Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/298
Sana22.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#398959
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   298
Bog'liq
turizm

  
«Go‘zal 
geografik  va  tabiiy  sharoitlar  Respublikamiz  hududida    ekologik  turizmni 
rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‘li hududlarida 
joylashgan,  zamonaviy  jihozlangan  sayyohlik  majmualarida    qishki  va  noyob 
sayyohlik  dasturlari  tashkil  etilgan.  Sayyohlikning    yangi  yo‘nalishi-yirik 


179 
 
qo‘riqxonalar  va  bog‘lar  xududida  tashkil  etilgan    tabiatshunoslik  turizmi 
rivojlanmoqda»
17
.
 
Darhaqiqat,  O‘zbekistonda  ekologik  turizm  rivojlanib  borishining  yana  bir 
sababi turist o‘zi qiziqgan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik resurslari bilan 
tanishibgina  qolmasdan,  bu  tabiat  bag‘rida  dam    oladi,  tabiat  go‘zalligini  chuqur 
his  qiladi.  Uning  resurslarini  avaylash    xohish-istagi  paydo  bo‘ladi. 
Respublikamizning  ekologik  turizm  salohiyatini  hisobga  olganimizda  ekologik 
turizmni  rivojlantirishning  asosiy  resurslari  –  4  faslli  tabiat  mavsumlari,  o‘zining 
ekologik  tizimlariga  ega  bo‘lgan  5  ta  tabiiy  landshaft  bio-xilma-xilliklarida 
endemik  (faqat  O‘zbekiston  tabiatida)  turlarning  mavjudligidan  iborat. 
O‘zbekistonning 
ekologik 
turizmdagi 
resurslar 
salohiyatiga 
alohida 
to‘xtalganimizda,  quyidagi  ekoturizm  manbalarini  keltirish,  tavsiflash  masalaga 
ravshanlik kiritadi. 
O‘zbekiston  3,8  mln.  gektarga  ega  bo‘lgan  ovchilik  –  baliqchilik  yer 
maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz 
faunasi  97  turdagi  o‘txo‘r  hayvonlar,  424  turdagi  qushlar,  58  turdagi  sudralib 
yuruvchilar  va  83  tur  baliqlarga  ega.  Bulardan,  O‘zbekiston  Respublikasi  «Qizil 
kitobiga»  o‘txo‘r  hayvonlarning  24  turi,  qushlarning  48  turi,  sudralib 
yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi  Botanika  instituti 
ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o‘simliklar mavjud. 
Shulardan,  3000  turlari  oliy,  yovvoyi  o‘suvchi  o‘simliklar,  ulardan  9  foizi 
endemiklardan    iborat.  O‘zbekiston  hududining  muhofaza  etilayotgan  tabiiy 
hududlar tarkibida 2164 km
2
 ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km
2
 
ni  tashkil  etgan  2  ta  milliy  bog‘  va  noyob  turlarga  kiruvchi  hayvonlarni 
ko‘paytirish  respublika  markaziy  –  «Jayron»  ekomarkazi,  12186  km
2
    maydonni 
tashkil etgan 17 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. 
                                                           
17
 Экологический вестник. Ж. Тошкент, № 6, 2007. 


180 
 
Keltirilgan  ma’lumotlarga  qo‘shimcha  qilib  qayd  qilish  mumkinki,  O‘zbekiston 
Markaziy  Osiyoning  o‘rtasida,  ekologik  turizmning  rivojlanishi  uchun  qulay 
transport, 
geografik 
hududlarida 
joylashgan.  Ekspertlarning  ma’lumotiga 
qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 
10-20  %ini  qamrab  olgan,  o‘sish  sur’ati 
esa umumiy turizm industriyasining o‘sish 
sur’atidan  2  –  3  marotaba  oshib  ketdi. 
Shuning  uchun  ham  bugungi  kunda  
ekologik  turizmni  rivojlantirish  asoslarini 
va  ekologik  resurs  maskanlariga  turistik  marshrutlar  tuzishning  uslubiy  asoslarini 
ishlab chiqish zarur bo‘lmoqda.   
O‘zbekistonlik  ekolog  olimlarning  fikricha,  –  ekoturizm  ma’rifiy-ma’naviy 
tushunchalar  ostida  ekoturistlarning  ekzotik  tabiiy  hududlarga,  ularning  hayvonot 
va  o‘simliklar  dunyosiga,  tabiiy  hududlarning  tarixiy  yodgorliklariga,  arxeologik 
topilmalariga,  geologiyasiga,  paleontalogiya  qoldiqlariga  sayohatlari  kabi  tabiat 
bilan bog‘liq majmualar kiradi. 
Ekoturizmning  maqsadi  –  hozirgi  va  kelajak  avlodlarning  ekologik 
xavfsizligi  va  barqaror  rivojlanishini  ta’minlash  uchun  tabiatdan  turistik 
yo‘nalishda  oqilona  foydalanishdir.  Ekoturizmning  maqsadini  amalga  oshirish 
uchun «O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi» da keltirilgan 
rejaviy dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda ekologik 
turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd 
qilingan: 

 
ekoturizm  industriyasini  shakllantirish  uchun  maxsus  qonunlarni  ishlab 
chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish; 

 
ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish; 

 
aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;  

 
ekoturizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish; 
 


181 
 

 
ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash

 
ekoturistik  ob’ektlarni  har  tomonlama  baholash  va  ularning  kadastrini 
olib borish; 

 
ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish; 

 
milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirish

 
davlatlarning  va  xalqaro  jamiyatning  ekoturizmga  oid  taktik  reja  va 
strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish

 
biologik xilma-xillikni saqlash. 
Qayd  qilingan  vazifalarni  bajarishda  quyidagi  ekoturistik  tamoyillarni  ya’ni 
ekologik  munosabatlarni  turizm  orqali  tartibga  solishga  yo‘naltirilgan  qoidalarga 
qattiq, ma’suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi: 

 
ekoturizmda  tabiatni  muhofaza  qilish  va  barqaror  rivojlanish 
masalalarining ustivorligi; 

 
ekoturizmning  tarixiy,  madaniy  va  boshqa  turizm  turlari  bilan 
bog‘langanligi; 

 
turizm  va  servis  sohasi  yo‘nalishidagi  barcha  ta’lim  muassasalarida 
ekoturistik o‘quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi; 

 
mahalliy  aholining  ekologik  ongi  va  madaniyatini  o‘stirishda 
ekoturizmni jalb qilish zaruriyati; 

 
tabiatdan  oqilona  foydalanish  va  tabiatni  muhofaza  qilishning 
mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish

 
davlat,  jamiyat,  mahalliy  boshqaruv  idoralarining  ekologik  turizmdan 
manfaatdorligi; 

 
ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi; 

 
ekoturizmda milliy g‘urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi. 
Qayd  qilingan  tamoyillarning  bajarilishi  O‘zbekistonda  ekologik  turizmni 
jadal rivojlantirishning asoslarini ta’minlaydi. 


182 
 
Ekoturizmni  rivojlantirish  bo‘yicha  «O‘zbekistonda  ekologik  turizmni 
rivojlantirish  Konsepsiyasi»  qabul qilingan. Ushbu  konsepsiyaning  1.4. bandida  – 
ekoturizmning  ijtimoiy-iqtisodiy  masalalari  yechimini  topishi  lozim  bo‘lgan 
dolzarb masalalari qayd qilingan. Ular quyidagilar: 

 
ekoturizm  ob’ektlarida  aholini  ish  bilan  ta’minlash,  ijtimoiy  muhofaza 
qilish muammolarini hal qilish;  

 
ekoturizm  qadamjoylarida  kichik  va  o‘rta  biznesni  rivojlantirish  orqali 
qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, turistik infratuzilmalarni hosil qilish; 

 
ekoturizmning  jahon  talablariga  javob  beraoladigan  moddiy  –  texnik, 
axborot–tahliliy bazasini yaratish xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish

 
ekoturizm  maskanlarini  elektr  energiyasi  va  issiq  suv  bilan  ta’minlash 
maqsadida  ekologik  toza,  qayta  tiklanuvchi  muqobil  energiya  qurilmalari 
yordamida foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish. 

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish