Samarqand qishloq xo’jalik instituti



Download 1,13 Mb.
bet1/30
Sana05.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#530355
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi QishloQ va suv xo’jaligi vazirligi Sama


O’zbekiston respublikasi QishloQ va suv xo’jaligi vazirligi


Samarqand qishloq xo’jalik instituti


qishloq xo’jaliGI mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish kafedrasi

5620500 – Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi yo’nalishi


bakalavriat IV kurs 44 guruh talabasi Mustafoyev Ramish


BITIRUV MALAKAVIY IShI


MAVZU: «Tabiiy sabzavotli konservalar ishlab chiqarish tizimini loyihalash»


Ilmiy rahbar: dosent A.H.Yusupov.






Samarqand – 2013y.




M U N D A R I J A

1.

K i r i sh




2.

Texnik iqtisodiy asoslash




3.

Texnologik qism




4.

Ekologiya atrof muhitni muxofaza qilish




5.

Standartlashtirish




6.

Iqtisodiy qism




7

Xulosa va takliflar




8.

Internet ma’lumotlari




9.

Foydalanilgan adabiyotlap




10

Taqdimot





K IRISh
Respublikamiz mustaqillikga erishganidan so’ng qishloq xo’jaligini tizimli ravishda rivojlantirish va aholimizni oziq-ovqat bilan kafolatlangan holda ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu o’rinda sabzavotchilik va kartoshkachilik o’zining salohiyatli salmog’iga egadir.
Sabzavotlarni bunday katta maydonda yetishtirilishiga qanday sabablar mavjud degan savollar ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiydir.
Sabzavotlar tarkibida inson organizmi uchun zarur bo’ladigan 50 dan ortiq turli xildagi biologik aktiv moddalar mavjud. Shu bilan birga mineral tuzlarning birikmalari, karbon suvlar, turli xildagi yog’lar, aksorbin kislotasi, retinol, tiamin, rivoflavin, niktoin kislota bulardan tashqari ko’pgina vitaminlarga ham boydir.
Sabzavotlar salomatlik posbonlari hisoblanadi. Agar inson organizmida vitamin S yetishmasa u singa va kamqonlik, A vitamini yetishmasa inson o’sishi susayadi va ko’zni ko’rishi xiralashadi, vitamin V1 yetishmasligidan beri-beri kasalligi avjlanadi, vitamin V2 oqsil va yog’lar almashinuvida ishtirok etadigan fermentlar tarkibiga kiradi. Bu vitaminlar bilan organizmni ta’minlash uchun ulardan sutka mobaynida A, V1 va V2 dan 2-3.5 mg dan, vitamin S dan 50-120 mg gacha va RR dan esa 15-25 mg iste’mol qilinishi kerak. Ko’rasatilgan miqdordagi vitaminlarni o’zlashtirish uchun sutka mobaynida 450 g sabzavot va kartoshka iste’mol qilinishi kerak.
Donishmand halq va buyuk tabiblar fikrlariga ko’ra “Sabzavotlar salomatlik bo’log’idir”.
Sharqning atoqli olimi Muxamamad Husayn ibn Muxammad al Oqil 1777 yilda yozgan “Dori darmonlar xazinasi” nomli kitobidan sabzavot va mevalarning foydali xususiyatlariga oid qiziqarli ma’lumotlar olish mumkin, deb yozgan L.I. Demkevich (2000).
Demak, sabzavotlar inson hayotida katta ahamiyatga ega ekan, undan yil mobaynida qancha iste’mol qilish zarur degan savol, albatta, ko’pchilikni qiziqtirmasdan iloji yo’q.
S og’liqni saqlash tashkilotlari Markaziy Osiyo sharoitida yashaydigan har bir kishi yil mobaynida 63,9 kg kartoshka va 113 kg sabzavot va 98 kg poliz mahsulotlarini iste’mol qilishi kerakligini ta’kidlaydi. Shu jumladan: 25 kg pomidor, 18 kg dan sabzi, piyoz, karam, 5,5 kg dan bodring va osh lavlagi, 3,7 kg dan shirin qalampir va dukkakli sabzavotlar, 2-2,6 kg dan boshqa sabzavotlar, 53 kg qovun, 36 kg tarvuz va 7 kg qovoq iste’mol qilinishi kerak.
Sog’liqni saqlash muassasalari tavsiyalaridagi me’yor ko’rsatkichlariga binoan O’zbekiston aholisining talablarini qondirish uchun mamlakatimizda har yili 5-5,5 mln. t sabzavot, 1,5 mln. t dan ziyod oziqbop kartoshka, 2,3-2,4 mln. t poliz mahsuloti yetishtirish lozim, deb habar qilganlar B.J. Azimov (2000), V. Zuyev, A. Abdullayev (1997), va boshqalar.
Aholimiz, qayta ishlash korxonalari hamda urug’chilik tashkilotlari talablarini to’liq qondirilishi maqsadida Respublika rahbariyati turli mazmundagi chora-tadbirlar qabul qildiki, ular o’z natijalarini bermoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 oktyabrdagi “ Qishloq xo’jalik va Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni ishlab chiqarishni ko’paytirish choralari” to’g’risidagi Farmonida respublika aholisini qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarlicha ta’minlash uchun ularni ishlab chiqarishni ko’paytirish masalasi qishloq xo’jaligi tarmog’i oldida turgan dolzarb vazifalardan ekanligi ko’rsatib o’tilgan.
Bu masalani dolzrabligi Prezidentimizning 2009 yil 26 yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish bo’yicha qo’shimcha choralar to’g’risida”gi Qarorida ham aks ettirilib, bunda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish va ekinlar turini kengaytirish va bu asosida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini kafolatlangan holda qonlirish hamda qishloq aholisi daromadini oshirish ko’zda tutilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini muammosini zudlik bilan hal etish masalasi I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va chora tadbirlari” (2009) asarida ham o’z o’rniga ega. Asarda bu masalani dolzarbligi quyidagicha talqin qilingan “Faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo’jaliklarining ish tajribasi shundan dalolat beradiki, fermer xo’jaliklarini shakllantirishning dastlabki bosqichida ularga ajratib berilgan yer maydonlarining kamligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining o’sishiga ko’p jihatdan to’sqinlik qilmoqda.
S hundan kelib chiqgan holda, yer maydonlarini to’liq inventarizasiyadan o’tkazish va fermer xo’jaliklari faoliyatini tanqidiy baholash asosida ularning yer maydonlarini optimallashtirish bo’yicha keng ko’lamli, shu bilan birga puxta o’ylangan ishlar amalga oshirildi. Bunda fermer xo’jaliklarining qaysi sohaga ixtisoslashgani va mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligi alohida e’tiborga olindi.
Ana shu ishlar natijasida fermer xo’jaliklari uchun ajratilgan yer maydonlari bugungi kunda sabzavotchilikda 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5 barobarga ko’paytirildi” deb ta’kidlangan.
Bu o’tkazilgan va qishloq xo’jaligiga tatbiq etilgan chora-tadbirlar o’zining salohiyatli natijalarini berdi va bermoqda. Jumladan, 2007 yilda sabzavot Respublikamizda 159,8 ming gektar maydonga ekilib, undan 4669,9 ming tonna yalpi mahsulot olingan, 2010 yilda 184,6 ming gektarga ekilib, yalpi hosil 5704,7 ming tonnaga yetdi. 2012 yilda respublikamiz bo’yicha esa yetishtirilgan yalpi hosil 6346,4 ming tonnaga yetkazalib, har bir iste’molchiga bu mahsulot 192 kg dan to’g’ri keldi.
Sabzavotchiligimizni bu darajada jadal rivojlanishida, sug’oriladigan yerlardan oqilona foydalanish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish bilan birga bir yilda bir yerdan ikki marta hosil olish usullarini qo’llash asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan Qonunda sabzavot ekinlari turlarini ko’paytirish ham nazarda tutilganligi barchamizga ma’lum.
H ozirgi kunda mamlakatmiz aholi jon boshiga sabzavot va poliz ishlab chiqarish bo’yicha yuqori rivojlangan davlatlardan qolishmaydi. Respublikasimizda yetishtirlayotgan sabzavot turlari 20 dan oshmaydi. Ammo, ularni xili (assortimenti) bizda chegaralangan bo’lib, sabzavot yetishtiriladigan maydonni 83-84% atigi 5 ta ekinlar: pomidor, piyoz, sabzi, karam, bodring egallaydi.
Shu maqsadda qishloq xo’jalik samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hozirgi kunda dolzarb, ma’suliyatli masaladir. Aholini yil davomida meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan ta’minlash uchun saqlash va qayta ishlash ishlariga alohida e’tibor berish lozim. Chunki, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari mavsumda yetishtiriladi. Ularni uzoq saqlash va qayta ishlashni tashkil etmasdan aholini turli mahsulotlar bilan yil mobaynida ta’minlab bo’lmaydi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish ko’paygan sari saqlash va qayta ishlash ham takomillashib bormog’i lozim.
Quyidagi bayon etiladigan malakaviy bitiruv ishimiz turli sabzavotlardan tabiiy konservalar ishlab chiqarishga qaratilgan

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish