8-9-Mavzu: Yumaloq dori (pilyulya ) bolyuslar (xab dori) shakllarini tayyorlash texnologiyasi
Darsning maqsadi :1 Pilyula va xabdori shakllari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan talabalarni tanishtirish .
2. Amaliy mashg’ulot darsida pilyula va xabdori shakllarida dorilarni tayyorlanish texnologiyasini urganib ularni darsda tayyorlash.
3. Tayyorlangan dori shakllariga retseptlar yozish.
Darsning utkazish usuli: Dars maxsus jixozlangan amaliy mashg’ulot xonalarida olib borilib, talabalarga o’qituvchi dori shakllarini va ularni tayyorlanish texnologiyasi bo’yicha ma’lumotlar bilan tanishtiradi. Talabalar ikki guruxga bulinib, pilyula va xabdorini tayyorlashadi.
Dars uchun kerakli jixozlar va dori vositalari.
Pilyula doskasi va qirqichlar, xovoncha, tarozi va uning toshlari, margumush natriy kukuni, gulxayri ildizi kukuni, bug’doy uni, angishvona gulining quritilgan bargi, altay ildiz kukuni va distillangan suv.
Pilyula –Pilula, Pilulae
Pilyula-(Pila-tup, shar) kichik sharsimon kurinishdagi dozalangan, 4 mm dan 8 mm gacha uzunlikda, og’irligi 0,1 gramdan 0,5 grammgacha bo’lgan, ichirishga tavsiya etiladigan dori shaklidir. Pilyulalar shaklida barcha kurinishdagi va shakldagi dori vositalari tayyorlanib hayvonlarga berilishi mumkin. Pilyulalar tarkibi dori moddasi va shakl beruvchi moddalar sifatida shunday moddalar olinadiki, qaysikim ular ichga qabul qilish mumkin bo’lgan, aralashtirilganda yaxshi birikadigan va xavoncha devoriga yopishib qolmaydigan modalar bo’lishi shart.
Bunday moddalardan:
1. Bug’doy uni-Farina triticum
2. Gulxayri ildiz kukuni-Pulves radicis Taraxaci
3. Oq gil- Bolus alba
4. Altey ildiz kukuni- Pulves radicis Althaeae
5. Shirin ildiz kukuni-Pulves radicis Glycyrrhizae
6.Kraxmal-Amylum
Pilyula shaklidagi dorilar asosan parrandalarga, mayda hayvonlarga (it, mushuk) qisman otlar yirik va mayda shoxli hayvonlarga berish uchun tavsiya etiladi. Hayvonlar pilyulalarni tuliq istemol qilishligi uchun, ular yoqtirgan taam beruvchi vositalar qushib beriladi. Itlarga- corrigens sifatida shakar, qiyom, mushuklarga 3 tomchi miqdorida valerianka, yirik shoxli hayvonlarga - tuz va nordon taamli moddalar qushiladi.
Pilyula shaklidagi dori vositalarini tayyorlash uchun dori va shakl beruvchi moddalar kursatilgan miqdorlarda tarozida ulchab olinib, xavonchada pilyula massasi xosil bo’lguncha suv tomchilab qushib aralashtirib boriladi Tayyorlangan pilyula massasi xavonchadan olinib, tarozida ulchab olinadi va pilyula doskasiga joylashtiriladi.
Pilyulalar bir-biri bilan shuningdek doska va kesuvchi asboblarda yopishib qolmasligi uchun bug’doy unidan, kraxmal yoki oq gil kukunidan sepiladi. Hosil bo’lgan hamir yoyilib, qirqichlar yordamida pilyula bulaklariga bulinadi.
Tayyorlangan pilyulalar maxsus idishlarga solinib, yorliq yopishtiriladi.
Topshiriq: 30 dona margumushli natriy pilyulasini tayyorlashda quyidagi vositalar olinadi.
1. Margumushli natriy- 0,2
Gulxayri ildiz kukuni-3,0
Bug’doy uni-2,0
Distillangan suv-kerakligicha.
Retseptda:
Rp.: Arseni nitrati -0,2
Pulves radicis Taraxaci -3,0
Farina tritici -2,0
Aquae destillatae q.s.
ut fiat pilula
D.t.d.№ 30
S.Ichga, har kuni 3 ta pilyuladan 3 maxal berilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |