Samarqand obidalari.(Registon ansanbli)



Download 21,07 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi21,07 Kb.
#447111
Bog'liq
Samarqnd obidalari.docx nss


Samarqand obidalari.(Registon ansanbli).
Samarqand Markaziy Osiyoning qadimiy shaxarlaridan biri. Mamlakatimizda 2007-yilda Samarqand shaxrining 2750 yillik yubileyi keng nishonlangan. Tarixchi va olimlar Samarqand shaxrini Sharq musulmon dunyosining qimmatli durdonasi, “Sharq Rimi” deb tariflashadi1. Samarqandni dunyoga mashxur qilgan saboblardan biri tarixiy obidalari dir. Samarqandning tarixiy obidalari asosan Amir Temur va Temuriylar davrida qurigan inshoatlar ko’proq saqlanib qolgan. Bundan oldingi davrlarda qurilgan inshoatlar Arablar bosqini, Chingizxon istilosi davrida vayron bolib ketgan. Samarqand hududida hozirgi kunda 290 dan ortiq arxitekturaviy yodgorliklar, 2 mingga yaqin arxeologik yodgorliklar mavjud. Bularga Afrosiyob yodgorligi, Shohi Zinda arxitekturaviy ansanbili, Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi (Go’riamir), Registon maydoni, Ulug’bek rasadxonasi, Ishratxona arxi- tekturaviy yodgorliklari kabi mashxur obidalar misol bo’la oladi. Registon maydoni. Registon maydoni Ulug’bek madrasasi (1417-1420- yillarda qurilgan), Sherdor madrasasi (1619- 1636-yillarda bunyod etilgan) va Tillakori madrasa-masjidi (1646-1647- yillar qurilgan) inshoatlardan iborat. 1417-yil Mirzo Ulug’bekning farmoni bilan maydonning g’arbiy tomonida hashamatli madrasa qurilishi boshlandi. 1420-yili maydondagi Tuman oqo timi o’rniga yuksak gunbazli honaqoh bunyod etiladi. 1430-yillari maydonning janubiy qismida mo’g’ullar bos- qinigacha bo’lgan masjid o’rniga hashamatli Alika Ko’kaldosh masjidi barpo qilina- di. Ushbu masjid yaqinida mo’jazgina Muqatta masjidi barpo qilinganligi tarixiy manbalarda ma’lumotlar uchraydi. Registon maydonining shimoliy qismida Mirzo Ulug’ – bekning sa’y-harakati bilan karvonsaroy ham quriladi. Ulug’bek madrasasi puxta va murakkab loyiha asosida barpo qilingan bo’lib, uning hovlisi 56x81 m.ni tashkil etadi.Madrasa devorlariga issiq kunlarda mashg’ulotlar o’tkazish, dam olish,suxbat lashishga mo’ljallangan ayvonlar qurilgan.
Ayvonlarning o’rtasiga eshigi hovli tomonga qaratilgan hulralar joylashtirilgan. Madrasaning burchaklariga qishki mashg’ulotlarga mo’ljallangan darsxonalar qu -rilgan. Hovlining g’arbiy tomoniga qishki masjid bunyod etilgan. Madrasaning old tomoni maydonga qarab turibdi, peshtoq qismida keng toqili ravoq balandligi 16,5m, ravoqning ikki yonida ulug’vor guldastalar qurilgan bo’lib balandligi 32 m.ni tashkil etadi. Ravoq tepasida yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari o’ziga xos bo’lib, guldastalar tepasi muqarnas sharafalar bilan yakunlangan. Peshtoq ravoqi morpech shaklida, tokchasidagi shakllar o’ziga xos tarzda pardozlangan. Peshtoqi, ustunlari va tashqi devorlardagi grih naqshining turli betakror namunalari aks etgan. Ganchkori panjaralar orqali xonalarga yorug’lik tushib turadi. Moviy va ko’k koshin hamda sopol g’ishtlar yordamida madrasa geometrik naqshlar bilan bezatilgan va devor satridagi yozuvlar bilan uyg’unlashib, ko’zga yaqqol tashlanib turadi.Peshtoq orqali chorsi hovli (30x30m)ga o’tiladi. Hovli atrofi 2 qavatli hujralardan (48 ta) o’ralgan, har bir hujra qaznoq, yo- toqxona, umumiy xonalardan iborat. Madrasaning shimol va janub tomonlarida alohida peshtoqlar bor. Madrasaning to’rt tomonini darsxona va ayvon egallagan. Madrasadagi masjid (22x8m bo’ib) jan.sharqiy tomonga cho’zilgan. Tashqi to’rt burchagida 4 ta baland minoralar joylashgan. Xonaqoh va ba’zi hujralar ichkarisi naqshin bezaklar bilan pardozlangan. Bezaklari ichida kufiy va suls yozuvlari uchraydi. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtush Baxodir hashamatli binolar qurishga boshqa beklar bilan raqobat qilib, vayrona holatidagi Ulug’bek xonaqohi o’rnida Sherdor madrasasini (1619-1636)va Mirzoyi karvonsaroyi o’rnida Tillakori madrasa- masjidini (1646-1647) qurdirgan. Tillakori va Sherdor madrasalari kata o’lchamliligi, pardoz ishlarining nozikligi bilan ajralib turadi. Sherdor madrasasi Ulug’bek madrasasi qarshisida bunyod etilgan. Madrasa tarixi temuriylar me’morchiligi an’anasida yaratilgan bo’lib, keng hovli ikki qavatli umumiy soni 54ta bo’lgan xujralardan iborat. Madrasaning ichki va tashqi devorlari XV asr me’morchiligi namunalari asosida rang-barang mozaikalar, koshinlar bilan beza -tilgan. Peshtoqning ikki tomonida ichida inson yuzi aks ettirilgan quyosh va Sher
tasvirlari tushirilgan. Sherning oldida hadiksirab turgan ohu aks ettirilgan. Shu sa- babli ham bu madrasa xalq orasida “Sherdor” nomi bilan atalib kelinmoqda. Bu ta- svirning qo’llanilishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Astranomlar fikricha madrasa quyosh arslon burjlari kirgan yilda qurilganligini takidlashsa, xalq orasida saqlan -gan afsonalarda bu tasvir me’morning xon qiziga oshuftaligi va shu tufayli malika tikkan kashtadan olingan nusca deb tasvirlanadi. Biroq Amir Temur saroyiga tash- rif buyirgan Rui Gonzales de-Klavixo Soxibqironning Shaxrisabzdagi Oq saroyi peshtog’ida quyosh, sher, ohu tasvirlarini ko’rganligini va manashu tasvir turkey xalqlarning qadimiy tamg’alari ekanligini aytadi. Sherdor madrasasi me’morlari bu tasvirni o’sha vaqda Oq saroy peshtog’idan andoza olishgan degan fikrlar mavjud.2 Madrasaning chap burchagida darsxon-masjid, o’ng tomonida 2ta darsxona joylashgan bo’lib, bu joyda Imom Muhammad ibn Ja’fa qabri ham bor. Ikkala darsxonaning ustki qismi kungirador gunbazlar bilan yopilgan. 54ta hujra va 4ta yozgi darsxonalardan iborat. Old tomon burchaklari mustahkam minoralar bilan, orqa taraf burchaklari guldastalar bilan mustahkamlangan. Minoralar, guldastalar, tashqi va ichki devorlari sirtlari koshinlar va koshinburushlar bilan be- zatilgan. Tarixiy manbalarda bu inshoat “Yalangtushbiyning kata madrasasi” nomi bilan ham uchraydi.3
Tillakori madrasasi. Yalangtushbiy Baxodir tomonidan Registon insoat Tillakori madrasa-masjidi bolib, 1641-1647-yillarda madrasa va jome masjidiga mo’ljallab bunyod etilgan.XV asrda qurilgan Mirzoyi karvonsaroyi o’rnida qurilgan. Bu madra- sa-masjid to’rt ayvonli, deyarli kvadrat shaklda 43x43m, uch tomonidan bir qavatli hujralar bilan o’ralgan. Ichki tomoni nafis naqishlar bilan bezatilib tilla suvi yugurtiril- ganligi sababli “Tillakori”nomi bilan ataladi4. Masjididning kattaligi 63x22m bolib kattaligi va hashamatliligi bilan boshqa masjidlardan ajralib turadi, madrasaning kattaligi 70x70m bo’lib, g’arbiy peshtoq orqali kirilgan. Masjid xo -
naqohi (10,8x10,8m)ning poygunbazi baland bo’lib uzoqdan ko’zga tashlanib tur- adi. Uning gunbazi qurilishi oxiriga yetkazilmay qolgan. Xonaqoh to’rida marmar -dan mexrob va zinapoyali minbar o’rnatilgan. O’z vaqtida zarxal naqshlar bilan be- zatilgan xonaqohning ikki yonini oldi ravoqli, gunbaz tomli, ayvon(yo’lak)lar egal -lagan. Peshtoq ravoqlariga bezak ishlari 1659-1660-yillarda bajarilganligi haqida yozilgan.5
Registon maydoni va unda barpo etilgan uch madrasa Samarqand tarixida kech- gan voqealarga guvoxdir. Bu qadimiy maydonning shon-shuxrati, ayniqsa, musta- qillik davrida yanada oshganligini takidlab o’tish lozim.


1 M.M.Voxitov, Sh.R.Mirzayev “Memorchilik tarixi” 1-qism T:. 2010

2 ‘’Samarqand yodgorliklari’’ Sh.Qulmatov, A,berdimurodov Samarqand 2017 22-bet

3 ‘’Samarqand yodgorliklari’’ Sh.Qulmatov, A,berdimurodov Samarqand 2017 22-bet

4 ‘’O'zbekiston milliy ensiklopediyasi’’ 1990-y nashr 384-bet

5 ‘’O'zbekiston milliy ensiklopediyasi’’ 1990-y nashr 384-bet

Download 21,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish