Mavzu: Kunjara va shrotni gigiyenik baholash.
Darsning maqsadi: Kunjara va shrotni organolentik va laboratoriya usuli bilan baholashni o‘rganish.
Darsga kerakli ko‘rgazmali qurollar va reaktivlar. Kunjara va shrot namunalari, mikraskop, mufel pechi, analitik tarozi, chinni tigelcha, probirka, suv hammomi, buyum shishasi, spirt kislota aralashmasi, 5 % vodorod peroksid eritmasi, xlorid kislota, konsentrlangan sulfat kislota.
Darsning mazmuni. Kunjara va shrotning sifati ularning rangi, ta’mi, hidi va namligiga qarab baholanadi.
O‘rtacha namuna olish - Analizga namuna olishdan oldin kunjara va shrotning saqlangan joyi, partiyaning bir xilligi, mexanik aralashmalari, ta’mi, hidi va rangi aniqlanadi. Analizga o‘rtacha namuna xuddi don yoki unsimon oziqalardan olingandek olinadi.
Rangi - Kunjaralar xiliga qarab o‘ziga xos rangga ega bo‘ladi. Kungaboqar kunjarasi kulrang, zig‘irniki - kulrangdan ochiq qo’ngir ranggacha, paxtaniki sarg‘ish ko’kishroq, soyaniki - och sariqdan och qoramtir rangacha, rapsniki – ko’kish sarg‘ish, saflorniki - kulrang, makkajuxoriniki - kulrangdan qo’ng‘ir rangacha bo‘ladi. Kunjaralar moyli donlarning shibbalagandan qolgan qismi xisoblanagi. Yomon saqlansa, zararli utlarning urug‘i aralashsa va shibbalaganda ortiqcha qizdirilsa uning rangi o‘zgarishi mumkin.
Hidi va ta’mi - har xil o‘simlik donidan olinadigan kunjaradan dimiqqan, sasigan, qo‘lansa yoki mog‘or hidi kelsa uning buzilganligini bildiradi. Agar kunjara va shrotlar nam yoki shamollamaydigan binolarda saqlansa mog‘orlaydi. Yomon hid, achimtir ta’m kunjara va shrotda bakteriyalarning rivojlanishi tufayli ham bo‘ladi.
Kunjaraning turini aniqlash - probirkaga 1 g maydalangan kunjara solinib, ustiga spirt - kislota aralashmasidan (20 ml 960C li etil spirt va solishtirma og‘irligi 1,19 bo‘lgan xlorid kislotasidan 1ml) 5 ml kuyamiz. Probirka bir necha suv hammomida isitilib, ichidagi eritma yaxshilab aralashtiriladi va tindiriladi. Kunjara bo‘laklar cho‘kmaga tushadi. Ustki qismidagi tinigan suyuqlikning rangiga qarab kunjaraning xili aniqlanadi. Kungaboqarniki gilos rangda, paxtaniki sariq rangda bo‘ladi.
Kunjara va shrotning namligini aniqlash - bularning ham namligi xuddi donli oziqalarnikidek aniqlanadi. Zig‘ir, paxta va makkajuxori shrotining namligi 11 %, kungaboqar kunjarasiniki 8,5 % va paxta kunjarasining namligi 9 % dan oshmasligi kerak.
Kunjara va shrotning kulini aniqlash - moyli donlar mineral aralashmalardan yaxshi tozalanmagan bo‘lsa, kunjara va shrotning kuli ko‘p chiqadi, bu esa oziqaning tuyimliligini pasaytiradi. Kunjara va shrotning kulini aniqlash uchun tortilgan chinni tigelchaga 2 g maydalangan kunjara yoki shrot olinib qizdiriladi. Analizni tezlashtirish uchun + 750 - 8000C haroratli mufel pechida qo‘ydiriladi. Kul tayyor bo‘lgandan keyin uning og‘irligi aniqlanadi. Normal kungaboqar kunjarasida 6 - 7 %, zig‘irnikida 5,5 - 8 %, paxtanikida 7 - 8 %, kanakunjitnikida 7,5 - 8,2 %, soyanikida 4 - 6 %, paxta shrotnikida esa 7 % bo‘ladi.
Kunjaraning sifatini aniqlash - stakandagi suvga ozroq kunjara solib, og‘zi oyna bilan yopilgan holda +360 - 400C li haroratdagi termostatga qo‘yiladi. 1 sutkadan keyin og‘zini ochib birdaniga hidlab xidi aniqlanadi. Sifatli kunjara o‘zining tabiiy hidini saqlash kerak. Buzila boshlagan bo‘lsa chirindi hidini beradi.
Paxta kunjarasidagi gossipolni aniqlash - paxtani qayta ishlash natijasida olinadigan oziqalardan kunjara, shrot, chigit, sheluxa fenol gruppasiga kiruvchi organik birikma gossipol bo‘ladi. Kunjara tarkibida 0,01 % dan ortiq gossipol bo‘lsa hayvonlarga zaharli ta’sir qiladi.
Kunjara va shrotdagi gossipolni aniqlash uchun kunjara yoki shrotning mayda bo‘lagidan analitik tarozida 20 - 40 mg o‘lchab olinadi. Buyum oynacha-siga ozgina maydalangan kunjara qo‘yib, 8 - 10 ta preparat tayyorlanadi. Buni ustiga 1 tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Bu o‘simlik bo‘laklarini va gossipolni qizil rangga buyaladi. Mikroskopning kichik kattalashtirgichida yoki kuchli lupa yordamida buni kurish mumkin. Gossipolning miqdorini aniqlashda buyalgan qizil donachalar soni sanaladi. Hamma preparatlardagi qizil donachalar sanalib, qo‘yidagi formula bilan gossipolning miqdori foizda topiladi.
X = A / B x 0,085
Bunda: X - kunjaradagi gosstipolning miqdori %.
A - hamma preparatlardagi buyalgan donachalar soni,
B - olingan kunjara miqdori, mg
0,085 - doimiy koefitsient.
Kunjara va shrotning sifatini aniqlash - Shrotdan maydalangan kunjarani farqlash uchun namunadan 15 g stakanga solib, ustiga 100 - 150 ml qaynatilgan suvdan qo‘yib yaxshilab aralashtiriladi. 1 soat ichida shrot cho‘kmaga tushadi va ustidagi suyuqlik tiniqlashadi, zig‘ir kunjarasi bo‘lsa unda shilliq xamirsimon massa hosil bo‘ladi.
Topshiriq № 1 – Kunjara va shrotni oziqalarni gigienik baholash natijalari.
№
|
Kursatgichlari
|
Oziqa namunalari
|
№ 1
|
№ 2
|
№ 3
|
1
|
Hidi
|
|
|
|
2
|
Rangi
|
|
|
|
3
|
Namligi
|
|
|
|
4
|
Sifati
|
|
|
|
5
|
Gossipol miqdori
|
|
|
|
Nazorat savollari.
Kunjara va shrotni oziqlantirishdagi ahamiyati.
O‘rtacha namuna olish usullari.
Kunjara va shrotni baholash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |