Abdulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (1075
–
1144)
1075-
yilning 19-martida Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ilgan. U hayoti
davomida tinmay sayohat qilgan. Sayyoh-olim Sharq, xususan, musulmon
mamlakatlarini 1100–1122 va 1127–1139 yillarda ikki marta aylanib chiqqan.
Zamahshariy Xuroson, Eron, Arabiston, Iroq, Yaman, Suriya, Marv, Nishopur,
Isfaxon, Bag‘dod, Xijoz, Damashq va Makka shaharlarida bo‘lib, asarlari uchun
boy manbalar to‘plagan.
Uning tilshunoslikka oid «Asos al-balog‘a» (Suzga ustalik asoslari), «Samim
al-Arabiya» (Arab tili mag‘izi) va «Al- Kashshof» Qomusiy asari Qur’on tafsiriga
oid asarlar o‘rtasida eng mukammali ekanligi sharhshunos va arabshunos olimlar
tomonidan tan olingan. Shu sababli, mazkur asardan dunyoning turli mamlakatlari
universitetlarida asosiy darslik sifatida hozirgacha qo‘llanilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |