57
aholining bandligiga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha, hozirgi
zamon turizmi va uning bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarida jahondagi har sakkizinchi
xodim banddir.
Jahonning ko‘pchilik davlatlarida turizm yagona tizim sifatida rivojlanib
bormoqda. Qaysikim u mazkur mamlakat va uning xalqaro tarixi, diniy, ma’naviy,
madaniy hamda urf-odatlari bilan tanishish imkoniyatlarini yaratib beradi. Turizm
mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek u juda ko‘pchilik
xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam
ko‘rsatadi. Turizm sohasi nafaqat eng yirik, balki jahon iqtisodiyotining eng
dinamik holda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. U tez suratlarda o‘sishi bilan
yuz yilning iqtisodiy fenomeni hodisasi sifatida tan olingan. XX asrning ikkinchi
yarmi davomida xalqaro turistlar soni salkam 28 martaga ko‘paydi, bu xizmat
turidan tushgan tushumlar esa 237 martaga ortdi.
Butun dunyo bo‘yicha turistik xizmatlarga o‘sib borayotgan talab eng avvalo
ijtimoiy – iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o‘sishi va bo‘sh
vaqt ko‘payishi, haq to‘lanadigan ta’tillar muddati ko‘payishi, pensiya
ta’minotining yetarli darajasi, oila tarkibida bolalar kamayishi evaziga o‘zgarishi
va h.k), shuningdek transport taraqqiyotidagi o‘sish, uni arzonlashishi va
hammaning qurbi yetishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor
qilinishi, viza rejimini liberallashtirilishi kabilar.
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi turizm ham xalqaro, ham milliy
tartibga solishning ob’ekti hisoblanadi. Xukumatlararo turizmning rivojlanishiga
javob beruvchi yetakchi tashkilot, BMT bosh assambleyasi butunjahon turistik
tashkiloti (World Tourist Organisation, WTO- BTT) ni tan oladi. BTT 1975 yildan
buyon xalqaro turistik tashkilot rasmiy ittifoqi merosxo‘ri sifatida faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda.
BTT a’zolikning quyidagi kategoriyalarini o‘z ichiga oladi: 1) haqiqiy
a’zolar (Suveren davlatlar, shu jumladan, ko‘pchilik MDH mamlakatlari va
Rossiya); 2) assotsiyalashgan a’zolar (o‘zining tashqi siyosatiga mustaqil mas’ul
emas hududlar); va 3) qo‘shiluvchi a’zolar (hukumatlararo, nodavlat va notijoriy
tashkilotlar va birlashmalar, ya’ni sohada faoliyat ko‘rsatayotgan, turizm uchun
qiziqish bildirayotgan).
BTT xalqaro turizmi tashkil qilish bo‘yicha bir qator deklaratsiyalar va
boshqa hujjatlar qabul qilgan, shu jumladan turizm bo‘yicha Hartiya va turist xulqi
Kodeksi (1985y), statistik spravochniklar va prognozlar nashr qiladi, turistik
biznes uchun ma’lumotlar axborot bankini taklif qiladi. Unda xalqaro turizm uchun
zarur bir qator muhim tushunchalar qayd etilgan («turizm», «turist» singari va
boshqa).
Turizm salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi va yashash joyidan
tashqariga chiqish va faol dam olishni belgilaydi. Turizmda «turist» (tashrif
buyuruvchi) va «ekskursiyant» tushunchalari ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: