Samarqand shahar xtmfmttebga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab



Download 274,12 Kb.
bet1/5
Sana12.01.2017
Hajmi274,12 Kb.
#357
  1   2   3   4   5




Samarqand shahar

XTMFMTTEBga qarashli

39-umumiy o’rta ta’lim maktab

ona tili va adabiyot fani

o’qituvchisi Rasulova Nigoraning

2015-2016-o’quv yili uchun

mo’ljallab tuzgan “Yosh adabiyotshunoslar”to’garagi


ISH REJASI

Samarqand 2016

T/r

O’tiladigan mavzular

Soati

Sana

Izoh

1

Adabiyot-so’z san’ati

2







2

Adabiyotshunoslik fani bo’limlari

2







3

Xalq og’zaki ijodi va janrlari

2







4

Xalq dostonlari va ularning turlari

2







5

Xalq ertaklari

2







6

Ertaklar-yaxshilikka yetaklar

2







7

Masallar haqida

2







8

Topishmoqlar

2







9

Kim ko’p maqol biladi?

2







10

Adabiy turlar

2







11

Lirik tur va janrlari haqida

2







12

Ruboiy va tuyuq

2







13

G’azal turlari

2







14

Musammatlar

2







15

Qofiya va radif

2







16

Zamonaviy she’riy janrlar

2







17

Ifodali o’qish mashqi(yod olgan she’rlari asosida)

2







18

She’riy vaznlar.Aruz vazni.

2







19

Barmoq vazni.Turoq haqida

2







20

She’r tahlili

2







21

Erkin vazn

2







22

Badiiy san’atlar haqida

2







23

Tazod,tajnis,tanosib,talmeh,tashbeh

2







24

Epik tur va janrlar

2







25

Hikoya , qissa, roman

2







26

Badiiy asar tuzilishi

2







27

“O’g’ri”hikoyasini rolli o’qish

2







28

Dramatik tur

2







29

Drama,trogediya, komediya

2







30

Dramatik asarlarda remarka tushunchasi

2







31

Inermediya sahnalashtirish

2







32

Badiiy ijod usullari

2







33

Hadis ilmi haqida

2







34

Kim ko’p hadis biladi?

2










JAMI:

68 soat









Samarqand shahar

39-umumta’lim maktab

ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Rasulova Nigoraning

TOPISHMOQLAR“ mavzusidagi

dars ishlanmasi



Samarqand - 2016
Darsning borishi.

I .Tashkiliy qism.

O`qituvchi sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib, navbatchi orqali davomatni aniqlaydi. Sinf xonaning tozaligiga etibor beradi. O`quvchilarning darsga tayyorgarligiga, jumladan, kitob, daftar ruchkalarining borligiga e’tibor qaratadi.



II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

O`tilgan mavzular bo`yicha o`quvchilar o`zaro bir – birlariga savol beradilar. To`g`ri, noto`g`ri javob uchun bir – birlariga “rag`bat”, “jarima” kartochkalari beriladi.





Jarima


Rag’bat



O`qituvchi: Rahmat, demak o’tilgan mavzuni yaxshi tushunibsizlar. Keling, hozir bir “Xotira o’yini”ni tashkil etaylik. Sizlar 2-guruhga bo’linasizlar. Men kartochkaga yozilgan maqollarni guruh sardoriga ko’rsataman. U eslab qoladi. So’ng eslaganini daftariga yozadi va yonidagi sherigiga ko’rsatib, daftarini yopadi. Sherigi ham eslaganini daftari ga yozadi va 3-bolaga ko’rsatib, daftarini yopadi. Shu tariqa butun guruh a’zolari ko’rgan maqollarni yodaki daftarlariga yozadilar. Nihoyada ikkala guruh natijalari asl maqol bilan tekshiriladi. Shart tushunarlimi? Unda boshladik.

Ikkala guruh sardoriga maqollar ko’rsatiladi.

Maqollar:Bilim baxt keltirar. Ilmsiz- bir yashar,Ilmli ming yashar. Qunt bilan o’rgan hunar,Hunardan rizqing unar.Birlashgan o’zar, Birlashmagan to’zar.Kishi yurtida shoh bo’lguncha, O’z yurtingda gado bo’l.Aql-yoshdan,odob- boshdan.

Shartlarga to’liq javob bergan o’quvchilarga, ya’ni guruhlarga rag’bat kartochkalari beriladi.



III. Yangi mavzuni tushuntirish

O`qituvchi: Bugungi yangi mavzumiz bevosita o’tgan o’quv yilidagi mavzu bilan bog’liq. Doskaga yangi mavzu yoziladi “Manaviyat xazinasi topishmoqlar”.

So’ng nazariy ma’lumot beriladi.



O`qituvchi: Barcha xalqlar og’zaki ijodining eng sevimli,qiziqarli va o’ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi.Topishmoqlarni ba’zan topmacha jumboq matal deb atashgan.Mumtoz adabiyotda ular chiston ham deyiladi.Topishmoqlar hammabop ommaviy janrdir.Ularda xalq hayotining barcha qirralari- turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari inson va uni o’rab olgan olam o’xshatishlar,taqqoslashlar,savollar vositasida ifodalanadi.Topishmoqda yashirin ma’no ko’pincha majoziy shaklda keltiriladi,aniqrog’i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon,buyum o’simlikka qiyoslangan holda beriladi.Topishmoqlar nasriy va she’riy shaklda ixcham,sodda va ravon qofiyali uslubda to’qiladi.Topishmoqlar tuzilishiga ko’ra bir yoki bir necha predmetli bo’lishi mumkin.Topishmoq shunday ajoyib janrdirki,unda g’ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan biz kundalik hayotda ko’rib-bilib turgan narsa bo’lib chiqadi. ,,Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi.’’ [Lab],,Chin qushim,chinni qushim,Chin tepaga qo’ndi qushim,Tumshug’ini yerga berib,Xalqqa salom berdi qushim’’. [Choynak]. Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari, jumladan,doston va ertaklar ichida ham uchraydi.Ular doston va ertaklar mazmunini boyitib,ularning qiziqarliligini,o’qishliligini ta’minlaydi.Topishmoqlar mavzu jihatdan rang-barang bo’lib,ular olam va odam bilan bog’liq barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi.Masalan,tabiat hodisalari,yil fasli va mavsumlar,hayvonot dunyosi,odam,uning a’zolari va xislatlari,mehnat va o’quv qurollari,cholg’u asboblari,turar joy,uy-xo’jalik asboblari,qurol-yarog’lar haqida bo’lishi mumkun.Bundan tashqari topishmoqlar o’zining yaratilish davriga ko’ra an’anaviy topishmoqlar va yangi zamonaviy topishmoqlar sifatida bir-birlaridan farqlanadi.An’anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etgan bo’lsa, zamonaviy topishmoqlarda kundalik turmushimizdagi o’zgarishlar,fan va texnika yutuqlari o’z ifodasini topgan.Chiston asli forscha so’z bo’lib,topishmoq,jumboq ma’nosini anglatadi.Chiston mumtoz adabiyotning kichik lirik janri hisoblanib,savol-

javob shaklida paydo bo’lgan.Chiston ko’proq ma’rifiy,ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega bo’ladi.Adabiyotimiz tarixida ushbu janrning go’zal namunalarini Alisher Navoiy,Uvaysiy kabi shoirlarimiz ijodida uchratishimiz mumkun.,,Boshi taroq dumi o’roq ’’[xo’roz]



Adabiyotning aynan ma’naviyat xazinasi ekanligining yana bir sababi shundaki,uning bag’rida hozirga qadar insoniyat ardoqlab kelayotgan eng tansiq hislar-insonparvarlik,adolat,shafqat,go’zallikka tashnalik singari o’lmas insoniy tuyg’ular jamuljamdir.Adabiyotga oshno tutingan odam qalbiga bu hislar ko’chib o’tishi,uni hazrati insonga aylantirishi,hayotiga nur olib kirib,turmushini turfa mazmun bilan boyitishi aniqdir. Yurtboshimiz ,,Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch’’ asaridaxalqimizdan yetishib chiqqan,uning dunyoga ma’rifatli millat sifatida tanilishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk ijodkorlar xizmatiga yuksak baho berar ekan,jumladan,mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyni quydagicha ta’riflaydi;,,Agar bu ulug’ zotni avliyo desak,u avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak,mutadakkirlarning mutafakkiri,shoir desak,shoirlarning sultonidir’’.Ko’ryapsizki,xalqqa xizmat qilmoq uchun,uning yodida abadit qolmoq uchun so’zga,adabiyotga,ma’rifat va ma’naviyatga sidqidildan xizmat qilishning xosiyati beqiyosdir.

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzu bo’yicha “Charxpalak” metodi asosida guruhlar bir-birlariga topishmoq yozadilar. Avvalo, betartib so’zlar beriladi guruhlarga. So’ng biri ikkita so’zni, 2-si uchta so’zni topishi kerak, 3-si topishmoq matnida qatnashadigan to’g’ri topilgan so’zlarni to’g’ri joylashtirish kerak . Masalan:


patir

parcha

tatir

olamga


bir

at

  1. guruh:





  2. Bir parcha.

  3. guruh: Patir olamga tatir.

  4. guruh: Bir parcha patir olamga tatir.[Oy]



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Aqliy hujum metodi bilan quyidagi savollarga javoblar aniqlanadi:

1. Topishmoqlarni yana qanday nomlar bilan atashadi?

2. Topishmoqda yashiringan ma’no qanday shaklda ifodalanadi?

3. Topishmoqlarni aytish va uni yechish jarayoni qanday kechadi?

4.Topishmoq deganda nimani tushinish mumkun?

5. Nasriy va she’riy topishmoqlarga misol keltiring?

6. Mumtoz adabiyotimizdagi chiston nima?

Bir ajoyib ishxona,ichi doim qishxona



Qizdirsang ishlar,kiyim tekislar 3-topshiriq: “Venn diagrammasi" asosida maqol va topishmoqlarning bir-birlari bilan o’xshash va farqli jihatlarini

misollar asosida tahlil qilish.



1-guruh

2-Guruh

Mazkur shart bo’yicha o’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi kartochkalar yordamida baholanadi.



V. O’quvchilar bilimini baholash. Uyga vazifa berish.

O’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi kartochkalar asosida baholanadi va izohlanadi.



VI. UYGA VAZIFA:

O’zbek xalq topishmoqlaridan topib yod olib, daftarga yozib kelish.



Samarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli

39-umumta’lim maktab ona tili va adabiyot fani

o’qituvchisi Rasulova Nigoraning “Adabiyot – so’z san’ati”mavzusida tayyorlagan


SAMARQAND-2016

Mavzu:Adabiyot - so’z san’ati

Darsning ta’limiy maqsadi:

O’quvchilarga badiiy adabiyot so’z - san’ati ekanligini o’rgatish. Mavzuni umumlashtirib mustahkamlash.



Darsning tarbiyaviy maqsadi:

  1. O’quvchilarni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash;

  2. O’quvchilarda ona tabiatga muhabbat tuyg’usini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

a) O’quvchilar dunyoqarashini o’stirish;

b) O’quvchilarning nutqini, muomala madaniyatini rivojlantirish;

d) O’quvchilarga badiiy so’z qudrati haqida tushuncha berish va shakllantirish.



Darsning turi:

Yangi mavzuni o’rgatish.



Darsning uslubi:

Aqliy hujum, og’zaki bayon, ifodali o’qish, sayohat darsi.



Darsning jihozi:

Darslik, tarqatma didaktik materiallar, haykalchalar, rasmlar, badiiy adabiyotlardan namunalar, qo’shiq yozilgan tasmachalar.



Darsning shiori:

Adabiyot masalasi – bu ma’naviyat masalasidir.



I. Karimov.
Insonni so’z ayladi judo hayvondin

Bilki guhari sharifroq yo’q ondin.

(A.Navoiy)
Tashkiliy qism:

O’quvchilar davomati aniqlanadi. O’quvchilar va sinf xonasining darsga tayyorligi ko’zdan kechiriladi. Shu vaqtda texnik vositalaridan foydalanib o’quvchilarga biror qo’shiq yoki she’r eshittiriladi.



O’qituvchi:

Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan. Qadim o’tgan zamonda, arshi a’lo tomonda “Babadiiy so’z san’ati” mamlakati bor ekan. Bu mamlakatga Adabiyot podshosi hukumronlik qilar ekan. Podsho ismining ma’nosi “Odoblar xazinasi” ekan. Xo’sh, bolajonlar adabiyot so’ziing ma’nosi nima ekan.



O’quvchilar:

Odoblar xazinasi.



O’qituvchi:

Bu mamlakat podshosining quroli so’z ekan. Uning bir qancha Shoir, yozuv-chi, Dramaturg ismli vazirlari bor ekan. Ularning ham quroli badiiy so’z ekan. Vazirlar so’z orqali ko’plab asarlar yaratar ekan. Bu asarlarda so’zlar kulguli sarguzasht, jaxldor, samimiy, xushchaqchaq ba’zan esa o’ta badjahl bo’lib tilga kirar ekan. Shuning uchun bu mamlakatda ertaklar, qo’shiqlar, she’rlar, hikoyalar, qissalar, dramalar, romanlar, topishmoqlar va maqollar juda ko’p ekan. Badiiy so’z san’ati mamlakatiga borgan kishilar bu kitoblar-dan bahramand bo’lib u yerdan ketgisi kelmas ekan. Bugun biz shu mamla-katga sayohatga chiqamiz. Manzilga yetgunimizcha juda uzoq yo’lni bosib o’tamiz. Yo’lda uchragan har bir bekatda qo’riqchining shartlarini bajarishga to’g’ri keladi.

Mana birinchi bekatga yetib keldik, qo’riqchisi quyon ekan. Sharti 4-sinfda o’tilganlarni takrorlash ekan.

O’tilgan mavzuni takrorlash:

Sinf O’quvchilarini guruhlarga bo’lib chiqamiz:

1-guruh: Quvnoqlar.

2- guruh: Zukkolar.

3-guruh: Bilimdonlar.
a) Savol:

Aziz bolajonlar bir eslab ko’rigchi 4-sinfda o’qish kitobidan qanday hikoya-larni, ertak va she’rlarni o’rgandingiz.



Javob:

Birinchi o’quvchi: Z.Diyorning “Serquyosh o’lka” she’rini yod oldik.



Ikkinchi o’quvchi: ”Boychechak” qo’shig’ini o’rgandik.

Uchinchi o’quvchi: ”Navoiy bobomlar” she’rini yod oldik.

To’rtinchi o’quvchi: “Sulton Mahmud v a Beruniy” ertagini o’qidik.



Beshinchi o’quvchi: “To’maris ertagini” o’rgandik.

Oltinchi o’quvchi: Tinchilik, Vatan, Do’stlik haqida she’rlar, qo’shiqlar o’rgandik.

b)Savol:

Qani kim biror she’rini yoddan aytib bera oladi? Yoki qo’shiqni.



Birinchi o’quvchi:

Do’stlar, mening yurtimni

O’zbekiston deydilar,

Dong’i tutgan dunyoni

Bog’-u bo’ston deydilar.

Osmoni keng, beg’ubor

Shifobaxshdir havosi,

Dimog’larni chog’ etar

Uning shodon navosi…

Ikkinchi o’quvchi:

Boychechagim boylandi,

Qozon to’la ayrondir.

Ayroningdan bermasang,

Qozon - tovog’ing vayrondir.

Qattiq yerdan qatalab chiqqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.


  1. Savol:

“Ilm afzal” ertagida nimalar hikoya qilinadi?

Birinchi o’quvchi:

Bir badavlat kishi bo’lgan ekan. Uning sakkiz o’g’li va bitta qizi bor ekan.

Bir kuni badavlat kishi o’g’illarini chaqirib, ularni sinab ko’rmoqchi bo’libdi.

-Ilm afzalmi davlat” , – deb savol beribdi.

Yetti o’g’li: - “Davlat afzal”, - deb javob beribdilar.

Sakkizinchi o’g’li:

– Otajon ilm afzal, meni maktabga bering, baribir menga davlatingizdan hech narsa tegmaydi, – deb javob beribdi.

Ikkinchi o’quvchi:

Shunda qizi: - Otajon kichik akam to’g’ri aytdi, ilm afzal, lekin u nima uchun ilm afzalligini ayta olmadi. Ilmning afzalligi shundaki, uni qancha sarflasang shuncha ko’payaveradi. Davlatni esa qancha sarflasang shuncha kamayaveradi., - debdi. Otasi qizining javobidan xursand bo’libdi va kenja o’g’li bilan qizini ilm olishlari uchun maktabga beribdi. Akalari mehnat qila boshlabdilar.



O’qituvchi:

– Mana bolajonlar bugun biz siz bilan O’qish kitobingizning davomi bo’lgan “Adabiyot” kitobini o’rganishni boshladik. Sayohatimizni davom ettiramiz.

Mana ikkinchi bekat qo’riqchisi bo’rivoy. Sharti: o’qituvchining aytganlarini diqqat bilan tinglash.

O’qituvchi yangi mavzuni bayon qiladi:

Adabiyot – so’z san’ati. Adabiyot - odob va eng yaxshi vazilatlarini sindiruvchi kuch. Chunki biz sevib o’qiydigan kitoblarimiz , miriqib ting-laydigan qo’shiqlarimiz, sevib eshitadigan ertak, hikoya, topishmoq, maqollarimiz so’z orqali yaratiladi. Demak adabiyot insonning orzu xayoli umid va armonlarini badiiy so’z yordamida ifoda etadi.

Shodon kunim gul otgan sen,

Chechak otgan izimga,

Nolon kunim yupatgan sen,

Yuzing bosim yuzimga.

Singlim deymi,

Onam deymi,

Hamdard-u hamxonam deymi,

Oftobdan ham o’zing mehri

Ilig’imsan, vatanim.

(Muhammad Yusuf)

Shoir bu she’rida so’z sehri orqali Vatanni chiroyli misrlar bilan ta’riflagan.

Haykaltaroshlik san’atining quroli toshlar va bolg’acha, rassomchilik san’atining quroli mo’yqalam, tikuvchilik san’atining quroli igna. Dunyoda san’atning bir qancha turlari bor, ularning barchasini o’z qurollari bor. Bulardan farqli o’laro’q adabiyot hayot voqea hodisalarini so’z orqali obrazli qilib tasvirlab beradi. Shuning uchun adabiyot - so’z san’atidir.

Endi ertakka qaytamiz:

Yuqorida aytib o’tganimiz Adabiyot podshosining She’riyat, Nasr, Dramaturgiya nomli o’g’illari bor ekan.

She’riyat degan o’g’lining she’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar kabi o’g’il - qizlari bor ekan.

Nasr degan o’g’lining esa ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar nomli o’g’illari bo’lgan ekan.

Dramaturgiyaning dama, komediya, tragediya, intermediya singari farzandlari bor ekan. Ularning kiyim - kechaklari, zeb-u ziynatlari sehrli so’zlardan iborat ekan. Shuning uchun odamlar hamisha ularga qiziqib, ularga intilib yashar ekan.

Endi uchinchi bekatga yo’l olamiz, Bu bekatning qo’riqchisi yo’lbars ekan. Uning sharti esa test savollarini yechish:


1) Adabiyot qanday san’at?

A) kitobiy san’at; D) so’z san’ati;

B) adabiy san’at; E) she’riy san’at.

2) Adabiyot so’zining ma’nosini toping.

A)Odoblar xazinasi; D)So’zlar xazinasi;

B)Bilimlar xazinasi; E)So’zlar yig’indisi.

3)Badiiy adabiyotning turlarini toping.

A) she’r, qissa, roman; D) hikoya, doston, qissa;

B) she’riyat, nasr, dramaturgiya; E) roman, qo’shiq, ertak.

Endi to’rtinchi bekatga yo’l olamiz va qo’riqchi sherning shartlarini bajaramiz. Sherpolvon har bir guruhga tushunchalar tahlili jadvalini topshiradi.



Tushuncha

Tahlil (izoh)

Download 274,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish