T/r
|
Maz dori vositaning nomlanishi
|
Lotincha yozilishi
|
Tarkibi
|
1.
|
Kamfora – mazi
|
Unguentum Compharatum
|
Kamfora kukuni-10,0 vazelin- 60,0
lanolin-30,0
|
2.
|
Glitserinli maz
|
Unguentum Glycerini
|
Glitserin- 93,0
kraxmal -7,0
|
3.
|
Oq simobli maz
|
Unguentum Hydrarguri album
|
amidaxlorli
simob-10,0
vazelin-60,0
lanolin-30,0
|
4.
|
Ixtiyol mazi 10% yoki 20% li
|
Unguentum Ichthyoli
|
ixtiyol 10,0 yoki 20,0
vazelin 90,0 yoki 80,0
|
5.
|
Kaliy yodidli maz
|
Unguentum Kalii iodati
|
kaliy yodid- 50,0
tiosulfat natriy -1,0
suv -44,0
suvsiz lanolin-135,0
tozalangan chuchqa yog’i-270,0
|
6.
|
Streptosidli maz
|
Unguentum Streptocidi
|
streptosid -10,0
vazelin-90,0
|
7.
|
Ruxli maz
|
Unguentum Zinci
|
rux oksidi -10,0
vazelin-90,0
|
Mazlar asosan har xil foizlarda tayyorlanib, retseptda necha foizda bo’lishligi kursatiladi.
Topshiriq: 10% ixtiyol mazini tayyorlash :
1.Ixtiyol -10,0
2.Vazelin - 90,0 olinib xavonchada yaxshilab aralashtiriladi va kerakli idishga solinib, yorliq yozilib yopishtiriladi.
Retsept:
Rp.: Ichthyoli -10,0
Vaselini –90,0
M.f. Unguentum
D.S. Tashqi tomonga qo’llash uchun.
#
Retsept tayyor xolatida yozilishi:
Rp.: Unguenti Ichthyoli 10% - 100,0
D.S.Tashqi tomonga qo’llash uchun.
Pasta - Pasta, Pastae
Pasta- quyuq maz bo’lib, 25 foizdan ortiq quriq dori moddalar va shakl beruvchi vositalardan tashkil topgan yumshoq dori shaklidir.
Pastalar ham mazlar singari tashqi teri yuzasiga qo’llash uchun tavsiya etilib, ular teri yuzasida mazlarga qaraganda uzoq saqlanadi hamda maxalliy ta’siri ham uzoq davom etadi.
Pasta shaklida dori vositalari uyuvchi, kuydiruvchi va yallig’lanishlarga qarshi ta’sir ko’rsatib teri yallig’lanishlarida yaralarni tezroq bitishi va uni tuliq tiklanishiga olib keladi.
Pastalar tayyorlashda shakl beruvchi vositalar sifatida, hayvon tana xaroratida erib ketmaydigan va hayvon terisida uzoq saqlanadigan moddalar olinib qushiladi:
Bunday vositalardan:
Kartoshka kraxmali -Amylum solanum
Oq gil -Bolus alba
Rux oksidi-Zincum oxudatum
Talk-Talcum va boshqalar.
Retseptda pastalar ofisinal, tayyor xolida yoki tarkibiy qismlari ko’rsatilib yozib beriladi.
Topshiriq : Rux salisilat pastasini tayyorlash
Salisilat kislotasi-0,2
Rux oksidi- 2,5
Kartoshka kraxmali-2,5
Vazelin -4,8
Pasta tayyorlash uchun dori moddasi va shakl beruvchi vositalar ulchab olinib xavonchaga solinadi va bir xil ko’rinishdagi massa xosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyorlangan pasta xavonchadan olinib maxsus idishlarga solinib, yorliq yopishtiriladi.
Retseptda:
Rp.: Acidi saliculati-0,2
Zinci oxydati -2,5
Amylum solani-2,5
Vaselini-4,8
M.f. Pasta
D.S. Tashqi teri yuzasiga surtish uchun.
#
Retseptda ofisinal tayyor xolatida
Rp.: Pastae Zinci salicylatae - 10,0
D.S. Tashqi teri yuzasiga surtish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |