174
3. Innovatsiyalar strategiyasi turlari
Strategiyaning ko‘plab turlari mavjud: hujum (mudofaa),
himoya, oraliq, singdiruvchan, imitatsion, qaroqchi strategiyalari.
Hujum innovatsion strategiyasi
yuqori xavf darajasi va
samaradorligi
bilan
xarakterlanadi.
Hujum
strategiyasida
tadqiqotlarga yo‘nalganlik (ko‘p hollarda hatto fundamental
tadqiqotlarga) eng yangi texnologiyalarni qo‘llash bilan birgalikda
darkordir. Strategiyaning ushbu turi yangilik kiritishlarni ishlab
chiqishda yuksak malakani, ularni tez amalga oshira olish va bozor
ehtiyojlarini oldindan bilish qobiliyatini talab etadi. U yirik
birlashma va kompaniyalar uchun, sohada zaif rahbarga ega
bo‘lgan bir nechta kompaniyalarning ustunlik qilishida
xarakterlidir. Ammo hujum strategiyasi uncha katta bo‘lmagan
korxonalar (ayniqsa innovatsion tashkilotlar) tomonidan ham, ular
kuchlarini bitta yoki ikkita innovatsion loyihada jamlagan taqdirda
amalga oshiriladi.
Himoya (mudofaa) strategiyasi
uncha yuqori bo‘lmagan xavf
darajasi,
yetarlicha
yuqori
darajadagi
texnik
(loyihaviy-
konstruktorlik va texnologik) ishlanmalar va muayyan zabt etilgan
bozor ulushi bilan xarakterlanadi. Himoya strategiyasida
korxonalar ishlab chiqarishning yuqori darajali texnika va
texnologiyasi, ishlab chiqiladigan mahsulot sifati, nisbatan kam
ishlab chiqarish xarajatlari bilan ajralib, o‘zining bozordagi o‘rnini
saqlashga urinadi. Bunday strategiyadan raqobatchilik sharoitida
katta foyda oladigan korxona (firma)lar foydalanadi. Ushbu
kompaniyalar marketing va ishlab chiqarish sohasida innovatsion
ishlanmalar, ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik ishlar
nisbatan ishonchliroq pozitsiyalarga ega.
Oraliq strategiya
raqobatchilarning zaif tomonlarini va
korxonaning kuchli tomonlarini qo‘llashi, hamda raqobatchilar
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik yo‘qligi bilan (dastlabki
bosqichlarda) xarakterlanadi. Oraliq innovatsion strategiyada
korxonalar (asosan katta bo‘lmagan) boshqa, shu jumladan, o‘z
sohasida ustunlikka ega korxonalar ixtisoslashuvidagi bo‘shliqlarni
to‘ldiradi. Strategiya tanlashda o‘tkazilgan iqtisodiy vaziyat va
175
tashqi muhit tahlili ishlab chiqariladigan yangiliklar to‘plamidagi
ana
shunday
bo‘shliqlarni aniqlaydi. Bunday bo‘shliqlar
mavjudligi boshqa korxonalar (shu jumladan, yetakchi korxonalar)
ning kuchsizligi, ularning imkoniyatlari yo‘qligi yoki mavjud
bo‘shliqlarni to‘ldirish istagi yo‘qligi (masalan, katta bo‘lmagan
bozor tufayli) bilan tushuntiriladi. Bunday strategiya ko‘pincha
yangiliklarning bazaviy modellari modifikatsiyalariga nisbatan
qo‘llaniladi. Misol uchun, kompyuterlarni ilmiy tadqiqotlar, bort
(samolyot va h.k.) va o‘yin tizimlari uchun ishlab chiqish,
o‘zlashtirish va bozorda realizatsiya qilish. Yoki boshqa sohalarda
(mudofaa sanoatida, sog‘liqni saqlash va h.k. sohalarda)
qo‘llaniladigan asosiy modellar negizida yaratilgan maishiy
texnika bozori.
Singdiruvchan
strategiya
(litsenziyalashtirish)
boshqa
tashkilotlar tomonidan bajarilgan innovatsion ishlanmalarni
qo‘llashni nazarda tutadi. Innovatsiyalar murakkabligi va yangiligi
darajasiga ko‘ra shunchalik turli-tumanki, hatto innovatsion
ishlanmalar bo‘yicha kuchli bo‘linmalarga ega bo‘lgan yirik
birlashmalar (kompaniyalar) (Ilmiy-tadqiqot va eksperimental
loyihalash ishlari xizmatlari) samarali yangilik kiritishlar butun
spektri bo‘yicha ishlarni amalga oshira olmaydi. Shu bois ularning
ko‘pchiligi innovatsion siyosatni nafaqat o‘z kuchi bilan qo‘lga
kiritgan yangiliklarni qo‘llash asosida, balki boshqalar ishlab
chiqqan innovatsiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini hisobga olgan
holda o‘tkazadi. Bu ular singdiruvchan strategiyani boshqa
(masalan, hujum) strategiya bilan bir qatorda tadbiq etishini
anglatadi.
Imitatsion strategiya
korxonalar boshqa tashkilotlarning
bozorga chiqqan yangiligini (oziq-ovqat, texnologik, boshqaruv)
takomillashtirib va modernizatsiya qilib tadbiq etishi bilan
xarakterlanadi. Ushbu korxonalar ishlab chiqarishning yuksak
madaniyati, tashkiliy-texnologik imkoniyatga ega bo‘lib, bozor
talablarini yaxshi biladi, ba’zida esa kuchli bozor pozitsiyalarini
egallaydi. Bunda yirik korxonalar (kompaniyalar) tomonidan ham,
kichik innovatsion tashkilotlar tomonidan ham ishlangan va
176
o‘zlashtirilgan innovatsiyalar asos qilib olinishi mumkin.
Ko‘pincha bunday imitator-korxonalar o‘z sohasida va tegishli
bozorlarda,
dastlabki
yetakchi-novatorni
orqada
qoldirib,
birinchilikni qo‘lga kiritishadi. Ma’lum sharoitlarda imitatsion
strategiya juda yaxshi foyda keltiradigan bo‘lib qoladi.
Qaroqchi strategiya
prinsipial yangiliklar oldin ishlab
chiqarilgan buyumlarning texnik-ekspluatatsion parametrlariga
(masalan, xizmat qilish muddati, mustahkamligi ortishi) ta’sir
etganda qo‘llanilishi mumkin.
Prinsipial yangiliklarning ommalashuvi ularning bozori
o‘lchamlarining kamayishiga olib keladi. Ushbu strategiyadan
odatda boshqa soha innovatsion tashkilotlari foydalanadi, ammo
ular allaqachon ishlab chiqiladigan mahsulotni ishlab chiqarish
bo‘yicha yangi texnologiya, umuman yangi texnik yechimlarga
egadir. Bunday strategiyani shu paytgacha kuchsiz bozor
pozitsiyalariga ega bo‘lgan shu soha korxonalari ham, agar ularda
muayyan bosqichda yorib chiqish texnologiyalari paydo bo‘lsa,
tanlashi
mumkin.
Qaroqchi
strategiyasi
yangiliklarni
ommalashtirish va amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridagina
samarali bo‘lishi mumkin.
Strategiyaning mazkur turlaridan tashqari, korxonalarning
innovatsion strategiyasi umuman yangi mahsulot (texnologiya)ning
amalga oshirilishi uchun butkul yangi bozor yaratishga, raqobatchi
korxonalar mutaxassislarini jalb etishga va yuksak ilmiy-texnik
imkoniyatlar va innovatsion ruhga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar
bilan birlashish (ba’zida o‘ziga olish, sotib olish)ga qaratilgan
bo‘lishi mumkin. Amaliy innovatsion faoliyatda mazkur strategiya
turlarining birikmasi mavjuddir, shu sababli proporsiyalarni
belgilash muhim bo‘lib, ularning asosida ushbu strategiyalar
o‘rtasida resurslar taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |