3.7. Texnologik jihozlarni hisoblash va tanlash.
Texnologik operasiyani bajarish uchun kerak bo’lgan mashinalar va apparatlar soni quyidagicha aniqlanadi:
- uzluksiz ishlovchi jihozlar uchun
, formula bilan ;
Bu yerda; N - qayta ishlash sexining shu operasiyadagi soatbay
unumdorligi, massa, hajm o’lchov birliklarida yoki
donalarda. N - ning qiymati konservalarni tayyorlashda
jarayonlar bo’yicha yarim tayyor mahsulotlarning chiqishi
jadvallaridan (3.4.8 – 3.4.12) olinadi;
M - bitta mashina yoki apparatning texnik
xarakteristikasiga ko’ra soatbay unumdorligi, hajm yoki
massa birligining soatbay nisbati yoki dona/soat;
Davriy ishlovchi jihozlar uchun
, formula bilan
Bu yerda: - apparatning ishlash to’liq siklining davomiyligi
(yuklash, ishlov berish, bo’shatish, tayyorlash), minut;
v - apparatning ishchi sig’imi, massa yoki hajm birligi yoki
donalarda
Hisoblash natijasida kasr son chiqsa, eng yaqin katta butun son olinadi.
Agarda mashina yoki apparat ikki yoki undan ko’proq turdagi konservalarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan bo’lsa, hisoblashlarda - ning konservalar turlari bo’yicha olingandagi maksimal qiymatiga asoslaniladi.
Shundan keyin tanlangan jihozning quvvatidan (unumdorligidan) haqiqiy foydalanilish koeffisiyenti quyidagi formula bilan aniqlanadi
Texnologik jihozlarni hisoblash va tanlashni 3.6.2 – 3.6.7 – jadvallarga kiritamiz.
Bodringni ivitish uchun katta sement tog’ora- chan kerak. Ivitishga har bir soatda 1526,226 kg bodring keladi. Ivitish 4 soat davom etadi. Bodringning solishtirma og’irligi 0,35kg/dm3. Chan ichiga bodringdan tashqari suv solinishini hisobga olsak, uning hajmi bodring hajmidan 1,5 marta ko’p bo’lishi kerak. Demak, ivitish uchun kerak bo’lgan chan hajmi
, dm3
Bodringni ivitish uchun tashqi diametri 1350mm , ichki diametri 1250mm va balandligi 1200mm bo’lgan sement chanlar loyixalaymiz. Shunday chanlardan
, ta
bo’lishi kerak.
3.6.2. – jadvalga izoh. Liniyada ventilyatorli yuvish mashinalaridan 2tasi ketma – ket o’rnatiladi, shuning uchun bittaning o’rtacha 2ta A9 – KMB – 4 ventilyatorli yuvish mashinalari olingan.
Sterilizasiyalash jarayonlarini amalga oshirish uchun 2 savatli B6 – KA2 – V2 avtoklavini tanlaymiz.
Avtoklav davriy ishlovchi apparat. Uning ish davri davomiyligi quyidagicha aniqlanadi: = 1 + 2 + 3 + 4 bu yerda
1 – avtoklav savatlarini to’ldirishga ketadigan vaqt,min;
Bu yerda: - avtoklavga yuklanadigan jami bankalar soni, dona;
- liniyaning unumdorligi.
= 1260,714 dona/soat I-82-1000 bankalarn bo’yicha;
2 – avtoklavga savatlarni yuklashga sarflanadigan vaqt,
2 = 10min;
3 - konservalarni avtoklavda sterilizasiyalash va sovitish
davomiyligi, min.
4 - avtoklavdan savatlarni tushirishga sarflanadigan vaqt , 4 =
10min.
B6 – KA2 – V2 avtoklavning har bir bankalari ketadi.
Jami = 2·250 = 500 dona banka ketadi
, minut
K onservalarni sterilizasiyalash va sovitish davomiyligi 3(min):
«Butunligicha po’sti bilan konservalangan pomidorlar» - 70min;
«Konservalangan bodringlar» - 40min;
«Natural shirin qalampir» konservasi – 105min;
«Natural sabzi» konservasi – 80min;
«Sabzavotli garnir» konservasi – 85min.
Har qaysi turdagi konservani tayyorlashda kerakli avtoklavlar soni quyidagicha topiladi :
Demak: 1) «Butunligicha po’sti bilan konservalangan pomidorlar» uchun avtoklavning ish davri davomiyligi τ = 114min va kerakli avtoklavlar soni
, dona
2) «Konservalangan bodringlar» uchun τ = 84 min va n = 3,53 dona
3) «Natural shirin qalampir» konservasi uchun τ = 149 min va p=6,26
dona
4) «Natural sabzi» konservasi uchun τ = 124 min va n = 5,21 dona
5) «Sabzavotli garnir» konservasi uchun τ = 129 min va n = 5,42 dona
Demak, loyihalanayotgan sexda n = 7 dona B6 – KA2 – V2 avtoklavi o’rnatilishi lozim. Undan haqiqiy foydalanish koeffisiyenti assortimentda ko’zda tutilgan konservalar uchun mos ravishda 1 = 0,684.
η2 = 0,504, η3 = 0,895, η 4 = 0,744 va η 5 = 0,774 - ni tashkil etadi.
Ko’katlarni va sarimsoqni tozalash va kesish qo’l bilan bajariladi. Shuning uchun bu operasiyalarni bajarish uchun ishlab chiqarish stollari tanlaymiz. Ishlab chiqarish stollarining sonini aniqlash ularning talab etilgan uzunligiga asosan aniqlanadi. Stollar uzunligi esa shu operasiyada mashg’ul bo’lgan ishchilar soni va bir ishchiga to’g’ri keladigan stol uzunligi me’yori bo’yicha hisoblab topiladi.
I shlov beriladigan ko’katlar va sarimsoq miqdori : tozalashda
1 = 44,372kg/soat , kesishda 2 = 36,276kg/soat (2.4.9-jadval)
Ishlab chiqarish me’yori ikkala operasiya uchun bir xil va Nvir = 30 kg/soat
Tozalashda odam,
Kesishda odam mashg’ul bo’ladi
Ikkala operasiya uchun bir ishchiga to’g’ri keladigan stol uzunligi me’yori
Nst = 1,0m – ni tashqil etadi. Demak, tozalash operasiyasini bajarish uchun L2 = 3 · 10 = 3,0 m stol uzunligi kerak.
Shu asosda tozalash operasiyasi uchun 3 ta SPSM – 1 (1050x840x860) – umumiy uzunligi 3,15 m va kesish operasiyasi uchun ham 2ta
SPSM – 1 (1050 x 840 x 860mm) – umumiy uzunligi 3,15 m bo’lgan stollar tanlaymiz.
Ko’katlarni va sarimsoqni yuvish uchun T1 – KUN mashinasini tanlaymiz. Bu operasiya bo’yicha sexning unumdorligi N = 75,6 kg/soat
T1 – KUN ko’katlarni yuvish mashinasining unumdorligi M = 50 kg/soat, demak
ta mashina o’rnatish lozim
Uning haqiqiy foydalanilish koeffisiyenti
bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |