Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti Iqtisodiyot va Agro texnologiyalari



Download 440,18 Kb.
Sana12.09.2021
Hajmi440,18 Kb.
#172637
Bog'liq
7-mustaqil ish (копия)


O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus Ta`lim Vazirligi

Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti

Iqtisodiyot va Agro texnologiyalari Fakulteti

101- guruh “Iqtisodiyot (qishloqxo`jaligida)”

Iqtisodiyotda AKT vaTizimlar fanidan

MUSTAQIL ISH

7-Mavzu:Buyumlar interneti texnalogiyalari

Bajardi:Tilavov J.

Tekshirdi:Haydarov O.

Samarqand 2021

Reja:

Kirish


1. Buyumlar interneti

2. “Internet ashyoning” rivojlanish istiqboli

3.”Buyumlar interneti”ning eng nufuzli kompaniyasi

Xulosa


Ishlatilgan adabiyotlar ro'yxati

Kirish

Insoniyat o‘z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan. Birinchisi - yozuvning kashf etilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi - kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bo‘lgan.

Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham o‘z funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yo‘q. Qizig‘i shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qo‘ymoqdamiz.

 

Ha, hayron bo‘lmang. Aslida internetdan foydalanadigan buyumlar zamonasi ham allaqachon boshlangan. Shu sababli ham bu soha «buyumlar interneti» deb nomlanish olgan bo‘lib, axborot texnologiyalari evolyutsiyasi bir kun kelib bu jarayonga kirishishi albatta tabiiy hol edi.



1. «Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining o‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan o‘rtaga tashlangan edi. Unga ko‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vositalar, masalan, ko‘cha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil to‘xtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qo‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalar - masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bo‘lgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, ya'ni, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali o‘zaro «muloqot»qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda.

Qayd etish joizki, buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng birinchi buyum bu yana o‘sha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon Romkining tosteri bo‘lgan edi. 1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu buyumni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-yilda esa internet endi haqiqatan ham «buyumlarniki» bo‘lib qoldi. Chunki, o‘sha yili internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan odamlar sonidan oshib ketgan edi. Bu raqam borgan sari o‘sishda davom etdi va 2018-yilga kelib, jahon bo‘ylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan ham o‘zib ketgani iddao qilinmoqda.

Xo‘sh, bundan maqsad nima?

Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bo‘lgani bu - erinchoqlikdir. o‘sha Romki ham tosterni o‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bo‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qo‘yasiz. Ular esa, internet orqali o‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini ko‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qo‘yib yoqib qo‘yadi. Zo‘r-a? To‘g‘rimi? Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi.



Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Tayinki, ayniqsa ayollar ko‘p bora allaqachon uydan chiqib bo‘lib, keyin miyasiga «lop» etib uradigan «dazmolni o‘chirmay chiqqan bo‘lsam-a» - degan holatga tushishgan. Ba'zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qo‘shnilarni ham qiynab qo‘ygan holatlar bo‘lgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. o‘sha dazmolni basharti o‘chirmay chiqqan bo‘lsangiz ham, uni masofadan turib, telefoningiz orqali o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan ko‘p qo‘l tekkizilmasa, avtomatik ravishda o‘zini-o‘zi tokdan o‘chirsin. Suv tashib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi mumkin. Bundan albatta siz ham bexabar qolmaysiz (chunki, datchik sizga internet orqali muloqotga chiqib, suv toshigani haqida xabar beradi; shu bilan birga, ventil ham sizga aloqaga chiqib, suvni kirishdan berkitganini «aytadi»). Bular oddiy, maishiy misollar. Masalan, buyumlar internetiga ulangan kamerani xonadoningiz oldiga o‘rnatsangiz, uyingizga «chaqirilmagan mehmon» kelishi bilan u o‘z o‘zidan ishga tushib, poygakdagi odamni suratga yoki videoga tushiradi va sizga yuboradi. Agar, o‘sha begona shaxs eshikni ochishga urinsa bu haqida ham kamera eshik qulfiga xabar berib, qo‘shimcha himoya vositalarini ishga jalb qilishi va hatto «02» ga o‘zi qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bularning barchasi inson ishtirokisiz, buyumlarning o‘zi tomonidan internet orqali bajariladi. Energiya tejamkorligi borasida ham buyumlar interneti yaxshi samara berishi mumkin. Masalan, siz xonada bo‘lgan paytingizda, konditsioner sensori sizning borligingizni o‘zi sezib, o‘zi ishga tushadi va sovita boshlaydi. Isitish va yoritish tizimini ham shunday sozlash mumkin. Xullas, bu borada buyumlar interneti odamga juda ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi va ulardan qanday foydalanish odatda odamning o‘z fantaziya darajasi bilan cheklanadi xolos. Biz yuqorida aytgan jarayon, ya'ni, buyumlar internetini xonadonda qo‘llash hozirda «Aqlli uy» deb nomlanadigan tushuncha ostiga birlashtirilgan. Bu jarayonning nisbatan yirikroq va muhimroq ko‘rinishi «Aqlli shahar»konsepsiyasida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, bunda shaharning ijtimoiy ahamiyatga ega muhim qismlari « transport vositalari, svetoforlar, xavfsizlik tizimlari va ho kazolarning texnik vositalarini ham buyumlar internetiga ulash mumkin. Masalan, svetoforlar va avtomobilingiz internet orqali muloqot qilsa, sizga mashinangizdagi sensorli ekran shaharning qaysi ko‘chalari tirband va qaysi ko‘chalari nisbatan holi ekanini ko‘rsatib borishi mumkin. Ofisingiz ham «aqlli ofis» tizimida loyihalangan bo‘lsa, masalan, mashinangiz ofisga yetishga ikki daqiqa qolganda o‘zi internet orqali xonangizdagi chiroqqa, konditsionerga, noutbukka sizning kelishingiz haqida xabar beradi. Ular esa ishga tushib, xonaga kirishingizga tayyor turadi. Sizga bu gaplar ertakdek tuyulayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin, ishoning, bu ko‘z o‘ngimizda bo‘lib turgan reallikdir. Sizga bu hali uzoq kelajakdek ham tuyulishi mumkin. Biroq, bir paytlar ota-bobolarimiz ot-aravalar zamonasidan avtomobillar davriga qadam qo‘yishganidek, endi biz ham oddiy buyumlardan internet orqali o‘zaro muloqot qila oladigan «aqlli» buyumlar zamonasiga kirib kelmoqdamiz.

Hozirda buyumlar interneti istiqboli porloq bozor bo‘lishi bilan birgalikda, bu bozorni shiddat bilan rivojlanishdan to‘sib turgan ayrim muammolar mavjud. Birinchidan, hali buyumlarni internet orqali o‘zaro muloqot qilishi uchun yagona xalqaro standartning ishlab chiqilmagani. Natijada, buyumlarni internetga ulash imkonini beradigan qilib chiqarayotgan aksar ishlab chiqaruvchilar o‘z bizneslarini himoya qilish maqsadida, mahsulotlarni qandaydir xos yopiq protokollarda ishlaydigan qilib, ichki standartlar asosida chiqarishmoqda. Bu esa, uydagi hamma internet buyumlarni faqat o‘sha firmadan olishga majbur qilishga mo‘ljallangan. Lekin bu hol uzoqqa bormasligi aniq. Chunki, bozor bunday o‘yinlarni yoqtirmaydi. Lekin, buyumlarning internet tilini standartlashtirishga qaratilgan dastlabki muvaffaqiyatli urinishlar allaqachon mavjud. Masalan, hozirda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar Z-wave texnologiyasiga bog‘lana oladigan buyumlarni ishlab chiqarishga o‘tishgan. Buyumlar internetining ommalashishiga hozircha to‘sqinlik qilayotgan eng katta omil esa, internetli buyumlarning hozircha biroz qimmatligidir. Biz yuqorida ta'riflagan «aqlli uy» sistemasidagi minimal to‘plam, masalan, o‘zi ishga tushadigan chiroq, eshik qulfi, kamera va suv toshishini aniqlovchi datchikdan iborat to‘plam o‘rtacha 200$ atrofida bo‘lib, sistemani yanada kengaytirish yana ham xarajatlarning ko‘payishiga olib keladi. Lekin, bir paytlar kompyuterlar favqulodda qimmat bo‘lib, keyinchalik, masalan bir necha barobar arzon bo‘lib ketgani singari, internetga ulana oladigan buyumlar ham tobora arzonlashishi tabiiy. Chunki, buyog‘iga ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat aynan shu yo‘nalishda ketadi. Axir, «Artel» konditsionerining ham reklamasida uning wi-fi bilan ishlashi bejizga urg‘u bilan ta'kidlanmagan.



2. Insoniyat o‘z tarixi davomida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan: birinchisi – yozuvning kashf qilinishi, ikkinchisi – kitob bosishni kashf qilinishi va uchinchi axborot inqilobi – Internet.Hozirda Internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun oddiy holdir. Hattoki, hukumat ham o‘z vazifalarining muayyan bir qismini Internet orqali bajarmoqda. Global tarmoqning imkoniyati bu bilan cheklanib qolayotgani yo‘q. Nafaqat insonlar, balki insoniyatning kashfiyoti hisoblanmish turli xil maishiy texnikalar ham hozirgi kunda Internetdan foydalanmoqda. Shu sababli ham axborot texnologiyalari sohasiga «Internet ashyo» atamasi kirib keldi.

«Internet ashyo» (Internet of Things – IoT) – bu yagona fizik obyektlar tarmog‘i bo‘lib, tashqi muhit orqali o‘z parametrini o‘zgartirish, ya’ni ma’lumotni to‘plab boshqa turdagi moslamalarga uzatish. «Internet ashyo» (IoT) – moslamalar o‘rtasidagi o‘tkazuvchan yoki o‘tkazmaydigan tarmoq bo‘lib, o‘z-o‘zini ta’minlovchi, zamonaviy (aqlli) tarmoqni boshqaruvchi, yuqori darajali tarmoq ta’minlovchi, Internetni o‘zi yoqadigan, ma’lumotlarni uzatib, hamda ularni qabul qilib, tahlil qila oladigan texnologiyadir.

«Internet ashyo» konsepsiyasi hamda atamasi dastlab, 1999-yil Massachusets texnologiya instituti xodimi Kevin Ashton tomonidan o‘rtaga tashlangan. Uning fikriga ko‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari: choynak, muzlatgich, dazmol singari maishiy texnikalardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnikalar: ko‘cha chiroqlari, avtomobil to‘xtash joylari va shahar xavfsizlik xizmatlari hamda tibbiyotda qo‘llanilib kelayotgan zamonaviy texnologik qurilmalargacha bo‘lgan sohalarni ham Internet bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Mazkur sohalarning Internet qamrovi deganda, inson ishtirokisiz buyumlarning o‘zaro Internet orqali muloqot qila olishi nazarda tutilgan.

1-rasm. Buyumlarning Internet tarmog‘i orqali o‘zaro muloqoti.

Buyumlar orasidagi ilk Internet orqali muloqotni amalga oshirgan maishiy texnika bu – tosterdir. Bu texnologiyani ilk bor Massachusets texnologiya instituti bitiruvchisi Jon Romkin amalda sinab ko‘rgan. U 1990-yilda TCP/IP protokoli orqali tosterni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalangan.

1999-yil Massachustes texnologiya institutida «Avtomatik identifikatsiya Markazi» (Auto-ID Center) radiochastotali identifikatsiya va yangi sensor texnologiyalari tashkil qilindi. Ushbu markaz bo‘limlaridan biri Cisco IBSG (Internet Business Solutions Group) fikricha: «Shunday vaqt bo‘ladiki, Internetga ulangan buyumlar soni insonlardan ham ko‘p bo‘ladi». 2003-yilda Yer yuzida 6,3 mlrd. aholi, Internetga ulangan, buyumlar esa 500 mln.ga yaqin edi. Har bir aholiga 0,08 tadan texnikalar to‘g‘ri kelgan. 2004-yil «Scientific American» ilmiy jurnalida «Internet ashyo» haqida maqola chop etilgan. Unda maishiy mahsulotlar (budil’nik-soat, konditsioner), uy tizimi (xavfsizlik, o‘simliklarni sug‘orish, yoritish), datchiklar (issiqlik, yoritish) va boshqa turli texnikalarning o‘zaro tarmoq orqali kommutatsiyasi va to‘liq avtomatik boshqarilishi haqida ma’lumotlar berilgan. 2010-yilga kelib haqiqatdan ham Internet orqali boshqariladigan buyumlar soni aholi sonidan oshdi. Yer yuzi aholisi 6.8 mlrd.ni tashkil etgan bo‘lsa, «Internet ashyo» esa 12,5 mlrd., ya’ni har bir kishiga 1,84 ta shunday texnikalar to‘g‘ri kelgan. Rob Van Kranenburg mashhur nazariyotchi fikriga ko‘ra, «Internet ashyo» o‘zining to‘rt avlodidan iborat bo‘lib, uning bosqichlari:

1-bosqich: har bir obyektning identifikatsiya aloqasi;

2-bosqich: har bir insonning o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi tizim, misol uchun: «aqlli uy»;

3-bosqich: shahar hayotining urbanizatsiyasi, misol uchun: «aqlli shahar»;

4-bosqich: sensorli sayyora. Bir nechta tarmoq orqali alohida megapolislar orasidagi tarmoq muloqoti.

Bashariyat uchun buyumlarni Internet orqali boshqarishni yo‘lga qo‘yishga quyidagi ikki omil sababchi bo‘lsa kerak. Birinchi va eng dolzarbi – erinchoqlik. Tasavvur qilib ko‘ring: o‘rningizdan turmagan holda nonushta tayyorlash. Buning uchun oshxona jihozlaringizni Internetga ulaysiz va ularning har birini o‘z mobil telefoningiz orqali istaganingizcha boshqarasiz. Ikkinchi omil esa – xavfsizlikka bog‘liqdir. Ko‘pincha uydan chiqqandan so‘ng dazmolni tokdan uzdimmi, gaz va suvni o‘chirdimmi, eshikni quluflab chiqdimmi kabi savollar o‘z-o‘zidan hammaning xayoliga kelishi mumkin. Shu kabi hayollarga chek qo‘yish maqsadida uydagi har bir texnikani Internet tarmog‘iga ulagan holda ularni boshqarish har bir insonga qulaylik tug‘diradi, albatta. Misol uchun, dazmolga ikki daqiqadan so‘ng undan foydalanilmayotgan holatda avtomatik tarzda o‘chishi kerakligi haqidagi ma’lumotni kiritib qo‘yish, suvni o‘chirmagan holda esa suvni nazorat qiluvchi datchiklar avtomatik tarzda ishga tushib suvni o‘chirishi hamda bu haqda uy egasiga Internet orqali xabar berishi. Uyingizning xavfsizligi maqsadida uydan chiqilgandan so‘ng oynalarning avtomatik tarzda yopilishi hamda kimdir o‘g‘irlikka tushmoqchi bo‘lsa, uydagi kameraning rasmga yoki video tasvirga olish funksiyasi orqali uy egasiga xabar berishi, uydagi signalizatsiya tizimini ishga tushishi va hattoki bu haqida militsiya xizmatiga ham xabar berishi qanday qulayliklarni yaratadi.

2-rasm. «Internet ashyo» arxitekturasi.

Buning yana bir qulayligini aytadigan bo‘lsak, uyga kirgan zahoti chiroqning avtomatik yonishi hamda uydagi haroratni me’yorlashtirish uchun konditsionerning o‘zi ishga tushishi, biror-bir ko‘rsatuvni avvaldan ko‘rishni o‘zingiz uchun belgilab olgan bo‘lsangiz, aynan o‘sha paytda televizorning o‘zi yonib bu haqda sizga xabar berishi qanday yaxshi. «Internet ashyo» ni xonadonda qo‘llash «Aqlli uy» texnologiyasi orqali hozirgi kunda rivojlanib bormoqda. Agarda bu texnologiyani uydan ham kattaroq bo‘lgan hududda, misol uchun, shaharda amalga oshirishimiz orqali «Aqlli shahar» termini vujudga keladi. Bu terminning ham o‘ziga yarasha qulayliklari mavjuddir. Jumladan, avtomobilingizga o‘tirishingiz bilan shaharning qaysi ko‘chasida tirbandlik bo‘layotgani va qaysi ko‘chada nisbatan mashinalar qatnovi kamroq ekani haqida ma’lumotga ega bo‘lish. Ofisingiz ham «Aqlli ofis» tizimida loyihalashtirilgan bo‘lsa, ya’ni mashinangiz ofisga yetishiga ikki daqiqa qolganda o‘zi Internet orqali xonangizdagi chiroqqa, konditsionerga va noutbukka xabar berib, siz kirguncha ularning hammasi ishga tushib tayyor holda bo‘lishi qanday ajoyib.

3-rasm. Shaharning ko‘chalarida tirbandlikni aniqlash.

Shunday ekan, yaqin kelajakda buyumlarning Internet orqali o‘zaro muloqoti «aqlli buyumlar» texnologiyasi nomi ostida rivojlanishiga va shu zamon kelishiga guvoh bo‘lamiz. Hozirda «Interneti ashyo» rivojlanish bosqichida bir qancha muammolarga duch kelmoqda. Bulardan ikkitasi yaqin vaqtlarda o‘z yechimini topishiga oz qoldi. Birinchisi yagona muloqot tilining mavjud emasligi bo‘lsa, ikkinchisi muloqot qilish uchun yagona xalqaro standartning ishlab chiqarilmaganligi. Buning natijasida, ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini xavfsizligi maqsadida, mahsulotlarini faqatgina o‘zlariga xos bo‘lgan protokollar orqali ishlashga mo‘ljallab chiqarishlari, oqibatda butun uydagi Internet ashyolarining hammasini faqatgina o‘sha firma tomonidan olishga majbur qilmoqda. Bu o‘z navbatida, xaridor uchun qimmatga ham tushmoqda. Yaqin kelajakda xalqaro standartning ishlab chiqarilishi natijasida, bunday texnologiyalar raqobatining oshishiga va buyumlar narxining ham arzonlashishiga olib keladi.

Bundan tashqari, texnologiyaning xavfsizligi ham muhim omillardan biri hisoblanib, agarda xavfsizlik yetarli darajada ta’minlanmagan bo‘lsa, bunday texnologiyadan hech kim foydalanmaydi. Axir kim ham xohlaydi – o‘z uyidagi buyumlarni oila a’zolardan tashqari chetdan boshqa bir odam boshqarilishini. Hattoki, jinoyatchilar ham uyning xavfsizlik tizimini bemalol buzib kira olishi kabi noqulaylik mavjud bo‘lib turgan hollarda. Buning uchun shaxsni tanish funksiyasining har tomonlama rivojlanishi va xavfsizlik tizimining ham mukammallashgan tarzda ishlashi lozim.

Shunday qilib, zamon tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda ekan, «Internet ashyo» texnologiyasining rivoji ham ko‘plab qulayliklar keltirishiga ishonchim komil. Erta tongdan uyg‘onishingiz bilan o‘z uyingiz bugungi ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berishi, mazali nonushta tayyor holda va bugungi qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni eslatishi, oynaga qaraganingizda sizning sog‘lig‘ingiz haqida axborot berishi, qayeringizda qanday kasallik yuzaga kelishi mumkinligi va hattoki, sizni doktor qabuliga ham yozdirib qo‘yishi mumkinligi, kerakli dori-vositasini o‘zingizga yaqin bo‘lgan dorixonadan qanchaga sotib olishingiz mumkinligi va oldindan buyurtma qilishi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish, uyingizda qanday mahsulot tugayotgani va siz uchun kerakli barcha narsalar xaridi haqida ham ma’lumotlarni olib turish qanchalar yaxshi.

Bularning hammasi hozirda fantastika bo‘lib tuyilishi mumkin, biroq yaqin kelajakda bu sohaning rivoji inson hayotiga ulkan bir o‘zgarish olib kelishi aniq. Axir hamma texnologiyani Internet orqali avtomatik boshqarish orqali inson uchun qimmatbaho bo‘lmish vaqtini o‘zi va yaqinlari bilan birgalikda o‘tkazishiga, ko‘proq sevimli ishi bilan shug‘ullanishiga sarf bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida yangi imkoniyatlar yaratilishiga zamin yaratadi.



3. Intel “buyumlar interneti” bozoridagi eng nufuzli kompaniya deb topildi

Mikrochiplar ishlab chiqaruvchi Intel kompaniyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things, IoT) bozorining eng nufuzli ishtirokchisi deb tan olindi. IoT Analytics mutaxassislari ushbu texnologiyalar bilan bog‘liq brendlarning veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda tilga olinishi miqdorini hisoblab chiqib, shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot 2015 yilning ikkinchi yarmi ko‘rsatkichlariga asoslanadi.

IoT Analytics ma'lumotlariga qaraganda, sohaning eng ko‘zga ko‘ringan kompaniyalari AQShda joylashgandir: Intel’dan keyingi o‘rinlarni IBM, Microsoft, Google va Cisco egallagan. 9 va 10-o‘rinlarda Samsung va LG korporatsiyalari joylashdi, deb xabar beradi Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi.

Yaponiyaning NEC kompaniyasi ro‘yxatning 16-pog‘onasini band qildi. Xitoyning Huawei kompaniyasiga 18-o‘rin nasib qildi.


Ma'lumot uchun, “buyumlar interneti” barcha moddiy obektlarning tarmoqqa ulanib, bir-birini identifikatsiya qilishini, shu yo‘l bilan har qanday ishni qulaylashtirishni ko‘zda tutadigan konsepsiyadir.

Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bo‘lgani bu - erinchoqlikdir. o‘sha Romki ham tosterni o‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bo‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qo‘yasiz. Ular esa, internet orqali o‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini ko‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qo‘yib yoqib qo‘yadi. Zo‘r-a? To‘g‘rimi? Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi.

Bundan tashqari, texnologiyaning xavfsizligi ham muhim omillardan biri hisoblanib, agarda xavfsizlik yetarli darajada ta’minlanmagan bo‘lsa, bunday texnologiyadan hech kim foydalanmaydi. Axir kim ham xohlaydi – o‘z uyidagi buyumlarni oila a’zolardan tashqari chetdan boshqa bir odam boshqarilishini. Hattoki, jinoyatchilar ham uyning xavfsizlik tizimini bemalol buzib kira olishi kabi noqulaylik mavjud bo‘lib turgan hollarda. Buning uchun shaxsni tanish funksiyasining har tomonlama rivojlanishi va xavfsizlik tizimining ham mukammallashgan tarzda ishlashi lozim.

Xulosa

Bularning hammasi hozirda fantastika bo‘lib tuyilishi mumkin, biroq yaqin kelajakda bu sohaning rivoji inson hayotiga ulkan bir o‘zgarish olib kelishi aniq. Axir hamma texnologiyani Internet orqali avtomatik boshqarish orqali inson uchun qimmatbaho bo‘lmish vaqtini o‘zi va yaqinlari bilan birgalikda o‘tkazishiga, ko‘proq sevimli ishi bilan shug‘ullanishiga sarf bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida yangi imkoniyatlar yaratilishiga zamin yaratadi.

Xullas, buyumlar interneti hali ufq ortidagi uzoq masofada emas. Bu soha shiddat bilan rivojlanish bosqichiga o‘tgan. Tayyor turing: uyda pishloq qolmaganini sizga xotin emas, muzlatgich xabar qiladigan payt yaqin  .

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Кранц Мачей «Интернет вещей: Новая технологическая революция». Москва, 2018, -336 c.



2. Сэмюэл Грингард «Интернет вещей: Будущее уже здесь». Москва, 2016.

3. Анциферов Ф. «Обзор рынка Интернета вещей». Москва, 2015.
Download 440,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish