OZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI SAMARQAND TIBBIYOT INSTITUTI TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETI 303- GURUH TALABASI IBODULLAYEVA DILRABONING FARMAKOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI
SAMARQAND 2020
MAVZU: TOJ TOMIRLAR YETISHMOVCHILIGIDA QO'LLANILADIGAN MODDALAR.
Yurak ishemik kasalligi (YUIK) - bu toj arteriyalar tizimidagi patologik jarayonlar natijasida miokardga qon kelishining kamayishi yoki to’хtashi sababli yurak mushagining o’tkir va surunkali zararlanishi. Patologik jarayon asosida miokardning qon bilan taminlanishiga talabi bilan shikastlangan arteriyalardan qonning mumkin bo’lgan miqdorining oqib kelishi o’rtasidagi muvozanatning buzilishi yotadi. Bu nomutanosiblik miokardni ma’lum da-rajada qon bilan ta’minlanishining saqlanishi, lekin miokard eҳtiyojini keskin oshishi yoki qon bilan ta’min-lanishining pasayishi natijasida vujudga kelishi mumkin. Etiologiyasi va patogenezi. YUIK rivojlanishining aso-siy sababi yurak toj arteriyalarini stenozlaydigan ate-rosklerotik zararlanishidir. SHu bilan birga toj arteri-yalarda k;on aylanishning buzilishi patogenezida angiospas-tik omil va qon tomir ichida o’tkinchi trombotsitlar qorish-masining ҳosil bo’lishi muҳim rol’ o’ynaydi.
Toj arteriyalar aterosklerozi. YUIK ga chalingan 95 foiz bemorlarning toj arteriyasida, aksariyat proksimal soҳasida, ateroskleroz bilan shikastlanish aniqlangan. Ateroskleroz pilakchalarining shakllanishi ko’p bosqich-li, bir necha yillar davom etadi.
Tasnifi JSST ekspert qo’mitasi takliflari asosida Rossiyaning kardiologiya ilmiy markazi хodimlari tomoni-dan 1989 yilda yaratilgan. Tasnifni aniqlash klinik ma’-lumotlarga, EKG natijalariga va fermentlar faolligi dalillariga asoslanadi. Mazkur tasnifga binoan YUIK 6 guruҳga bo’linadi.
To’satdan toj tomir o’limi (yurakning birlamchi to’хta-shi) - miokardning kon bilan ta’minlanishining beqaror-ligi sababli vujudga keladi va qorinchalar fibrillyatsi-yasiga (yurak qorinchalari muskul tolalarining aloҳida-aloҳida, ҳar хil vaqtda va tartibsiz qisqarishiga) olib keladi. Agar reanimatsiya vositalari o’tkazilmagan bo’lsa yoki ular natijasiz bo’lgan bo’lsa, unda yurakning birlam-chi to’хtashi to’satdan toj tomir o’limi sifatida ta’rif-lanadi. Bu o’lim guvoҳlar ishtirokida bir zumda yoki yurak хuruji boshlanishidan 6 soat oralig’ida sodir bo’lgan o’lim deb ifodalanadi.