20–moddasi: «Turistlarni sug‘urta qilish». Turistlarni sug‘urta qilish majburiydir va u turistlik faoliyat sub’ektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Butunjahon turizm tashkiloti (VTO) talablari bo‘yicha har bir davlatda turistlarning ushbu davlatga kelib –ketishi bo‘yicha davlat nizomi bo‘lishi lozim. Bizning Respublikamizda ham xudi shunday nizom hukumatimizning maxsus vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq quyidagi moddalar turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan:
xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish;
ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayyohat qilishni ta’minlash;
belgilangan yo‘nalishning xususiyati va sayyohlarning hatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash;
qabul qiluvchi turistlik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi.
Turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashda kutiladigan va kutilmaydigan xavflarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida – «Ekologik turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» yuzasidan marshrut rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati keltirildi.
Turistlik marshrutlarning barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari ishlab chiqilishi va marshrutni o‘tkazadigan turistlik tashkilot rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim.