Samarqand


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Download 413,42 Kb.
bet84/128
Sana04.02.2022
Hajmi413,42 Kb.
#429277
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128
Bog'liq
HUQUQ TO‘GARAK.(1)

Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Qanday organlarni biz huquqni muhofaza qiluvchi organlar deb ataymiz?

  2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga qaysi organlar kiradi?

  3. Prokuraturaning bu tizimda qanday o‘mi bor?

  4. Davlat tomonidan Prokuraturaga qanday vazifalar yuklatilgan?

  5. O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tizimini tavsiflang.

  6. Tergov ishlarini qaysi organlarning vakolatli shaxslari olib boradi?

  7. Nima uchun dastlabki tergov ishlarini zudlik bilan olib borilishining ahamiyati katta deb hisoblanadi?

  8. Tergov organlarining vazifalari nima?

  9. “Xabeas korpus” instituti nima?

O’zbekiston Respublikasi Icliki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muhim tarkibiy qismidir.
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish:

  • jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash;

  • mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha mulklarni har xil noqonuniy tajovuzlardan saqlash;

  • fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish;

  • huquqbuzarliklarning oldini olish va sodir etilgan huquqbuzarliklarning to‘liq ochilishini ta’minlash;

  • pasport tizimi faoliyatini yuritish;

  • yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash;

  • ma’muriy javobgarlik va jinoiy jazolarning o‘talishini tashkil qilish;

  • yong‘in xavfsizligini saqlash:

  • voyaga yetmaganlar bilan ishlash va boshqa ko‘plab vazifalar.

Ichki ishlar organlariga fuqarolar va mansabdor shaxslardan huquqbuzarlikni to‘xtatishni talab qilish, shaxsni guvohlantiruvchi hujjatlarni tekshirish, ma’muny huquqbuzarliklar to‘grisida bayonnomalar tuzish, vaqtinchalik qamoqqa olish va ma’muriy qamoqqa olish vakolatlari berilgan. Ichki ishlar organlari fuqarolarning huquq va erkinliklarini faqat qonunda nazarda tutilgan tartib va asoslardagina cheklashi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 97-moddasiga muvofiq ichki ishlar organlari surishtiruv ishlarini olib borishga vakolatli organlar sirasiga kiradi va surishtiruv ishlari ichki ishlar organlarining eng asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biridir. Bu faoliyatdan maqsad jinoyatni fosh qilish va jinoyatchilarni prokuratura va sud idoralariga topshirishdir.
So‘nggi yillarda ichki ishlar organlarida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar natijasida Ichki ishlar vazirligi tizimida Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, Tergov, Post-patml xizmati va Jamoat tartibini saqlash, Huquqbuzarliklarning oldini olish, Yo‘l harakati xavfsizligi, Yong‘in xavfsizligi bosh boshqamialari, Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik boshqannasi, Respublika “Qo‘riqlash” birlashmasi va boshqa ko‘plab boshqamialar, xizmatlarning muvaflaqiyatli faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Adliya organlari quyidagi tizimdan iboratdir:

  • O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi;

  • Viloyat adliya boshqarmalari;

  • Toshkent shahar adliya boshqarmasi.

Adliya organlari faoliyatiga Adliya vazirligi rahbarlik qilib, respublikamizdagi barcha vazirlar kabi, Adliya vaziri ham hukumat a’zosi hisoblanadi.
Fuqarolik va jinoiy ishlarni hal qilish borasida sud organlarini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash adliya organlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Adliya organlari sudlar ishlarini tashkil etishga ko‘maklashadilar. Ular sudyalarning mustaqil faoliyat yuritishlariga, faqat qonunga bo‘ysunishlariga, odil sudlovni amalga oshirishlariga sharoit yaratib beradilar.
O’zbekiston Respublikasida qonunlar, me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlashda notarial idoralar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan yordam beradi. Notarial idoralar yuridik hujjatlarni, har xil bitimlarni, uy-joy, yer-mulk, transport vositalarini, vasiyatnomalar, ishonchnomalar, uy-joy rejalari, xonadonning qayd daftarlari, orderlarni, fuqaroning tirik ekanligi faktini va boshqalarni tasdiqlaydi.
Davlat notarial idoralari respublikaning tuman va shahar markazlarida, shuningdek, aholi zich joylashgan hududlarda tashkil etiladi. Respublika bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tumanlarda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarial idoralar tashkil etiladi. Qonunga binoan, aholi yashaydigan joyda notarius mavjud bo‘lmagan taqdirda, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollar) tomonidan notarial harakatlar amalga oshiriladi.
Notarius xodimi oliy yuridik ma’lumotli, notariuslik ishi bo‘yicha kamida bir yillik mehnat stajini o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan, halol, pok, vijdonli, huquqiy bilim va madaniyatli shaxslar bo‘lishi lozim.
_ Notarial idoralarida ishlovchi mansabdur shaxslar notariuslar deb ataladi, tdar bajaradigan ishlar notarial ishlar deb yuritiladi.
Advokatura O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga, ajnabiy fuqa-rolarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashki lotlarga yuridik yordam berish, sudda fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Advokatura — huquqiy institut (alohida guruh) bo’lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ixtiyoriy, kasbiy birlashmasidir.
Qonunga ko‘ra advokatlar quyidagi turdagi yuridik xizmatlarni ko‘rsatadilar:
-yuridik masalalar bo‘yicha maslahat berish va tushuntirish, qonunlar bo‘yicha og‘zaki vayozma ma’lumotlar berish;

dastlabki tergov va sudda jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachi, jabrlanuvchilar, fuqarolik ishlari bo‘yicha davogar va javobgarlarning vakillari sifatida qatnashish va hokazo.
Advokatlotincha so’z bo’lib, “himoyachi ”, “oqlovchi degan ma'noni bildiradi.
Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi, tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Advokatura fuqarolarga, korxona, muassasa, tashkilotlarga yordam berish uchun faoliyat ko‘rsatadi.
116-modda.
Advokatlar boshqa turdagi yuridik yordam ko‘rsatishlari ham mumkin. Ayrim hollarda ular aholiga bepul yordam ko‘rsatadilar.
Oliy yuridik ma’lumotli va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsatnoma)ni olgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Advokatlik ruxsatnomasini olish uchun malaka komissiyasi imtihonini topshirish shart.

/

Advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi (1996-yil 27dekabr), “Advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida”gi (1998-yil 25dekabr) Qonunlarida mustahkamlangan.

Download 413,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish