi. Boshqa ranglarni hosil bo’lishi begona mikroflora osishi natijasida yuz beradi va hisobga olinmaydi.

Profilaktik va yakunlovchi dezinfeksiya agarda barcha tekshirilgan namunalarda mikrob o’smagan bo’lsa qoniqarli hisoblanadi. Joriy dezinfeksiya uchun esa 90% namunalarda manfiy natija olinsa dezinfeksiya sifati qoniqarli hisoblanadi.

Veterinariya sanitariya o’tkazgichlari yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarning chorvachilik, parrandachilik komplekslariga va boshqa chorvachilik xom ashyo va mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq korxonalarga yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarning kirishning oldini olishga xizmat qiladi.



Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish