Samarqand mintaqasining turistik resurslari salohiyati Reja



Download 38,99 Kb.
bet4/9
Sana19.02.2022
Hajmi38,99 Kb.
#457445
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Samarqand mintaqasining turistik resurslari salohiyati

AMIR TEMUR MAQBARASI. Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etilgan Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403 yilda boshlanib, 1424 yilda tugatilgan. Maqbara Amir Temurning taxt vorisi, deb e’lon qilingan nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan. Muhammad Sulton 1403 yilda Kichik Osiyoga qilgan safari vaqtida, 29 yoshida bevaqt vafot etadi. Shahzoda Samarqandga keltirilib, dastlab masjidning xonaqosida dafn qilinadi. Maqbara sakkiz burchakli gumbaz asosida barpo etilgan. Hozirgi zamon mutaxassislarini ham birmuncha o‘ychanlik bilan fikrlashga undaydi. Binoning mo‘’tadil haroratini saqlash, Sharqona qurilish uslublari orqali el ardog‘ida bo‘lgan shaxslarni o‘ziga xos hurmat bilan ulug‘lash, ularning buyukligini bejirim bezaklar orqali ifodalash kabi xususiyatlari har qanday kishini lol qoldiradi.
Sohibqiron Amir Temur ham ushbu maqbaradan (1405 yil) abadiy qo‘nim topgan. 1409 yilda Amir Temurning kenja o‘g‘li, Xuroson hukmdori Shohrux Mirzo otasining ma’naviy piri Mirsaid Barakaning jasadini (turbati) Andxoydan olib keltirib, shu maqbaraga, Sohibqironning bosh tomoniga dafn ettiradi. Bu bilan otasi – Amir Temurning vasiyatini bajaradi. 1424 yilda Mirzo Ulug‘bek tomonidan maqbara sahniga qabrtoshlar qo‘yilib, atrofi nafis marmar toshdan qilingan panjara bilan o‘raldi va ko‘k gumbazli galeriya qurilib, ziyoratxonaga Sharq tomon dan kirilishi ta’minlandi. Maqbaraga, shuningdek, Mironshoh Mirzo va Shohrux Mirzo ham dafn etilib, temuriylar XIlxonasiga aylangan. 1449 yilda Mirzo Ulug‘bek ham shu maqbaraga, bobosining poyiga dafn etilgan. Mustaqillik yillarida, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi va Mirzo Ulug‘bek tavalludi ning 600 yilligi munosabati bilan maqbarada katta hajmda ta’mirlash ishlari olib borildi. XIX asr ning oXIrida qulab tushgan minora va gumbazning zar qubbasi qayta tiklandi.
SHOXI ZINDA MAJMUASI. Samarqanddagi aziz insonlar jasadi qo‘yilgan Shohi-Zinda, ya’ni «Tirik shoh» xonaqohi o‘tmish ajdodlarimiz tariXI va taqdirida alohida o‘rin tutadi. U ko‘hna Samarqandning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, Sharq musulmonlarining muqaddas ziyoratgohlardandir. Shohi Zinda xonaqoh sifatida X-XI asrlarda paydo bo‘lgan va bu yerdagi 20 dan ziyod maqbarada 44 lavha bitilgan dahmalardan iboratdir. Afrosiyob tepaliklaridagi Shohi Zinda maqbarasida din arboblari va tariXIy shaxslar dafn etilgan. U dastlab Samarqand din ulamolari va hokimlari tomonidan XI asrda payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning amakilarining o‘g‘li Qusam ibn Abbos sharafiga qurilgan.
XIII asrda mo‘g‘ul istilochilarining Samarqandga qilgan harbiy yurishlari XI-XII asrga oid ko‘plab inshootlarning, buzilib, harobaga aylanishiga sabab bo‘ldi. Qabriston XIV asrda qaytadan tiklana boshlandi. Temur hukmronlik qilgan (1370-1405) davrda qurilish ishlari juda jadal sur’atda olib boriladi. Bu inshootlarning ko‘pchiligi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Shohi Zinda me’morchilik majmuasi uch qismdan iborat qilib qurilgan. Majmuaga ulkan o‘ymakor darvozadan kiriladi. Peshtoq ravog‘ining g‘arbiy devorida uning Abdulaziz Bahodir ibn Ulug‘bek ibn Shohrux ibn Temur tomonidan hijriyning 838 yilda (1434-1435) bunyod etilgani yozilgan. Bu inshoot Shohi Zindaning qariyb to‘rt asr davomidagi shakllanish tariXIga xotima beradi. Peshtoq juda nafis ishlangan.
O‘ymakor eshik 1911 yilda qurilgan, undagi naqshinkor bezak va yozuvlar kishi diqqatini o‘ziga tortadi. Eshikda «O‘limdan oldin tavba qilmoqqa shoshilgin va namozni o‘z vaqtida o‘qishni farz bilgin» so‘zlari yozilgan. Majmuadan bir qancha maqbaralar o‘rin olgan, ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz, jumladan:

Download 38,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish