Samarqand tamadduni tarixi fanidan bajargan ishlari


XX asrning 50-90 yillarida Samarqand ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti



Download 2,35 Mb.
bet10/24
Sana21.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#869892
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
3-kurslar uchun QULLANMA

XX asrning 50-90 yillarida Samarqand ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti.


Samarqand O’zbekistonning yirik rivojlangan shaharlaridan biri sifatida urushdan keyingi yillarda ham o’z ahamiyatini saqlab qoldi. Shahar sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanish asosida bu yillarda sifat o’zgarishlariga ham uchradi. Mashinasozlik, metall-ni qayta ishlash, kimyo, qurilish materiallari ishlab chiqarish singari yangi tarmoqlar vujudga keldi. XX asrning 70-yillarida shaharda 60 ga yaqin katta-kichik zavod va fabrikalar faoliyat yuritdi. Samarqandda respublika to’qimachilik mahsulotlarining hamda mineral o’g’itlarning 20 foizdan ortiqrog’i, vinoning 15 foizga yaqini, choyning hammasi, konserva mahsulotlarining 20 foizdan ortig’i, paxta tolasining 5 foizga yaqini ishlab chiqarildi. Ro’zg’or muzlatkichlari, kinoapparatlar, chinni bugomlar, poyabzal fabrikasi korxonalari shahar sanoatining qiyofasini belgiladi. Shu bi-lan birga, ta’kidlash joizki, ishlab chiqarishning umumiy hajmida tayyor mahsulotlar va yuqori texnologiya buyumlarining ulushi ancha past edi. Hatto urush yillari evakuatsiya qilingan ilg’or zavod va fabrikalar urushdan keyingi yillarda asosan mahalliy sharoit-ni hisobga olgan holda qayta ixtisoslashtirilib, birinchi galda qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlashga moslashtirildi. Butun respublika singari shahar iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanishi umuman 70-80 yillarga xos hodisa bo’ldi.
Sho’rolar hukmronlik qilgan davrda O’zbekistonning yirik madaniy markazi sifatida Samarqand hayotida muayyan o’zgarishlar yuz berdi.Shahardafan, adabiyot va san’at rivojlandi. Samarqandliklar o’z shahrining qiyofasini, uning me’moriy ulug’vorligini yaxshi tomonga o’zgartirishga intildilar. Natijada xiyobon va bog’lar vujudga keldi, davlat va jamoat muassasalari joylashgan ko’plab yangi binolar qurildi. Arxeologik tadqiqotlar boshlandi.
Samarqandda O’rta Osiyo xalqlarining Temuriylar davri san’atiga bag’ishlangan xalqaro simpozium bo’lib o’tdi. 1970- yil oktyabrda Samarqandning 2500 yilligi nishonlandi. Shuningdek, 1978-, 1983- va 1987- yillarda O’rta vaYaqin Sharq musiqasiga bag’ishlangan xalqaro musiqa festivallari o’tkazildi.
Shu bilan birga, Samarqand shahar obidalariga yetarlicha e’ tibor berilmadi. Uning eski shahar qismi e’tiborsiz tashlab qo’yildi. Vaholanki, bu yerda butun dunyoga dong’i ketgan me’moriy obidalar saqlanar edi. Ayniqsa, 30-50 yillarda shahar me’moriy majmualari qarovsiz qoldi. Keyinroq, jahon jamoatchiligining qiziqishi tez ortib borishi tufayli sho’rolar hukumati qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash yuzasidan ayrim choralarni ko’rishga majbur bo’ldi. Bunda urushgacha va urushdan keying yillarda mehnat qilgan obidalarni ta’mirlovchi samarqandlik ustalar: Shamsi G’afurov, Bolta Jo’rayev, Hotam Mo’minov, Akrom Umarov, Quli Jalilov, Anvar Quliyev va boshqalarning xizmati katta edi.
XX asrning 20-yillarida shaharda maktablar, oliy va o’rta o’quv yurtlari, kutubxonalar, klublar, muzey va kinoteatrlar ochila boshlaydi. 70-yillarda shaharda maktabgacha muassasalarning keng tarmog’i, 40dan ortiq o’rta maktab, 17 ta texnikum, 27 ta kasb-hunar bilim yurti faoliyat olib bordi. Sovet davrining so’nggi yillarida shaharda 4ta teatr - Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat o’zbek davlat musiqali drama teatri, A.P. Chexov nomidagi rus drama teatri, opera va balet teatri, shuningdek, Asror Jo’rayev nomidagi viloyat qo’g’irchoq teatri ish olib bordi. Shahar uchungina emas, balki butun respublika uchun malakali xodimlar tayyorlashda Samarqand oliy o’quv yurtlari katta hissa qo’shdi. 1928-1939 yil-larda shaharda beshta oliy o’quv yurti - O’zbek musiqali xoreografiya instituti (hozirgi O’zbekiston Badiiy akademiyasining san’at-shunoslik instituti), Pedagogika akademiyasi, kooperativ, qishloq xo’jaligi va tibbiyot institutlari tashkil kilingan edi. Milliy musiqa madaniyati rivojiga O’zbek musiqa xoreografiya instituti ayniqsa katta hissa qo’shdi, bu yerda M. Ashrafiy, M. Burxonov, T. Sodiqov, Sh. Ramazonov singari taniqli o’zbek bastakorlari bilim olgan edilar.
1933 yil O’zbekiston pedagogika akademiyasi negizida O’zbekiston davlat universiteti (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti)ning tashkil etilishi shahar madaniy hayotida muhim voqea bo’ldi. 1941 yilgacha universitet fanning turli sohalari bo’yicha 1157 ta malakali mutaxassis, shu jumladan, tub yerli millat farzandlaridan 594 mutaxassis tayyorlab berdi. Bundan tashqari, aspirantura yo’nalishida 75 ilmiy xodim (shu jumladan, 23 ta mahalliy millat vakillari) tayyorladi. O’sha yillar universitet kafedralarida I.M. Mo’minov, Q.Z. Zokirov, N.P. Romanov singari taniqli olimlar ishladi. Ya.G’. G’ulomov, M.O. Osimov, U.O. Orifov, O.M. Aminov, Uyg’un, H.Olimjon, Sh. Sa’dulla, Sh. Rashidov, M. Boboyev singari respublikaning taniqli davlat arboblari, olimlari, yozuvchi va shoirlari o’sha davrda O’zDU-Da tarbiyalanganlar.1966 yil shaharda oltinchi oliy o’quv yurti - Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand me’morchilik-qurilish instituti ochildi. 1969-yilda esa Samarqand avtomobil komandir-muhandislari oliy harbiy bilim yurti tashkil qilindi.
1970 yil O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya va tarix instituti negizida O’rta Osiyoda yagona O’zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining tashkil etilganligi Samarkand ilmiy hayotida katta voqea bo’ldi. Institutni tashkil qilishda akademik Ya. G’ulomovning katta xizmatlari bor edi. Hozirda bu institut uning nomi bilan ataladi. Institutning tashkil qilinishi Respublika olimlariga O’zbekiston moddiy-madaniy yodgorliklarini o’rganish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishini samaraliroq olib borishga imkon berdi.
Shaharda ko’plab taniqli shoirlar, yozuvchilar va adabiyotshu-nos olimlar o’z ijodiy faoliyatini olib bordi. Ular orasida A. Fitrat, S. Ayniy, H. Olimjon, U. Nosir, Uygun, O. Sobirova, H.Po’lat va boshqalar bor edi.
XX asr birinchi yarmida samarqandlik xalq shoirlari va baxshilari: Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Islom shoir Nazar o’g’li, Po’lkan shoirning ijodiy faoliyati o’zbek adabiyotining yangi darajaga ko’tarilishida sezilarli ta’sir ko’rsatdi.Biroq madaniy-ma’naviy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ijobiy o’zgarishlar qattiq siyosiy nazorat va kuchli darajadagi mafkurabozlik tufayli uzuq-yuluq ko’rinishda bo’ldi. O’zbek xalqining, uning ijodiy ziyolilarining ko’p asrlik boy o’ziga xos milliy madaniyatini saqlab qolish, tiklash va boyitish yo’lidagi yaratuvchanlik kuch-g’ayrati kommunistik rejim tomonidan jiddiy to’siqlarga uchradi.Umum qabul qilingan tovar-bozor munosabatlaridan voz kechish, mulkchilikning hamma ko’rinishlarini davlatga tegishli qilib qo’yishga asoslangan kommunistik yakka mafkura zug’umi respubli-ka, shu jumladan, Samarqand shahri iqtisodiyotida ziddiyatli tamoyillar kelib chiqishiga sababchi bo’ldi. Milliy iqtisodiyotning biryoqlama, noqulay xomashyoviy ko’rinishi, uning har tomonlama taraqqiyot va xalq ehtiyojlariga qaratilmaganligi ijtimoiy siyosatning og’riqli illatlari bilan qo’shilib, respublikaning moddiy ahvoli va moliyaviy holatini tobora og’irlashtirib yubordi. O’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida turg’unlik holatiga olib keldi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish