Samarqand qishloq xo’jalik instituti



Download 0,69 Mb.
bet3/25
Sana21.02.2022
Hajmi0,69 Mb.
#785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
1.ADABIYoTLAR ShARXI

    1. Qishloq xujaligida biotexnologik usullardan foydalanishning istikbollari

Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarishni yuksaltirish tuproq, suv va energetik resurslar bilan belgilanadi. Bu sohadagi yutuqlar, jumladan madaniy o’simliklar, uy hayvonlari va mikroorganizmlarning biologik mahsuldorligini oshirish bilan bog’liq. Bu esa o’z navbatida tabiiy fanlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Keyingi paytda butun dunyoda bunday tadqiqotlar va fanlar orasida biotexnologik usullarning ahamiyati va hissasi ortmoqda. Bunday usullardan yangi navlar yaratish, sog’lomlashtirish va jadal ko’paytirish biotexnologiyaning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi. (Bekker)
Tadqiqotlar asosay qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’paytirish, uning oziq-ovqat qiymatini yaxshilashga, o’simliklarning ekstremal faktorlarga,kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishga qaratilgan bo’lib bu asosan madaniy va yovvoyi o’simlik turlarida mavjud genetik resurslardan samarali faydalanish va gen injineriyasi usullardan foydalanib yangi genotiplarga ega o’simliklarning formalarini yaratish orqali amalga oshiriladi. (Samuilova V.D.)
Bundan tashqari, o’simlik hujayralari va to’qimalaridan yetishtirish yangi navlarni yaxshilashda yangi imkoniyatlar ochmoqda. (Gulyayev G.V)
O’simlikshunoslikda biotexnologik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini quyida keltirib o’tishi lozim deb topdik.
Yangi navlar yaratish va o’simliklarning mahsuldorligini oshirish.
Osiyo va Lotin Amerikasida asosan bug’doy va sholining yangi navlaridan foydalanib qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini keskin oshishiga olib kelgan 1960 – 1970 yillardagi tadbirlar yig’indisi “yashil revolyutsiya” deb nom olgan edi. Bu davrdagi seleksiya asosan duragaylash polipoidiya, mutasiyaga asoslangan bo’lsa hozir esa bu usul bilan birga zamonaviy biotexnologik usullardan foydalanish keng imkoniyatlar ochmoqda. Ya’ni hujayralarga, protoplast to’qimalari ekinidan va gen injineriyasi usullaridan foydalanish ekinlarning biologik xilma-xilligini ta’minlovchi molekulyar va hujayra mexanizmlariga ta’sir ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. (N.A.Xo’jamshukurov, 1985 )
To’qima va hujayra “ekini” o’simliklar to’qimalari ekini mexanizmi 1937 yildayoq ishlab chiqilgan edi. Bu usul kichik inshootlarda qisqa muddat ichida cheklanmagan miqdorda o’simliklar klonlarini olish imkoniyatini beradi; bunday populyasiyalardan genetik xilma-xilligini ham kuzatish mumkin, masalan mutant formulalarini ulardan esa seleksiya maqsadlarida foydalanish mumkin. Bundan tashqari, bunday ekinlarda yuqori fotosintik qobiliyatga ega bo’lgan o’simlik formulalari ham olishi mumkin. 1949 yilda o’simliklarning meristema to’qimalaridan (uzunligi 0,1mmgacha qismi) virus, mikoplazma, zamburug’ va bakteriya kasalliklaridan holi bo’lishi aniqlandi. Hozirgi vaqtda bu usulda chinnigul va kartoshkani viruslardan sog’lomlashtirishda 1970 yillardan buyon moyli palmani in vitroda bu usul bilan yetishtirilmoqda. Shuning uchun dunyoda palma moyi ishlab chiqarish 5 mln t/ga yetdi. Bu esa har yili 13,5 mln t/ga ishlab chiqariladigan soyaga nisbatan past bo’lib moyli ekinlar bo’yicha ikkinchi o’ringa chiqdi. (b.s.n.i ped) 155 bet (29). Buning uchun qilingan qo’shimcha 7-12 % xarajotlar hosildorlikni 20-30 % ga oshirish imkoniyatini berdi. (Liore, 1982y).
To’qima va hujayralarni in vitroda o’stirishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’zgaruvchanlik protoklonlash usuli bilan, ya’ni protoplastmalardan yangi o’simliklar olish bilan bartaraf qilinishi mumkinligi aniqlandi.( Pexov A.P, 2000)
Zamonaviy biotexnologiyani eng yangi yutuqlari qishloq xo’jalik ekinlarini yuqori hosildor, mahsulot sifati yaxshi, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini yaratishga qaratilgan. Labaratoriya sharoitida to’qima kallus, hujayra miqyosida olib borilgan tadqiqotlar natijalarini dala sharoitida tekshirilishi va ishlab chiqarishga tadbiq etilishi esa qishloq xo’jalik samaradorligini keskin oshirish imkonini berdi.( Egamberdiyev A.E, 1984 )
Ma’lumki tuproqdagi azot balansining saqlanishi, ayniqsa biologik faktorlar tomonidan sintez qilingan azotdan foydalanish tuproq ekologiyasini saqlashdan tashqari qishloq xo’jalik ekinlarini hosildorligini oshiruvchi omillardan biri bo’lib hisoblanadi.( Kondorosi E, )
Shuning uchun biotexnologiya yutuqlaridan foydalanish bu sohada quyidagi imkoniyatlarni beradi: azotofiksatorlarning potensial imkoniyatlarini oshirish; azot fiksasiyasi va assimilyasiyasini ularni nazorat qiluvchi genetik mexanizmlarga tahsir ettirib oshirish; yangi azofiksatorlarni yaratish. Ularning ekinlarini yangi navlari bilan somatik duragaylarini olish asosiyda samaradorligini oshirish va hokazo.
Umuman, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki genetikaga asoslangan tradision usullaridan tashqari zamonaviy biotexnologik usullardan ham foydalanish qishloq xo’jaligida yangi o’simliklar navlarini va hayvon zotlarini yaratishda istiqbolli yo’nalishlardan biri bo’lib xizmat qilishi mumkin.( TikshonenkoT.I. )

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish