Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/298
Sana22.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#398959
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   298
Bog'liq
turizm

9-
mavzu.
 TURIZM SOHASIDA TRANSPORT XIZMATLARI 
Reja: 
9.1. Turizm sohasida transport xizmatlari 
9.2. Turizm sohasida transport vositalari 
9.3. Turizm sohasida transport xizmatlari turlari va qulaylik darajalari
 
 
9.1. Turizm sohasida transport xizmatlari 
 
Turizm  industriyasi  ishlab  chiqadigan    turistik  mahsulot,  xizmatlar  va 
tovarlarning  tarkibi  ancha  katta  va  rang-barang  majmuani  o‘z  ichiga  qamrab 
oladi.  Bu  mahsulotdan  kishilar  sayohat  qilishda,  shuningdek,  turizm  doirasida 
dam olish, xordiq chiqarish, davolanish, o‘z bilim va kasbiy darajasini oshirishda 
foydalanishlari  mumkin.  Bunda  turistik  mahsulotning  asosiy  tarkibiy  qismiga 
kiruvchi  transport  xizmatlari  jami  xizmatlarning  27  %  ini  tashkil  qiladi. 
Yo‘lovchilarni,  shu  jumladan,  turistlarni  tashish  har  xil  transport  turlarida, 
chunonchi:  havo,  yer  usti,  suv  transportida  amalga  oshiriladi.  Turistik  tashuvlar 
uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning 
jo‘g‘rofiy  o‘rni  va  iqlim  sharoitlariga,  iqtisodiy  rivojlanish  darajasiga,  milliy 
an’analariga,  odamlarning  ijtimoiy  holati  va  turmush  darajasiga  hamda  boshqa 
omillarga bog‘liq bo‘ladi.  
 «O‘zbekiston  havo  yo‘llari»  -  xalq  xo‘jaligi  va  aholini  aviatsiya  xizmati 
(yuk,  yo‘lovchi tashuvlari,  maxsus  aviatashishlar)  bilan ta’minlovchi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Milliy  aviakompaniyasidir.  Aviakompaniya  1992-yil  28-yanvarda 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmoniga  binoan  tashkil  etilgan.  Ana  shu 
vaqtdan  boshlab  samolyot  parkini  zamonaviylashtirish,    yangi  aeroportlar  qurish, 
havodagi  harakatni  boshqarish  tizimini  tubdan  o‘zgartirish,  aerodromlarni  yangi 
zamonaviy texnika bilan ta’minlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi 
baza  hamda  boshqaruv  tizimini  takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  respublika 
Fuqaro  aviatsiyasini  rivojlantirish  davlat  dasturi  amalga  kirdi.  O‘tkazilgan 


125 
 
islohotlar  O‘zbekiston  aviatsiya  transportining  xalqaro,  iqtisodiy,  diplomatik  va 
madaniy  aloqalarini  rivojlantirishda  yetakchi  sohalardan  biriga  aylanishiga  omil 
yaratdi. Shuningdek, Respublika aeroportlarida sifat menejmenti tizimi joriy etilib, 
sertifikatlar bilan tasdiqlangan. 
«O‘zbekiston  havo  yo‘llari»  Milliy  aviakomapniyasi  xalqaro  aviatashuvlar 
bozorida  o‘zining  munosib  o‘rniga  ega.  U  o‘z  faoliyati  davomida  bir  necha 
marotaba  nufuzli  mukofotlar :  faol  ishlari  uchun  «Yevromarket  –  2000»  sovrini, 
Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg‘armasi diplomi, Xalqaro aeroportlar birlashmasi 
mukofotlariga sazovar bo‘ldi. Aviakompaniya Amerika, Yevropa, Yaqin va O‘rta 
Sharq  davlatlari,  Janubi-Sharqiy  va  Markaziy  Osiyo  hamda  MDHning  40  ortiq 
shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.  Hozirgi kunda O‘zbekistonda 
11  ta  xalqaro  aeroport  faoliyat  yuritmoqda,  jumladan,  Toshkent,  Samarqand, 
Buxoro, Urgan  aeroportlari va boshqalar. 

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish