SAMARQAND SHAHAR XALQ TA’LIMI BOSHQARMASIGA QARASHLI
23-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI FAOLIYATI
HAQIDA MA’LUMOT
Samarqand sharidagi 23 - umumta’lim maktabi 1976 yil qurilgan bo‘lib, 2023 yilda to‘liq kapital rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Maktab 360 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda maktabda 587 nafar o‘quvchi - yoshlar tahsil olmoqda, navbatlilik koeffisiyenti 2 smena.
Maktabda 1 ta kompyuter sinfi mavjud. Sinfda mavjud kompyuterlar soni 14 ta eski kompyuter. Faqat rahbariyat xonalariga internet ulangan. Maktabda laboratoriya xonasi: jihozlar mavjud ammo talab darajasida emas, ma’naviy eskirgan.
Maktab direktori: Haydarova Nafisa Mamadiyorovna. Tel: (97)-926-88-59,
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari: Yo‘ldosheva Shaxlo. Tel:(97)-522-72-86,
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: Razzoqov Olmos, Tel: (99)-596-37-65.
ARM fondi: kutubxonada 816 ta badiiy kitob bor, tarbiya fani yuqori sinflarga o‘qitilmoqda, ammo o‘quv adabiyoti kelmagan.
Maktab o‘qituvchi-pedagoglarning 34 nafari ayollar, 9 nafari erkaklar. Pedagoglarning 42 nafari oliy ma’lumotli, 1 nafari o‘rta maxsus. Vakant soatlar mavjud emas. Maktab salohiyati:
Oliy toifali o‘qituvchilar soni - yuq;
1-toifali o‘qituvchilar soni - 3 nafar;
2-toifali o‘qituvchilar soni - 9 nafar;
mutaxassis o‘qituvchilar soni - 31 nafar;
nomutaxassis o‘qituvchilar soni: mavjud emas.
Oxirgi 3 yillikda fan olimpiadasida shahar bosqichida fizika fanidan 3 o‘rin, geografiya
fanidan 1 o‘rinni egallagan.
2020-2021 o‘quv yilida maktabni 53 nafar o‘quvchi tamomlagan, shulardan 5 nafari
(9,4 %)i OTMga o‘qishga kirgan.
2021-2022 o‘quv yilida maktabni 36 nafar o‘quvchi bitiradi, shundan 14 nafari OTMga, 2 nafari texnikumlarga hujjat topshirib o‘qishini davom ettirish istagini bildirishgan.
Samarqand shahridagi 23 - maktab reytingi: respublikada – 7607 o‘rin, viloyatda – 1044 o‘rin, shaharda – 63 o‘rin.
Maktabda faollar zali yo’q. Musiqa to‘garagi mavjud: Cholg‘u asboblaridan dutor, nay, tanbur, doira, rubob mavjud. Bundan tashqari maktabda rasm to‘garagi ham mavjud.
Muassasada sport zali mavjud, jismoniy tarbiya va sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklar: Shaxmat, shashka, voleybol, basketbol to‘garaklari.
SamDUning O‘zbekiston –Finlandiya pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasi mudiri boshchiligidagi o‘qituvchilar jamoasi maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan kelajakda qaysi OTMga o‘qishini davom ettirmoqchi ekanligi haqida suhbatlashmoqda.
Aniq fanlar kafedrasi assistenti, PhD Ishankulov Farrux 11-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazgan qo‘shimcha mashg‘ulotlardan lavha.
Aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi Ibragimov Anvar 11-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazgan qo‘shimcha mashg‘ulotlardan lavha.
Do'stlaringiz bilan baham: |