2. Asosiy qism.
2.1.Tuproq sho’rlanishidagi asosiy omillar
Tuproq , yer usti va yer osti suvlarining tarkibida asosan kalsiy (Ca),
magniy(Mg), natriy (Na), kaliy(K), kislorod(O), xlor(CI), oltingugurt(S), uglerod
(C), azot(N) elementlari boshqa elementlarga nisbatan ko’proq uchraydi.
Bu elementlar tog’ jinslari va minerallar tarkibida bo’lib, suv, shamol, iqlim
va biokimyoviy omillar tasirida yemirilib tuzlarni hosil qiladi.
Tabiatda tuzlarning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi.
1. Tog’ jinslari va minerallarning yemirilishi.
2. Vulqon otilishi.
3. Yer yuzasiga yaqin joylashgan gumbaz, tosh tuzlar (tosh konlari)
4. Yerning tub qatlamlaridan chiqayotgan sho’r buloqlar.
5. Biokimyoviy omillar tasirida tuzning paydo bo’lishi (sho’rhok va sho’rtob
yerlarda o’sadigan o’simliklarning kul hosil qilishi va bu kulning tarkibida juda
ko’p miqdorda natriy xlor va natriy sulfat borligi)
O’zbekistonning sug’oriladigan mintaqalarda yerlar asosan sho’rlanish va
botqoqlanish tufayli noqulay holatga keladi. Tuzning kelib chiqishi, tuz hosil
bo’lish asosiy manbalari haqidagi masalalar fan va qishloq xo’jalik uchun katta
nazariy va amaliy V.A.Kovda ma’lumotlari bo’yicha quyidagi tuz tuplanish sikllari
mavjud:
1) Kuruqlikda tuz to’planish sikllari, ya’ni materiklarning ichki qismlaridagi
berk o’lkalarda tuzlarning bir joydan ikkinchi joyga borib to’planishi.
2) Dengiz yaqinida tuz to’planish sikllari, ya’ni dengiz sohillarida va sayoz
suvli
ko’ltiq
qirg’oqlarida
dengiz
suvlarining
to’planishi.
3) Deltalarda tuz to’planish sikllari, ya’ni daryo suvlarining quruqlikdan olib
keladigan tuzlari hamda turli vaqtlarda dengiz tomonidan keladigan tuzlar.
4) Yer osti suvlarining bug’lanishidan tuz to’planishi, bunda yerning chuqur
qatlamlaridagi sho’r suvlarni tektonik yoriqlar orqali yer yuzasiga chiqishi va
bug’lanishi.
5) Antropogen tuz to’planishi , yani sho’r yerlarni meyoridan ortiqcha
sug’orish, sug’orish tarmoqlaridan filtrlanayotgan suvlar evaziga minerallashgan
sizot suvlarining ko’tarilishidan hamda sho’r suvlar bilan ekinlarni sug’orish
oqibatida to’planayotgan tuzlar Shu bilan birga ekinlarga meyoridan ortiqcha
mineral o’g’itlarni solinganda ham tuproqda tuzlar ko’payadi.
Tuzlarning tarqalishida yer usti, yer osti, sizot suvlari va shamol kata rol
o’ynaydi. Suv, shamol, harorat, biokimyoviy jarayonlar ta’sirida tog’ jinslari va
ularning tarkibidagi minerallar asta-sekin yemirila boradi. Oqibatda xlor va
oltingugurt elementlari ajralib chiqib, keyinchalik xlorid va sulfat tuzlari hosil
qiladi. Nurash jarayonida esa sulfat kislota hosil bo’ladi; bu kislota tarkibida natriy,
magniy yoki kalsiy bo’lgan minerallar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida
osongina oddiy sulfat tuzlarini hosil qiladi. Bundan tashhari bir qancha mineral
moddalarning tarkibida xlorid yoki sulfat tuzlari sof holda mavjuddir. Shu tuzlar
tog’ jinslari nuraganda ajralib chiqadi.Tuzlar vulqon otilishi jarayonida ham paydo
bo’ladi. Vulqon otilayottanda natriy xlor, xlorid kislota, gazsimon xlor va turli
sulfat oksidlari bevosita ajralib chiqadi. Shu birikmalarning (natriy xlordan
tashqari) barchasi jinslar bilan o’zaro ta’sirda bo’lib, ulardan asoslarni siqib
chiqaradi va oddiy xlorid yoki sulfat tuzlari hosil qiladi.
Ko’pgina hududlarda chuqur issiq buloqlar tuz hosil qiluvchi manba
hisoblanadi. Bunday buloqlardan tuzlar ham , gazlar ham ajralib chiqadi.
Tuz hosil bo’lishida yer yuzasiga chiqib qolgan gumbaz va shtok shaklida
yer osti tosh tuzlari ham ishtirok etadi.
O’rta Osiyo cho’llarida yangi yoki qoldiq tuz qatlamlari uchraydi. Shu
qatlamlarning qalinligi ba’zan necha o’nlab va yuzlab sm-ga boradi hamda
ularning tarkibida 90-100 % tuz bo’ladi.
Tuz hosil bo’lish va to’planish jarayonlarida biokimyoviy omillarning ham
ta’siri bor.
2. Sizot suvlarida juda ko’p miqdorda turli minerallar, organik moddalar va
kolloidlar bo’ladi.
Sizot suvlar tarkibida suvda eriydigan moddalarning miqdori 0,01dan 200
g/l gacha boradi. Sizot suvlar minerallashganlik darajalari bo’yicha quyidagi
guruhlarga va tiplarga bo’linadi (9 -jadval).
Issiq iqlimli hududlarda tuproqning kapillyarlik xossasi yaxshi bo’lsa va
harakatsiz, sho’rlangan sizot suvlar sathi yuza (1-3 m) joylashganida, bu suvlar
ko’p bug’lanadi. Natijada tuz asta-sekin yig’ila boradi va tuproqlar yoppasiga
sho’rlana boshlaydi.
-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |