3. JAXON MOLIYaVIY VA IQTISODIY INQIROZI
ShAROITIDA MAVZUNING DOLZARBLIGI
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf yetishning yo’llari va choralari" asari quyidagi ikki qismdan iborat:
birinchisi — jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar;
ikkinchisi — bank tizimini qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikasiya qilish, innovasion texnologiyalarni keng joriy yetish — O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf yetish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’lidir.
Yuzaga kelgan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, vaziyatdan chiqish yo’llarini izlash bugungi kunning eng dolzarb muammosidir deb hisoblaydi Prezidentimiz I.A.Karimov.
Respublikamiz o’zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet yel investisiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilmokda.
Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanganini ko’rsatadi. O’zbekiston o’zining ishonchli va to’lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet yel sarmoyasini jalb yetish bo’yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.
Mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki investisiyalarni hisobga olganda, kapital qo’yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil yetadi, aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009—2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishi bo’lib qoladi.
Respublikamizda istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilgan, mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo’naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish modeli yildan-yilga ilgarilab borgan sari o’zini amalda oqlab, naqadar to’g’ri va puxta yekanini kursatmoqda.
Iqtisodiy dasturimizning ikkinchi eng muhim ustuvor yo’nalishi — boshlangan tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikasiya qilish jarayonlarini davom ettirishdir.
Mamlakatimizda alohida e’tibor qaratish lozim bo’lgan navbatdagi eng muhim ustuvor vazifa — qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog’liq keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, fermer xo’jaliklari rivojini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |