Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


O’zbekistonda agroturizm resurslari va imkoniyatlari



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari

8.3. O’zbekistonda agroturizm resurslari va imkoniyatlari.
58


Turizmni shakllanishiga asos bo’luvchi turistik resurslar asosan qishloq joylarida 
joylashgan.  Bu   holatni   Samarqand   viloyati   buyicha   tahlil   etadigan   bo’lsak, 
viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’ oldi etaklari hamda 
tog’ oralig’i soylarida tabiiy ravishda hosil bo’lgan landshaftlar (tabiat manzaralari), 
yam-yashil   o’rmonzorlar   (Omonqo’ton),   tog’u-tosh   jins   shakllari   (Qoratepa),   tog’ 
daralari   (chuqurliklari),   g’orlar   (Hazrati   Dovud,   Kelsi,   Lev),   noyob   tabiat 
yodgorliklari (Kamongaron, G’us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor (Mingchinor), 
Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko’llar (Muz buloq, Alvasti ko’llari), go’zal shar-
sharalar   (G’ussoy,   Kamangaron)   va   hakozolar   mintaqamiz   turizm   imkoniyatlarini 
yanada oshiradi. Zarafshon daryosi qadimiy turistik obyektlarga boy yaxlit sayyohlik 
majmuasi hisoblanadi.
Shuni  ta’kidlash joizki, viloyatning tog’, tog’ oldi hududlarida mavjud bo’lgan 
beqiyos   shifobaxsh,   tibbiyot   va   boshqa   sohalarda   keng   ko’lamda   foydalanadigan 
chashma va buloq suvlari o’zining ekologik jihatdan  tozaligi,  xilma-xil kimyoviy 
elemerntlarga   boyligi   bilan   alohida   ajralib   turadi.   Ular   aholi   sog’ligini   tiklash, 
sog’lomlashtirish, dam olish uchun qo’lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda 
rekreatsiya   (sog’lomlashtirish,   hordiq   chiqarish)   turizmning   ahamiyatini   oshiradi. 
Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo’shrobod 
va   boshqa   tumanlari   tog’,   tog’oldi   hududlarida   tarqalgan   bo’lib,   ulardan   turizm 
maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Viloyatning yana bir qator 
tumanlarida   va   qishloqlarida   ming   yillik   davrga   teng   qadimiy   noyob   daraxtlar 
(archalar,   chinorlar)   hanuzgacha   saqlanib   qolgan.   Ular   qatoriga   Urgut   shahridagi 
yuqori   Chor   Chinor   (1020   yillik),   Kattaqo’rg’on   tumani   Qoradaryo   qishlog’idagi 
chinor (565 yillik), Nurobod tumani Tim qishlog’idagi archa 1000 yillik, Jomboy 
tumani   Xolvoyi   qishlog’idagi   ming   yillik   archalarni   misol   keltirish   mumkin. 
Ayniqsa,   Jomboy   tumanida   joylashgan   Zarafshon   daryosi   qayirida   joylashgan 
Zarafshon qo’riqxonasi betakror o’simlik va hayvonat dunyosining xilma-xilligi bilan 
alohida ajralib turadi va mavsumiy hamda qisqa muddatli sayyohlikni tashkil qilish 
uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Viloyatning chala cho’l va cho’l hududlari ham 
esa   o’ziga   xos   hayvonat   va   o’simlik   dunyosiga   ega.   Ularda   sudralib   yuruvchilar 
turkumidan   turli   xil   zaharli   ilonlar,   cho’l   toshbaqalari,   qushlardan   to’rg’ay, 
qarchig’oy,   sut   emizuvchilardan   sariq   sassiq   ko’zan,   kabilar   uchraydi.   Mazkur 
hududlar o’simlik va hayvonat dunyosiga qiziquvchi  ekoturizm  ishqivozlari uchun 
yangi turistik marshrutlarni tashkil etishni talab qiladi. 
Agroturizmni ma’lum bir mintaqaning o’ziga xos dehqonchilik va chorvachilik 
mahsulotlarini yetishtirish jarayonini ko’rsatish maqsadida tashkil etish mumkin. Bu 
tajriba   Yevropaning   bir   qancha   davlatlarida   rivojlangan.   Masalan,   Fransiya   va 
Portugaliya mamlakatlarida uzumni yetishtirishdan boshlab, undan turli ichimliklar 
olishgacha   bo’lgan   bir   butun   jarayon   tur   sifatida   taklif   etilgan.   Xuddi   shunday 
jarayonlarni   mamlakatimizda   ham   rivojlantirish   imkoniyatlari   keng. 
Mamlakatimizning xalqaro darajada ixtisoslashgan tarmog’i hisoblangan paxtachilik 
tarmog’ida ham bir qancha turlarni ishlab chiqish mumkin. Bu jarayonni quyidagi 
ketma - ketlikda amalga oshirsa bo’ladi:
59



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish