Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/298
Sana22.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#398959
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   298
Bog'liq
turizm

Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  turizm  bo‘yicha 
Idoralararo Kengash tuzilib,
 ushbu Kengash faoliyatining asosiy vazifalari sifatida 
quyidagilar belgilab berildi:  
a)
 
 turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish;  
b)
 
 jahon andozalari darajasida kichik va o‘rta mehmonxonalar, motellar va 
kempinglar tarmog‘i shakllantirilishini muvofiqlashtirish;  
d)  sayr-tamoshalar  zamonaiy  industriyasini,  madaniy  va  sport  – 
sog‘lomlashtirish markazlarini barpo etishga ko‘maklashish;  
e)   noyob turizm imkoniyatlari va tarixiy – madaniy merosini keng ko‘lamda 
targ‘ib qilinishi va maskanlashtirishni tashkil etish;  
h)  turizm  tizimida  muvofiqlashtirilgan  ilmiy-texnikaviy  va  investitsiya 
siyosatini o‘tkazish;  


243 
 
i)   turizm sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlash. 
Yurtimizda  turizm  ishini  yanada  rivojlantirish  va  uni  tashkil  etishni 
takomillashtirish,  turizm  xizmatlari  bozorida  kichik    turistik  tashkilotlarining 
qatnashishini  faollashtirish,  xorijiy  sarmoyadorlarni  turizm  sohasidagi  faoliyatga 
keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998- yil 
8-avgustda  «Turizm  tashkilotlari  faoliyatini  tashkil  etishni  takomillashtirish 
to‘g‘risida»  Qaror  qabul  qildi.  Qarorda  Xususiy  turistik  tashkilotlar  uyushmasi 
(bundan buyon – XSTU) ni tashkil etish va uni «O‘zbekturizm» MK tarkibiga a’zo 
sifatida  kirishi  belgilab  berildi.  XSTU  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlari  etib 
quyidagilar belgilandi: 

 
«Buyuk  Ipak  yo‘li»  ni  tiklashda,  respublikada  turizmning  zamonaviy 
infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish; 

 
uyushma a’zolari bo‘lgan xususiy turizm tashkilotlariga ko‘maklashish va 
ular faoliyatini muvofiqlashtirish; 

 
turizm sohasida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish; 

 
xususiy  turizm  tashkilotlarini  rivojlantirishga    xorijiy  sarmoyadorlarni  va 
mamlakatimizdagi yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb qilish; 

 
«O‘zbekturizm»  MK  da,  davlat  organlarida    va  jamoat  tashkilotlarida 
uyushma  a’zolari  bo‘lgan  xususiy  sayyohlik  tashkilotlarining  manfaatlarini 
ifodalash; 

 
uyushma a’zolariga axborot, maslahat va uslubiy yordam ko‘rsatish; 

 
turizm biznesi sohasida xodimlarning kasb tayyorgarligiga va ularni qayta 
tayyorlashga ko‘maklashish. 
«O‘zbekturizm»  MK  tomonidan  Vazirliklar,  korxonalar,  tashkilotlarning 
taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston davlat standartlashtirish, 
metrologiya  va  sertifikatlashtirish  markazi  1998-yil  31-dekabrda  ro‘yxatdan 
o‘tkazgan  «Mehmonxonalar  klassifikatsiyasi»  ishlab  chiqildi.  Mazkur  standart 
kamida  10  nomerga  ega  bo‘lgan  mehmonxonalar,  motellar,  kempinglar,  turistik 
bazalar,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelayotgan  turistlar  va 


244 
 
fuqarolarning  boshqa  vaqtincha  yashab  turish  joylarining  klassifikatsiyasini 
belgilaydi.  Unda  shuningdek,  ishlatiladigan  asosiy  terminlarning  sharhi, 
mehmonxonalarga  qo‘yiladigan  umumiy  talablar,  ularning  javobgarligi,  turli 
toifadagi    mehmonxonalarga  qo‘yiladigan  talablar  haqida  batafsil  ma’lumotlar 
berilgan.  Ayniqsa,  turli  toifadagi  mehmonxonalarga  qo‘yiladigan  talablarda:  bino 
va unga tegishli hudud, texnik jihozlar, nomerlar fondi,  texnik ta’minot, mebel va 
boshqa  jihozlar  ta’minoti,  jihozlash  va  nomerlardagi    sanitariya-gigiyena 
buyumlari,  umumiy  foydalanish  sanitariya  ob’ektlari,  jamoat  joylari,  ovqatlanish 
xizmatlari  ko‘rsatish  joylari,  xizmatlar,  ovqatlanish  xizmatlari,  xizmatchilar  va 
ularni tayyorlashga bo‘lgan talablar haqida 1-5 yulduzli mehmonxonalarga xos aniq 
vazifalar berilgan. 
1999-yil  20-avgustda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan 
«Turizm  tug‘risidagi»  Qonun  qabul  qilindi.  Bu  qonun  asosida  turizm  sohasidagi 
bozor  munosabatlari  uzil-kesil  yo‘lga  qo‘yildi  hamda  dunyo  bozori  bo‘yicha  
raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi. 
O‘zbekistonda  turizm  sohasini  yangi  bosqichga  kutarishda  Respublika 
Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi «2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda 
turizmni  rivojlantirish  Davlat  dasturi  to‘g‘risida»  gi  Farmoni  alohida  ahamiyatga 
egadir.  Ushbu  Farmon  millatlararo  aloqalarni  kengaytirish  va  mustahkamlashga 
ko‘maklashish  hamda  xalqaro  turizm  bozoriga  uzviy  qo‘shilish,  O‘zbekistonning 
madaniy-tarixiy  va  ma’naviy  merosini  jahon  hamjamiyatiga  targ‘ib  qilish, 
shuningdek,  turistlarga  xizmat  ko‘rsatish  sifatini  xalqaro  andozalar  darajasiga 
ko‘tarish  maqsadida  qabul  qilinib,  2005  yilgacha  bo‘lgan  davrda  O‘zbekistonda 
turizmni  rivojlantirish  Davlat  dasturi  va  uni  amalga  oshirish  bo‘yicha 
Muvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibi tasdiqlandi.  
Farmonda  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar,  turistik  tashkilotlar  xorijdan 
keltiriladigan  texnologiya  va  mehmonxona  uskunalari,  turizm  maqsadlariga 
mo‘ljallangan  transport  vositalari  uchun  bojxona  bojlari  to‘lashdan  uch  yil 
muddatga  ozod  qilinishi  ko‘rsatib  o‘tildi.  Shuningdek,  «O‘zbekturizm»  MK 


245 
 
tizimidagi  korxonalarga  xorijiy  turistlarga  erkin  ayirboshlanadigan  valyuta 
hisobidan  turistik  xizmat  va  qo‘shimcha  xizmat  ko‘rsatish  huquqi  berilib,  buning 
uchun  maxsus  kassalar  ochilishiga  ruxsat  berildi.  «Umid»  jamg‘armasi  har  yili 
studentlarni  turizm  industriyasi  mutaxassisliklari  bo‘yicha  yetakchi  xorijiy 
mamlakatlarga  ta’lim  olish  uchun  yuborishni  ko‘zda  tutishi  ko‘rsatib  o‘tildi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Tashqi  ishlar,  Moliya  va  Madaniyat  ishlari 
vazirliklarining va «O‘zbekturizm» MKning O‘zbekiston Respublikasining AQSH, 
Yaponiya,  Buyuk  Britaniya,  Germaniya,  Fransiya  va  Italiyadagi  elchixonalarida 
madaniyat  va  turizm  masalalari  bo‘yicha  maslahatchi  lavozimi  birliklarini  joriy 
etishlariga ijozat berildi. 
Ushbu  Davlat  dasturi  olti  bo‘limdan  iborat  bo‘lib,  1-bo‘lim:  «Turizmning 
me’yoriy  –  huquqiy  bazasini  shakllantirish»,-deb  nomlanib,  unda  O‘zbekiston 
Respublikasining  «Turizm  to‘g‘risida»  gi  Qonunini  tayyorlash,  fuqarolarimizning 
xorijga chiqishi va O‘zbekistonga xorijiy fuqarolarning kirishi haqidagi takliflarni 
o‘rgangan  holda,  xorijiy  turistlar  uchun  boj,  viza  va  boshqa  hujjatlarni 
rasmiylashtirish 
Nizomiga 
o‘zgartirishlar 
kiritish; 

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish