Islomxo’ja
madrasasi va
minorasi
XX asr boshlarida qurilgan Islomxo’ja madrasasi va minorasi Xivaning
dovrug’ini olamga taratgan. Uni yaratish tashabbuskori va homiysi
Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxo’ja bo’lgan. Minora Xivaning
faxridir. Islomxo’ja o’z davrining fan, madaniyat, texnika yangiliklariga
g’oyat qiziquvchi davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng rivojlangan
davlatlari qatorida ko’rishni istar, Vatanii tashqi dunyo bilan bog’lashga
intilar, ilg’or g’oyalar bilan to’lib-toshgan inson edi. U Xiva qadimiy
obidalarini saqlash, ta’mirlash ishlariga ham katta g’amxo’rlik ko’rsatgan.
Xonlikni idora etishdagi xizmatlari uchun “Vaziri 109kbar “ unvoni berilgan.
U Xivada pochta va telegraf binosi, Nurullaboy saroyi, maktab va kasalxona
qurdirgan.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |