I
.Mavzu. O’zbekistonning turistik resurslari fanining predmeti,
maqsadi va vazifalari.
Reja:
1.1. O’zbekistonda turizmni mohiyati va uni mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri.
1.2. O’zbekistonning turistik resurslari fanining predmeti va obyekti.
1.3. O’zbekistonning turistik resurslari fanining maqsadi va vazifalari.
1.1. O’zbekistonda turizmni mohiyati va uni mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va
boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun
yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari
bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Chunki
mamlakatimiz jahon sivilizatsiya o’choqlaridan biri sifatida, o’zining asori-atiqalari
bilan mashhurdir. Bizning madaniyatimiz dunyo xalqlari san’at, arxitektura,
shaharsozlik va ko’pgina sohalarga o’lkan hissasini qo’shgan. Tarixda ma’lumki,
mintaqaning rivojlanishida ma’lum darajada turizmning ham hissasi bo’lgan. Chunki,
mamlakatimiz «Buyuk ipak yo’li» markazida joylashgan, shuning uchun savdo-sotiq
va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar rivojlangan bo’lib, ulardan tushgan daromatlar
mamlakat xazinasiga katta ulush qo’shgan.
Mustahkam ko’p tarmoqli iqtisodiyotga ega bo’lish uchun iqtisodiy qaram
bo’lmaslikkina emas, balki xar bir davlat o’z iqtisodiyotini mustaqil yaratishga va
rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Bu jarayon davrida ushbu davlat xalqning
turmush darajasi yomonlashmasligi, hamda jamoatchilikdan talab qilinadigan sarf
xarajat juda kam miqdorni tashkil qilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Har
qanday davlat uchun esa turizm ana shunday amaliy yo’nalishlardan biri hisoblanadi,
ayniqsa xalqaro turizm iqtisodiyotning boshqa muhim manbaa tarmoqlariga nisbatan
katta sarmoya talab qilmaydi.
Ayni vaqtda milliy iqtisodiyotimizda turizmning o’rniga nazar tashlasak, shu
narsa ayon bo’ladiki mavjud resurslardan har doim ham samarali foydalanishga
erishilmayapti. Mamlakatimizda turizm rivojlanishi jamiyatning yangilanish davriga
to’g’ri kelib, u asta-sekinlik bilan sodir bo’layotgan o’zgarishlar jarayonini hisobga
olgan holda uning sifatini yanada yaxshilashga to’g’ri kelmoqda. Rivojlangan
mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, iqtisodiyotning rivojlanishi turizm sohasi bilan
ham bog’liq. Shuning uchun ham, bozor iqtisodi asosida xo’jalik yuritishga
o’tayotgan mamlakatlarda halqaro turizmga katta e’tibor qaratish katta ahamiyatga
ega.
O’zbekiston sharoitida turizmni hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan
darajada rivojlantirish uchun yetarlicha turistik resurs imkoniyatlari borligini hisobga
olsak, u holda bu sohani iqtisodiyot uchun, umuman jamiyatning rivojlanishi uchun
g’oyat muhim ahamiyati borligi ma’lum bo’ladi. Ayni vaqtda, respublikamizda
turizmni rivojlanishi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarga, hamda mavjud
resurslardan samarali foydanalish bilan bevosita bog’liqdir.
6
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki yillardan boshlab
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tub islohatlar va yangilanishlar boshlandi. Shu
o’tgan davr mobaynida, mamlakatimiz o’z iqtisodiyotini rivojlantirishda jahon
tajribasidan keng foydalanmoqda. Shu o’rinda turizm sohasida ham tub islohatlar olib
borilib, davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, O’zbekiston
Respublikasi Prezdentining 1992 yil 27 iyuldagi «O’zbekturizm» milliy
kompaniyasini tashkil etish», 1995 yil iyuldagi «Buyuk ipak yo’lini tiklash va
xalqaro turizmni rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasining faol qatnashishini
ta’minlash»ga oid farmonlari, 1997 yil Butunjahon Turistik Tashkiloti (BTT)
ekspertlar guruhi bilan «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi hamkorligidagi
«O’zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish rejasi», 1999 yil qabul qilingan
«Turizm to’g’risida»dagi qonun, hamda «Turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish
dasturi», Vazirlar Mahkamasining 2001 yildagi «Chimyon-Chorvoq kurort zonasida
tabiat boyliklarini saqlash, sog’lomlashtirish va dam olishni rivojlantirishni tartibga
solishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori turizm sohasini
rivojlanishiga katta yo’l ochmoqda.
Yuqoridagi qaror va Farmonlar asosida shu davr mobaynida respublikamizning
ko’pgina mintaqalaridagi tarixiy, diniy obidalar, buyuk siymolar qabrlari, dahmalari,
masjidu madrasalarini qaytadan tiklash va ta’mirlash ishlari keng miqiyosda amalga
oshirildi. Buning natijasida turistik resurslarimiz yanada ko’paydi hamda yaxshilandi.
Turizm faoliyatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan yagona siyosatni amalga
oshiruvchi maxsus davlat organi – «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi qoshida
viloyat va mintaqa filiallari ochildi. 1993 yil Bali (Indoneziya) shahrida bo’lib o’tgan
Butunjahon turistik tashkilotini (BTT) 10-sessiyasida «O’zbekturizm» miliy
kompaniyasi ushbu nufuzli tashkilotga to’la huquqli a’zo bo’ldi.
1995 yil BTTning qohirada o’tkazilgan navbatdagi 11-sessiyasida O’zbekiston
«Atrof muhitni muhofaza qilish kometeti»ga a’zo bo’ldi va Istambuldagi 12-
sessiyasida esa Markaziy Osiyo mintaqasi «Buyuk ipak yo’li» dasturida
mamlakatimizning o’rni alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, YUNESKOning
O’zbekistondagi qarorgohi, madaniyat vazirligi va Fanlar akamediyasi bilan
hamkorlikda «Meros» dasturi asosida «Buyuk Ipak yo’li»da joylashgan tarixiy,
arxitektura, arxeologik va boshqa yodgorliklarni tiklash, ta’mirlash va ilmiy o’rganish
bo’yicha amaliy ishlar qilinishi bevosita respublikada turizm rivojlanishi uchun katta
turtki bo’ldi (A.S.Soliyev, M.R.Usmonov, 2005).
Dengiz va okeanlarga chiqish imkoniga ega bo’lish, sayohatchilarning
davlatlarga jalb etilishida alohida o’rin tutadi, biroq O’zbekiston bunday
imkoniyatlarga ega bo’lmasligiga qaramay, u Markaziy Osiyoning yo’llar tuguni
chorrahasida joylashgan. Bu esa nafaqat harakatlarning, tovar almashish,
texnologiyalar va uskunalar ayirboshlash uchun, balki turizmni rivojlantirish uchun
ham qulay imkoniyatlar yaratadi. Masalan, Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo’qon,
Shaxrisabz kabi qadimiy shaxarlarimiz bugungi kunda butun dunyoga mashhur
Respublikamiz xududidagi 4 mingdan ortiq arxitektura yodgorliklari YUNESKO
himoyasiga olingan. O’zbekistonning rekreasiya resurslari yil mobaynida
sayohatchilarning qabul qilish va ular uchun turli xildagi sayohat yo’nalishlarini
tashkil etish imkoniga ega.
7
Jadval 1.
Do'stlaringiz bilan baham: |