Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Chorvachilik xom ashyolarini tekshirish va dezinfeksiya qilish



Download 14,3 Mb.
bet111/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Mavzu: Chorvachilik xom ashyolarini tekshirish va dezinfeksiya qilish.
Darsning maqsadi: Teri xom ashyolarini kuydirgi kasalligiga tekshirish, ularni tamg’alash va dezinfeksiyalashni o’zlashtirish. Qo’y juni va echkilar tivitini etilen oksidi va metil bromide aralashmasi yordamida dezinfeksiyalashni o’zlashtirish.

Material va jihozlar: mikroskop, termostat, avtoklav, quritish shkafi, ulengut probirkasi, Paster pipetkasi, rezina grusha, Petri likopchasi, eksikator, buyum oynasi, shtativ, teri bo’lagi, maxsus antigen, prisipitatsiyalovchi zardob, normal zardob, distillangan suv, xlorid kislota, mis kuporosi, o’yuvchi natriy, xloramin, natriy kremniy ftorit, OKEBM aralashmasi.

Chovachilikka mansub xom ashyoni qayta ishlash sanoatida veterinariya – sanitariya xizmati ko’rsatish va nazoratining obiektlari: teri va mo’yna xom ashyolari, jun, qil, soch, suyak, shox, tuyoq, pat, par, ichak xom ashyosi, mezdra, util(chiqit), salo va boshqa chorvachilikka mansub xom ashyolarni texnik maqsadlar uchun ishlov berishda olinadigan chiqindilari hisoblanadi.

Tuman hududida chorvachilik xom ashyolarini tayyorlash yuqumli kasalliklar bo’yicha sog’lom hududlardan bosh veterinariya vrachi xabardorligida amalga oshiriladi.

Teri – ko’n sanoatida veterinariya – sanitariya tadbirlari eng avvalo tayyorlov idorasiga nosog’lom xom ashyoni kirib kelishini oldini olish va sog’lom xom ashyoni infeksiya tushganligiga gumon qilingan xom ashyolar bilan aralashishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan.

Olib kelingan terilar ikkiga bo’linadi: qushxonada so’yilgan va yig’ib olingan biroq presipitatsiya reaksiyasida tekshirilgan; yig’ib olingan, kuydirgiga tekshirilmagan teri xom ashyolari.

Barcha qushxonadan boshqa joyda so’yilgan va chetdan keltirilgan teri xom ashyolari prisipitatsiya reaksiyasi yordamida kuydirgi kasalligiga tekshiriladi.

Qushxonada so’yilgan mollar terilari, shuningdek, quyon qorako’l qo’zilari, suslik, xorka, olmaxon, tulki, it, mushuk va boshqa etxo’r hayvonlari terilari kuydirgi kasalligiga tekshilmaydi.

Biror bir yo’l bilan (namlangan, tuzlangan, quritilgan va h) ishlov berilgan xom ashyolar tekshirish uchun yaroqsiz bo’ladi.

Terini presipitatsiya reaksiyasiga tekshirish uchun yaxshi o’qitilgan texnik xodimlar tayyorlaydi, reaksiya natijasini veterinariya vrachi tekshiradi.

Agar kip (Tyuk) dagi birorta terida kuydirgi qo’zg’tuvchisi aniqlansa ajratib olinib qaytadan tekshiriladi, natija tasdiqlansa ushbu teri va unga tegib turgan terilar birgalikda yoqib yuboriladi. Qolgan terilar izolyatorga yuboriladi va dezinfeksiyalanadi.

Jun va tivitni dezinfeksiyalash uchun etilen oksidini metil bromide bilan aralashmasi (OKEMB), formaldegid va suv bug’u ishlatiladi. Etilen oksidi va metal bromide aralashmasi gazi bilan dezinfeksiyalash zararsizlantirish va kirib borish xususiyati yuqori bo’lganligi sababli qulay usul hisoblanadi. Bu usulning mohiyati shundaki, kip, tyuk, shtabel, paket yoki qoplarda qadoqlangan material bir nechta yaruslarga joylashtiriladi va yog’och taxtalar yordamida ular orasida gaz sirkulyatsiyasi uchun 30 sm. gacha bo’shliq qoldirladi. Kiplar 120 kg/m3 hisobidan joylashtiriladi. Material ustiga taxta yoki metaldan yengil karkas yasaladi va unga poliamid (polietilen) plenka tortiladi. Uning chetlari chuqurchaga tushirilib 10 sm balandlikda suv bilan to’ldiriladi yoki 40 sm tuproq bilan ko’miladi.

Shu yo’l bilan germetikligi ta’minlangan bo’shliqga balon bilan kerakli dozada OKEBM suyuq aralashmasi yuboriladi. Aralashma sekin bug’lanib zararsizlantiruvchi material ichiga kirib boradi va dezinfeksiyaning samaradorligini ta’minlaydi.

Kuydirgi kasalligi sporalari bilan ifloslangan junni zararsizlantirish uchun 150C dan past bo’lmagan haroratda 4 kg/m3 hisobida 10 sutka davomida ekspozitsiya vaqti etarli bo’ladi.

Kuydirgi kasalligiga diagnoz qo’yishda pretsipitatsiya reaksiyasi yordamida tekshiriladi.

Pretsipitatsiya reaksiyasi antitelo (pritsipitin) va antigen (pritsipitinogen)

o’zaro birbkib cho’kma hosil qilishi bilan ifodalanadi. PR da eruvchi (molekulyar-dispers) antigenlar ishlatiladi.

Ko’pincha kuydirgi kasalligiga tekshirishda Askoli xalqali pritsipitasiya reaksiyasi qo’llaniladi.

Kerakli komponentlar: 1) Tekshirilayotgan materialdan tayyorlangan ekstrakt. Uni tayyorlash uchun namuna 1,5 atmosfera bosimda 30 daqiqa, yoki 1 atmosfera bosimda 1 soat mobaynida sterillanadi. Sovugach maydalab ekstraktlanadi. Ekstraksialashning ikki xil usuli mavjud. a) issiq usul – maydalangan 1-2 g material probirkaga solinib ustiga 1:10 nisbatda fiziologik eritma quyiladi va suv hammomida 30-40 daqiqa qaynatiladi. b) sobuq usul – 1-2 g namunadan 1:10 nisbatda 0,3 % li fenolli fiziologik eritma quyiladi va suspenziya tayyorlanib 16-24 soat davomida xona haroratiga qoldiriladi. Ekstraktlar azbest paxta bilan filtrlanadi.

2) Standart pretsipitatsiyalovchi kuydirgi zardobi.

3) Elektrolit muhit-fiziologik eritma.

4) Nazorat uchun: standart kuydirgi antigeni, sog’lom hayvondan olingan material ekstrakti, normal zardob.

PRni qo’yish texnikasi. Reaksiya ikki xil usulda qo’yiladi:



1. Zardob ustiga antigen quyish. Ulengut probirkasiga 0,2-0,3 ml kuydirgi zardobi quyib, ustiga ohista probirka devoridan teng miqdorda ekstrakt (antigen) quyiladi. Bunda komponentlar orasidagi chegara aniq ko’rinishi kerak.

2. Antigen ostiga zardob quyish. Ikkinchi usulda probirkaga avval 0,2-0,3 ml ekstrakt quyib, uning ostiga teng miqdorda Paster pipetkasi bilan kuydirgi zardobi quyiladi. Ikkala usulda ham natija ijobiy bo’lsa, ikkala komponentlar o’rtasida 1-2 daqiqa yaxshi ko’rinadigan tutunsimon rangda halqali pretsipitat hosil bo’ladi.


Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish