Barotermogigrometr
Havoning haroratini aniqlashda termometrga to‘g‘ridan - tug‘ri quyosh nuri tushmasligi, qo‘l bilan rezervuari ushlanmasligi, molxona ichida devor, deraza, isitish manbalaridan, ventilyatsiya quvuri, eshikdan kamida 1,2 m uzoqlikda tutilishi va nafas havosi tegmasligi zarur. Havo harorati binoning o‘rtasida hayvonlarni yotgan hamda tik turgan balandligida o‘lchanishi shart. Haroratni kuzatish 5 - 10 minut davom etishi kerak.
Qishloq xo‘jalik hayvonlari saqlanadigan binolarda harorat quyidagi me’yorlarga to‘g‘ri kelishi kerak:
qoramollar uchun +80C-100C,
qo‘ylar uchun +40C - 60C,
otlar uchun +60C - 80C,
cho‘chqalar uchun +140C - 160C,
parrandalar uchun +160C - 180C,
mo‘ynali hayvonlar uchun +50C - 100C,
profilaktoriy uchun +180C - 200C,
buzoqxona uchun +180C,
1 kunlik jo‘jalar va cho‘chqa bolalari uchun +300C - 320C bo‘lishi lozim. So’ngra haftasiga +10C kamaytirib boriladi. Bu zoogigienik me’yorlar qish va o‘tish davri ya’ni erta bahorga mo‘ljallanadi.
Vertikal holatda molxonalarda harorat me’yorlari mollarning yotgan va tik turgan balandligi e’tiborga olinib sigirxonalarda poldan 0,7 m va 1,2 m balandlikda hamda shiftdan 0,6 m pastda, qo‘yxona va cho‘chqaxonalarda poldan 0,3 m va 0,7 m balandlikda hamda shiftdan 0,6 m pastda, parrandaxonalarda poldan 0,2 m balandlikda va shiftdan 0,6 m pastdan, agar parrandalar ko‘p qavatli kataklarda saqlansa har katakning to‘g‘risida ham aniqlanishi shart. Otxonalarda poldan 0,7 m va 1,6 m balandlikdan hamda Shiftdan 0,6 m pastdan aniqlanadi. Bu ko‘rsatgichlar molxonaning boshida, o‘rtasida va oxirida o‘lchanib o‘rtachasi chiqariladi.
Gorizantal holatda molxonaning uzun devoridan 0,8 m, ko‘ndalang devoridan 1 m ichkaridan binoning ikki chekkasi va o‘rtasida aniqlanadi. Agar molxona keng gabaritli bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda uzun devorlardan 3 m ichkaridan ikki tomondan va molxona uzun bo‘lsa teng o‘rtasidan bo‘linib, o‘sha joydan 2 m ichkarida aniqlandi.
Atmosfera bosimini aniqlash - erni o‘rab turgan havo massasi ma’lum og‘irlikka ega: normal sharoitda (00 da 760 mm simob ustunida) 1 m3 havo 1294 gramm keladi. Havo bosimi er sathining 1 sm2 yuzasiga dengiz sathidan hisoblaganda 1030 gramm og‘irlikdagi bosim bilan ta’sir ko‘rsatadi. Tekislikdagiga qaraganda tog‘larda atmosfera bosimi past bo‘ladi. Bosimning pasayishi kislorod porsial bosimning kamayishi bilan birga o‘tadi. Bu tog‘ kasalligi deb ataladigan kasallikni vujudga keltiradi. Tog‘ kasalligida nafas qisadi, yurak urishi tezlashadi, bosh aylanadi, ko‘ngil ayniydi va burun qonaydi. Yuqori bosimdan normal bosimga asta-sekin o‘tiladi.
Normal atmosfera bosimi deb, dengiz sathining 450 kengligida harorat O0C bo‘lganda bosimning 760 mm simob ustuniga to‘g‘ri kelishi qabul qilingan. Atmosfera bosimi mm simob ustuni va Paskal birligida o‘lchanadi. Meterologik amaliyotda bosimning o‘lchov birligi bar deb qabul qilingan.
Atmosfera bosimini aniqlashda quyidagi asboblar qo’llaniladi:
simobli barometr - faqat ilmiy laboratiriyalarda ishlatiladi.
barometr - aneroid - juda oddiy bo’lib avtomatik ravishda bosimni aniqlaydi.
Barograf - atmosfera bosimini o’zgarishini yozib boorish uchun ishlatiladi.
termobarogigrometr – birdaniga havoning harorati, bosimi va nisbiy namligini avtomatik ravishda aniqlash uchun ishlatiladi.
Topshiriq № 1 = Turli molxonalarda havo haroratini aniqlang.
O’tkazilgan tekshirish natijalari
Sigirxona
|
Parrandaxona
|
Qo‘yxona
|
Auditoriya
|
O‘lchash zonasi
|
harorat 00C
|
o‘lchash zonasi
|
harorat 00C
|
o‘lchash zonasi
|
harorat 00C
|
o‘lchash zonasi
|
harorat 00C
|
Poldan 0,5 m
|
|
0,2
|
|
0,3
|
|
0,5
|
|
1,2 m
|
|
0,2
|
|
0,5
|
|
1,5
|
|
O‘rtacha harorat
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosim
|
mm s. ust.
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari.
1. Havo haroratini hayvonlar organizmiga ta’sirini ayting.
2. Havo haroratini o‘lchashda qo‘llaniladigan asboblarni ayting.
3. Atmosfera bosimini aniqlashda qo‘llaniladigan asboblar.
4. Chorva binolarida havo haroratini o‘lchash nuqtalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |