Samarqand shahar "Urgutiy" mahallasida o`kazilgan tezkor yig`ilish
Bayoni
2021-yil 6-fevral Samarqand shahar
Qatnashdi: Samarqand shahar IIO Probasiya guruhi inspektori mayor I.H. Quvondiqov Urgutiy MFY profilaktika inspektori katta leytenant D. Qobilov Samarqand shahar Urgutiy MFY raisi Y.M. Niyazov MFY raisi o`rin bosarlari Sh.Haydarova va O.Soliyev. Urgutiy MFY kengash azolari, mahalla faollari, hamda fuqorolari.
Kun tartibida
1. Samarqand shahar "Urgutiy"mahallasida yashab, Samarqand shaxar Probasiya bo`linma hisobida turadigan nazorat ostidagi shaxslar va ularningn oila a`zolarining mahallada tutgan o`rni, oilaning moddiy taminoti, axvoli, ish bilan taminlanganligi va yashash tarzi hamda kelgusida ular bilan olib borilishi lozim bo`lgan ishlar muzokara va muhokamasi:
2. Samarqand shahar IIO probasiya bo`linmasida 2020-yil 23-may kunida hisobga olingan nazirat ostidagi shaxs X.Y ismli shaxs sodir etgan jinoyatining kelib chiqish sabablari va kelgusida bu kabi jinoyatlarga qo`l urmaslik, shuningdek, sog`lig`idan kelib chiqqan holda uning bandligini taminlash choralari.
Yig`ilishni Samarqand shahar MFY raisi Y.M.Niyazov kirish so`zi bilan ochib, kun tartibiga qo`yilgan masalalarni yig`ilish qatnashchilarining etiboriga yetkazib o`tib so`zni Samarqand shahar IIO probasiya guruhi hodimi mayor I.H.Quvondiqovga berdi.
Samarqand shahar IIO probasiya bo`linmasi hodimi mayor I.H. Quvondiqov o`z so`zida "Urgutiy" mahallasi hududida bugungi kunda bir nafar nazoratdagi shaxs X.Y ismli shaxs 11.06.1978-yilda tug`ilgan. 2020-yil 1-yanvar kuni jinoyat ishlar Narpay tumani sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 74-moddasi 3-yil 11 oy 19 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi hukm qilinganligini eslatib o`tdi va Samarqand shaharprobasiya bo`linmasi hisobida turgan bu nazorat ostidagi shaxslarni, ularni va oila azolarining mahallada tutgan o`rni, oilaning moddiy taminoti, axvoli, ish bilan taminlanganligi va yashash tarzi o`rganib borilishi qatiy nazorat qilinishi kerakligini, shuningdek bu kabi ishlarni amalga oshirish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 7.11.2018-yildagi «Jinoyat ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida» gi PQ-4006 sonli qarori ijrosi ham shuni talab etishini va bu yo`nalishda yaxshi natijaga erishish uchun albatta mahalla faollari bilan aloqani mustahkamlash kerakligini bu kabi fuqorolarni tarbiyalash va nazorat qilishda esa mahalladoshlarning ro`li juda muhim ahamiyat kasb etishini gapirib o`tib, hamkorlikni kuchaytirish maqsadga muvofiq ekanligini yig`ilish qatnashchilariga uqtirib o`tdi. Bundan tashqari nazorat ostidagi shaxslarni uy va ish joylarini o`rganish, ular o`rtasida yordamga muhtojlar, ijtimoiy moslashmaganlar, ishsizlar, shuningdek jinoyat sodir etishga moyillar ro`yxatlarini shakllantirish hamda tegishli xizmatlar bilan hamkorlik sodir etilishi mumkinligini bildirib, jinoyatlarni oldindan aniqlanishi va oldini olishga mahalla faollari ma`lumot va xabarlari juda katta yordam bo`lishini ma`lum qilib yig`ilish quyidagilarni-
Qaror qiladi:
1. Samarqand shahar Urgutiy mahallasida yashab, Samarqand shahar probasiya bo`linmasi xisobida turadigan nazorat ostidagi shaxslarni va ularning oila azolarining mahallada tutgan o`rni , oilaning moddiy taminoti ahvoli, ish bilan taminlanganligi va yashash tarzi hamda kelgusida ular bilan olib borilishi lozim bo`lgan ishlarni nazorati bo`yicha alohida yig`ma jild yuritilib, mahalla faollari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni foto lavhalari bilan jamlab borish.
Muddati bugundan.
2. X.Y ismli shaxs (2020-yil 2-yanvar kuni jinoyat ishlari bo`yicha ishlar Bo`stonliq tumani sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 74-moddasi 3-yil 11 oy 19 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi hukm qilingani )ni yashash xonadoni oilaviy ahvoli va bandligi to`liq o`rganilib, kerak hollarda ma‘naviy va amaliy yordam ko`rsatilishi hamda ishga joylashtirilishi;
Muddati-10 kun
Mazkur yig`ilish qarori ijrosini to`laqonli taminlanishi MFY raisi profilaktika inspektori yordamchisi SH. Jo`rayev, Samarqand shahar IIO probasiya bo`linmasi xodimi I.H.Quvondiqov va Samarqand shahar IIB profilaktika inspektori katta leytenant A. Hojiyevlarga yuklatilsin, umumiy nazoratni o`z zimmamda qoldiraman.
Yig`ilish raisi Urgutiy MFY raisi Y.M.Niyazov
Do'stlaringiz bilan baham: |