Samarqand tumani XTB ga qarashli 30- umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-may kunidagi 377-sonli qarori bilan “2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida” Yo‘l harakat хavfsizligining oldini ta’minlash konsepsiyasini hayotga tadbiq etish to‘g‘risi” da o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
22.01.2020 yil Ohalik MFY
Yig‘ilish raisi : I.Djabborov
Kotiba: M.Usmonova
Yig‘ilishda qatnashdi: Maktab MMIBDO’ K.Kenjayev, 9 – nafar o‘qituvchilar , 228 nafar o‘quvchilar
Kun tartibidagi masala.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-may kunidagi 377-sonli qarori bilan “2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida” Yo‘l harakat хavfsizligining oldini ta’minlash konsepsiyasini hayotga tadbiq etish to‘g‘risida.
“Yo‘l qoidasi umr foidasi” haqida o‘quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borish sinflar kesimida.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktabning MMIBDO‘ K.Kenjayev o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-may kunidagi 377-sonli qarori bilan “2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida” Yo‘l harakat havfsizligining oldini ta’minlash konsepsiyasini hayotga tadbiq etish to‘g‘risidagi ma’ruza mazmun mohiyati maktabning barcha o‘quvchilaga tushuntirildi. Aziz o‘quvchilar mana mustaqillik sharofati bilane ko‘chalarimiz kundan kuna yangi zamonaviy transpor vositalari bilan boyib bormoqda.Ayniqsa mashinalarning odamlar uzog‘ligini yaqin qilishda o‘rni beqiyos. Lekin ularning tezligi kundan kunga oshib bormoqda, bu o‘z o‘zidan ko‘chalarga hamisha ogoh bo‘lib yurishimizni talab etadi. Buning uchun aziz o‘quvchilar siz yo‘l harakat qoidalarni yaxshilab o‘rganishingiz zarur, eng avvalo ko‘cha haqida aniq bir tushunchaga ega bo‘lib oling. Xo‘sh ko‘chamiz o‘zi nima? Bilasiza ko‘cha siz va bizning hamma transpor vositalarning yurish-turishi, ya’ni siz o‘quvchilar va kattalar faqat maxsus ajratilgan yo‘lakdan yurishingiz, uning ung tomonidan harakat qilishingiz lozim. Yo‘lak bo‘lmaganda katta yo‘lga tushmay binolarga yaqinroq ya’ni binolar fasadi bo‘ylab yurish kerak. SHahar chekkalarida esa transportga duch kelib qolishdan saqlanish uchun yo‘llning chap chekkasidan transport harakatidan qarama-qarshi tomonidan borish kerak.Ko‘chalarning kesishgan joyi chorraha deyladi.Yo‘lning kesish burchagi va sonigga qarab chorraha uch tomonli, to‘rt tomonli, besh tomonli va ko‘p tomonli bo‘ladi. Agar chorrahada svetafor-yo‘lchirof yo ki yo‘l nazoratchisi bo‘lsa bunday chorrahalar tartibga solingan chorahalar deyladi. Yaqinlashib kelayotgan transpor oldida paydo bo‘lish inson hayoti uchun xafli. Chunki haydovchi transportni darhol to‘xtata olmasligi mumkin. Bunday paytda juda ehtiyotkor bo‘lish zarur, agar piyoda yo‘lni kesib o‘tayotganda transportga duch kelib qolsa, yo‘lning o‘rtasida yo ki uning oq chizig‘i bor joyda to‘xtashi kerak. Oq chizig‘da turish mumkin, chnki transport haydovchisi bu chizig‘ ustida yursaydi, bunday belgini ko‘rgan haydovchi tezlikni kamaytirib, hushyorlikni oshirgan holda o‘tadi.
Aziz o‘quvchilar yo‘l harakat qoidalarni yaxshilab o‘rganib unga itoat qilsangiz bu hayotingiz uchun judaham foydali bo‘ladi.Ayrim maktablarda bo‘layotgan salbiy voqealar bizning o‘quvchilar o‘rtasida kuzatilmaydi. CHorrahada svetafor chiroqlariga doimo amal qiling. Ana shunda yo‘lingiz doimo bexatar bo‘ladi. “Yashil chiroq” doim sizlarga ogoh!
Maktab direktori I.Djabborov ham yuqorida bildirilgan fikrlarni maqullab Yo‘l xarakati qoidasini barcha o‘quvchilar bilishi kerakligi aytib o‘tildi.Maktabning barcha o‘qituvchi va sinf rahbarlariga o‘quvchilarga Yo‘l harakat qoidalarni yana bir marotiba tushantirib ota-oanlar bilan hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi.So‘zi oxirida “Yo‘l qoidasi umr foidasi!” deb nomlangan tadbirlar barcha sinflarga tashkil etilish aytib o‘tildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig’ilish
QAROR QABUL QILADI:
Maktab MMIBDO‘ K.Kenjayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-may kunidagi 377-sonli qarori bilan “2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida” Yo‘l harakat xavfsizligining oldini olish va ta’minlash konsepsiyasini hayotga tadbiq etish to‘g‘risidagi axboroti rahabrlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Barcha sinf rahbarlari yana bir marotiba o‘quvchilarga yo‘l qoidasi bilan tanishtirish vazifalari yuklatilsin.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish maktabning MMIBDO‘ K.Kenjayev zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: I.Djabborov
Do'stlaringiz bilan baham: |