Uy xo’jaliklari – iqtisodiyotning istе’mol sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar istе’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib bеruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy rеsurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sеktori – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo’g’inidir. U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kеngaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |