Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Suvni bakteriologik va gelmintologik tekshirish



Download 14,3 Mb.
bet100/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Mavzu: Suvni bakteriologik va gelmintologik tekshirish.
Darsning maqsadi - suv tarkibidagi mikroblarning umumiy mikdorini, suvning koli – titri va koli – indeksini, hamda suvdagi gelmintlarning tuxumlarini aniqlash usullari bilan tanishishdir.

Darsga kerakli asboblar va reaktivlar: - suv namunasi, Petri kosachasi, termostat, avtoklav, lupa, sanash plastinkasi, Bo‘lar oziqa muhiti, Golsman daxanasi, shnitssa nasosi, Bunzen kolbasi, mikroskop, qog‘oz filtr, 25 – 30 %li xlorid kislotasi eritmasi, pipetka, Gusht pepton agari (GPA).

Darsning mazmuni: - suvni bakteriologik tekshirish sanitariya gigienik tomondan suvni baholashning muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Chunki buning natijalari suvni sanitariya tomonidan baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Suv manbalarini hayvonot chiqindilari bilan ifloslanishi natijasida uning tarkibiga turli patogen mikroblar tushadi. Suv bilan organizmga tushgan mikroblar yuqumli kasalliklarni tarqatish manbasi bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham epizootologik nuqtai nazardan qaraganda suv tarkibidagi potogen mikroblar alohida o‘rin tutadi. Bakteriologik tekshirishda suv tarkibidagi mikroblarning umumiy miqdori, ichak tayoqchalarining titri (koli titr), koli – indeksi hamda mikroblarning turi aniqlanadi.

Mikroblar soni deb – 1 ml tekshiriladigan suv tarkibidagi umumiy miqdoriga aytiladi. Bu ko‘rsatkich suvning oqova suvlar bilan iflos-lanishini bildiradi. Bakteriologik tekshirish uchun suvdan 500 ml namuna olib, og‘zi mahkam berkitilgan shisha idishga solinadi. So‘ngra tezlik bilan loboratoriyaga tekshirish uchun yuboriladi. Suv namunasi suv sathidan 10- 15 sm chuqurlikdan olinadi. Vodoprovod kranlaridan esa namuna olish kran jumragi olov yordamida zararsizlantiriladi va 10 minut suv oqizib qo‘yi-ladi va namuna olinadi. Suvning harorati +10 - 50C gacha bo‘lsa, uni 5 - 6 soat saqlash mumkin. Suv qanchalik iflos bo‘lsa uning tarkibi shunchalik ko‘p miqdorda saprofit va patogen mikrorganizmlar o‘chraydi. Bu suvning siydik, tezak va okova suvlar bilan ifloslanganligini ko‘rsatadi.



Mikroblarning umumiy sonini aniqlash - laboratoriyaga olib kelingan suv namunasidan 1 ml zararsizlantirilgan pipetka yordamida Petri kosachasiga qo‘yiladi va ustiga +450C li suv hammomida eritilgan GPA dan 15 ml qo‘shiladi. So‘ngra yaxshilab aralashtirilib, qotishi uchun gorizantal holatda qoldiriladi. Qalam bilan kosacha ustiga namunaning nomeri, ekilgan suv miqdori, suyultirish soni va ekish muddati yoziladi. Keyin Petri kosachalari qopqog‘i pastga qaratilib termostatga qo‘yiladi va +370C haroratda namunalar 24 soat saqlanadi. Ochiq suv havzalaridan olingan namuna 2 ta kosachaga ekilib +200C li termostatda 48 soat mobaynida saqlanadi. O‘sib chiqqan mikroblar koloniyasi lupa yordamida sanash plastinkasida sanaladi. Mikrob koloniyasi 12 kvadratda (4 ta markazdan va 2 tadan turtburchakdan) sanaladi. Aniqlangan koloniyalar miqdoriga karab Petri kosachasining umumiy yuzasida joylashgan mikroblar miqdori 1 ml da qancha ekanligi qo‘yidagicha aniqlanadi:

Misol: Petri kosachasini diametri – 10 sm. Buning umumiy yuzasi S = Pr2 = 3,14 x 52 = 78,5 sm2.

12 kvadratda 84 ta koloniya usgan. 1 sm2 yuzada - 7 ta koloniya mavjud, umumiy yuzada esa 78,5 x 7 = 549,5 koloniya mavjud ekan. Shunday qilib 1 ml suvda 549,5 dona mikroorganizm borligi aniqlandi.

Suvning koli – titri va koli – indeksini aniqlash - 1 l suv tarkibida o‘chraydigan ichak tayoqchalarining miqdoriga koli - indeks deyiladi. Eng kam miqdordagi suvda 1 dona ichak tayoqchasining uchrashiga koli - titr deyiladi.

Bulir oziqa muhitidan probirkalarga qo‘yilib, ichiga kichik probirka (gazavik) teskari holatda solinib, 1 ml tekshiriladigan suvdan qo‘yilib yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra probirkalar +450C li termostatda 24 soat saqlanadi. Agar oziqa muhitining rangi to‘q qizildan sariq rangga aylanib, kichik probirkalar ichi gaz pufaklari bilan tulgan bo‘lsa, tekshirilayotgan suvda ichak tayoqchalarining borligini isbotlaydi. Ichak tayoqchalarini titriga qarab suvning koli - indeksi topiladi. Misol: tekshirilgan suvning koli - titri 0,5 ml. Shunday qilib 0,5 ml suvda 1 dona ichak tayoqchasi bo‘lsa, 1 litrda 1000 ml : 0,5 = 2000 dona bo‘ladi. Bu erda tekshirilgan suvning koli - indeksi 2000 ga teng bo‘ladi.



Suvni gelmintologik tekshirish - Gelmintologik tekshirish uchun suv namunasi qirg‘oqlar yaqinidan 100 ml dan to 1 litrgacha har 5 minutda suvning sathidan 20 - 50 sm chuqurlikdan va suvning tagidan 50 sm yuqoridan batometr yordamida olinadi.

Gelmintologik tekshirish uchun eng oddiy va keng tarqalgan Z.G.Vasilkova usulidan foydalaniladi. Buning uchun daxanaga qog‘oz filtr joylashtirilib, undan 0,5 - 1 l miqdorida tekshiriladigan suv o‘tkaziladi. Qog‘oz filtr tuplangan cho‘kmasi bilan birgalikda 2-3 minut davomida 25 % xlorid kislota eritmasi bilan yuviladi. So‘ngra qog‘oz filtr buyum oynasi kattaligida qirqilib mikroskopning kichik ko‘rsatkichida gelmintlarning tuxumiga tekshiriladi. Gelmintlarning turi maxsus albomlardagi rasmiga solishtiriladi va turi aniqlanadi.

Topshiriq № 1 – Turli suv namunalaridagi mikroblarning umumiy soni, koli-titr, koli-indeks va gelmintlarni tuxumini aniqlang.



Ko‘rsatgichlar

Ulchov birligi

Suv namunalari

kran

daryo

quduq

ariq

1

Mikroblar soni

dona













2

Koli-titr

dona













3

Koli-indeks

dona













4

Gelmint tuxumi

dona












Nazorat savollari:





  1. Download 14,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish