59
Milliy innovatsion tizimlarning
eng muhim tarkibiy
elementlari bu fan va ta’lim (innovatsion g‘oyalar manbasi), biznes
sohasi va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga hissa qo‘shadigan
innovatsion infratuzilmaning turli elementlari.
Har qanday samarali milliy innovatsion tizimning asosiy
ishtirokchisi uning barcha tarkibiy elementlari faoliyatini
muvofiqlashtiradigan va yangilik uchun qulay muhit yaratilishini
ta’minlaydigan davlatdir.
Milliy innovatsion tizimlarning
mohiyatini chuqur anglash
uchun
dunyoning
barcha
rivojlangan
mamlakatlarida
shakllanishiga asos bo‘lgan quyidagi asosiy qoidalarni ta’kidlash
lozim:
1. Ilm-fan (innovatsiyalarning asosiy manbai) yopiq,
izolyatsiya qilingan tizim (universitetlar va ilmiy markazlar) emas,
balki har bir yirik segmentning (davlat ilmiy markazlari, yirik
korporatsiyalar tadqiqot markazlari, kichik
ilmiy talab qiladigan
korxonalar) asosiy bo‘g‘inidir.
2. Tadbirkor, firma, davlat innovatsion jarayonning alohida
elementlari sifatida emas, balki murakkab tizimning o‘zaro
bog‘langan bo‘g‘inlari sifatida qaraladi.
3. Innovatsion faoliyat samarali
innovatsion infratuzilma va
muayyan institutsional omillarning mavjudligi bilan ta’minlanadi.
Ko‘pgina zamonaviy tadqiqotchilar Milliy innovatsion
tizimnini texnologiyalarni ishlab chiqish, tarqatish,
ulardan
foydalanish shuningdek, hukumat innovatsion jarayonlarni tartibga
solish siyosatini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan
institutsional chegaralarni shakllantirish bilan shug‘ullanadigan
institutlar tarmog‘i deb ta’riflaydilar. Biroq Milliy innovatsion
tizimnini shunchaki institutsional tuzilmalar to‘plami sifatida
ko‘rib chiqish mumkin emas. Bu “yangi bozorlar va milliy ...
biznesning raqobatbardoshlik darajasini
belgilaydigan bilim va
tajribani yaratish, tarqatish uchun o‘zaro bog‘liq, o‘zaro ta’sir
qiluvchi institutlar tizimi" [3].
Milliy innovatsion tizimning muvaffaqiyatli ishlashi nafaqat
kuchli ilm-fan va ta’limni, balki innovatsion sohadagi asosiy
60
“o‘yinchilar” sifatida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi samarali
o‘zaro aloqalarni ham talab qiladi.
Ushbu tizimlarning mohiyati
davlat va xususiy tadbirkorlar bir-birini to‘ldiruvchi teng huquqli
sheriklar sifatida harakat qiladigan davlat-xususiy innovatsion
sherikligini yaratishdir. Davlat ilmiy-texnik sektorni va ta’lim
tizimini - innovatsiya manbalarini qo‘llab-quvvatlaydi, davlat
sektoridagi ilmiy tadqiqotlar natijalariga
erkin kirish imkoniyatini
beradi, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratadi, zaruriy innovatsion infratuzilmani, malakali
kadrlar tayyorlash tizimini va samarali
rivojlanish uchun zarur
bo‘lgan me’yoriy-huquqiy bazani yaratadi. Biznes tegishli foyda
olish uchun innovatsion mahsulotlar bozorida ishlashning barcha
tijorat xavfini o‘z zimmasiga oladigan bo‘lsa, davlat soliqlardan
o‘z dividendlarini oladi, ijtimoiy muammolarni hal qiladi va jahon
arenasidagi
boshqa
davlatlarga
nisbatan
o‘z
mavqeini
mustahkamlaydi.
Davlat tomonidan tartibga solishning
asosiy jihatlari - bu
qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, uni
yangi
sharoitlarga
muvofiqlashtirish,
moliyalashtirish
mexanizmlarini
takomillashtirish
hamda
institutsional
o‘zgarishlardir. Mazkur jihatlar institutsional tuzilmalarni
o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashtirish va ularning o‘zaro ta’sirini
ta’minlash uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: