4.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.05.00.00 Сувдан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.05.01.00 Асосий қоидалар;
5.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.06.00.00 Ўрмонлар ва ўрмон фондига кирмайдиган ўсимлик дунёсидан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.06.01.00 Умумий масалалар;
6.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.07.00.00 Ҳайвонот дунёсини муҳофаза қилиш ва фойдаланиш / 11.07.01.00 Ҳайвонот дунёсини муҳофаза қилиш ва фойдаланишнинг умумий масалалари]
214-modda. Respublika mulki
[СПиТ:
1.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Республика мулки]
Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika byudjetining mablag’lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o’quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki davlatning o’zga mablag’lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo’lsa, boshqa mol-mulk respublika mulki bo’lishi mumkin.
Respublika mulki bo’lgan mol-mulkni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, tasarruf qiladilar.
Respublika mulki bo’lgan mol-mulk davlat yuridik shaxslariga xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo’yilishi mumkin.
Respublika mulki respublika byudjetiga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobidan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga ko’ra boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Respublika mulki ob’ektlari qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.08.00.00 Мулк ҳуқуқи ва бошқа ашёвий ҳуқуқлар / 03.08.04.00 Оммавий мулк / 03.08.04.02 Муниципал мулк]
215-modda. Munitsipal mulk
[СПиТ:
1.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Муниципал мулк]
Davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo’ladi.
Munitsipal mulk bo’lgan mol-mulkni, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, davlat hokimiyati mahalliy organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar.
Munitsipal mulk bo’lgan mol-mulk yuridik shaxslarga xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo’yilishi mumkin.
Munitsipal mulk mahalliy byudjetga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Munitsipal mulk ob’ektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.08.00.00 Мулк ҳуқуқи ва бошқа ашёвий ҳуқуқлар / 03.08.04.00 Оммавий мулк / 03.08.04.02 Муниципал мулк]
216-modda. Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
[СПиТ:
1.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Умумий мулк]
Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo’lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo’ladi.
[СПиТ:
Do'stlaringiz bilan baham: |