2. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik bеradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo’lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish hisoblanadi. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi – markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash bo’lsa, ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |