Bibixonim
masjidi
XIV - XV asrlar. Amir Temur 1399-1404 yillari qurdirgan. Zilzilalar
ta’sirida masjidning ko’p qismi yemirilib, faqat shimoliy-g’arbiy minoraning
pastki qismi saqlanib qolgan. Amir Temurning katta xotini Bibixonim
Chig’atoy ulusi xoni - Qozonxonning qizidir. U barcha malikalardan ulug’
hisoblanib, "Katta xonim" yoki "Bibixonim", degan unvonga loyiq bo’lgan.
Bibixonim zamonasining yuksak idrokli, tadbirli, maslahatgo’y, yetuk aql-
zakovatli ayollaridan edi. Ilm-ma’rifatga alohida e’tibor berib, tolibi ilmlarga
homiylik qilgan, shaxsiy mablag’i hisobidan ulkan madrasa qurdirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |