Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi sohasidagi



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1

Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi sohasidagi 
O’zbekiston Respublikasi qonunlari
Aholi va hududlarni  favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning 
qonuniy asosining O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston 
Respublikasi   Prezidentining   Farmonlari.   O’zbekiston   Repsublikasi 
qonunlari,   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   va   Favqulodda   vaziyatlar 
vazirligining ko’rsatmasi va buyruqlari tashkil etadi.
Fikrimizning  to’laligini rasm 2.1da keltirilgan mavjud huquqiy va 
me’yoriy hujjatlarning umumiy turlaridan ko’rish mumkin.
Albatta, ushbu turlarga bo’llash, mavjud huquqiy-me’yoriy hujjatlar 
asosida bajarilgan bo’lib, bunda eng asosiylarining turlari keltirilgan.
Mustaqillik  kunlaridan   boshlab   yurtimizda   yaratilgan   huquqiy-
me’yoriy hujjatlarning asosiylarini ko’rib chiqamiz.
Vatanimiz  Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat 
tufayli   inson   manfaati,   inson   qadriyati   eng   oldingi   o’rindadir.   Asosiy 
Qomusimiz bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosini 
ham inson, uning qadr-qiymati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, 
yashashga bo’lgan huquqi Konstitusiya bilan muhofaza qilinadi.
Asosiy Qomusimizda xavfsizlik, fuqarolar muhofazasi masalalariga 
ham   o’rin   berilgan.   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   93-
moddasida shunday deyiladi:
19


20
Huquqiy va me’yoriy texnikaviy hujjatlar
Huquqiy hujjatlar
Me’yoriy texnikaviy 
hujjatlar
Hududiy va 
funksional 
podsistema
Standartlar 
Me’yor va 
qoidalar
O’zbekiston 
Respublikasi
1.O’zbekiston
Respublikasi
qonunlari
2. Prezident
farmonlari
3. Hukumat
qarorlari
Hokimiyatlar 
rahbarlik
hujjatlari
1. Davlat 
standartlari 
(GOST):
a) FV da kompleks 
xavfsizlik standarti;
b) mehnat 
xavfsizligi sistemasi 
standarti;
v) hududiy tabiatni 
himoyalash 
standarti.
2. Tarmoq standarti 
(OST)
1. Sanitariya 
qoidalari.
2. Sanitariya 
qoida va 
normalari.
3. Radiasion 
xavfsizlik 
normalari.
4. Qurilish 
me’yorlari va 
qoidalari


Rasm 1.2 . Huquqiy va me’yoriy hujjatlar umumiy turlari.
O’zbekiston  Respublikasi   Prezidenti   favqulodda   vaziyatlar   (real 
tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) 
yuz   bergan   taqdirda   fuqarolarning   xavfsizligini   ta’minlashni   ko’zlab, 
O’zbekiston Respublikasining  butun hududida yoki uning ayrim joylarida 
favqulodda  holat  joriy   etadi,  qabul   qilgan  qarorini  uch   kun  mobaynida 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig’iga kiritadi. Favqulodda 
holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
Oliy 
Majlisining   vakolatlariga   O’zbekiston   Respublikasi 
Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda 
holat   joriy   etish,   uning   muddatini   uzaytirish   va   to’xtatish   to’g’risidagi 
farmonlarini tasdiqlash kiradi (78-modda).
Mahalliy  hokimiyat   organlarning   Konstitusiyamiz   tomonidan 
belgilangan vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi:
-   qonuniylikni,   huquqiy-tartibotini   va   fuqarolarning   xavfsizligini 
ta’minlash;
-   mahalliy   byudjetni   shakllantirish   va   uni   ijro   etish,   mahalliy 
soliqlar, yig’imlar belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalar hosil qilish;
- atrof muhitni muhofaza qilish (100-modda).
So’nggi  yillarda   Oliy   Majlis   tomonidan   yangi   asrda   aholining 
xavfsizligini   kafolatlovchi,   fuqarolar   mas’uliyati   va   jamiyat 
taraqqiyotining  huquqiy  zaminini belgilovchi  bir nechta  qonunlar qabul 
qilingan.   «Gidrotexnik   inshootlar   xavsizligi   to’g’risida»,   «Odamning 
21


immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini 
olish   to’g’risida»,   «Aholini   va   hududlarni   tabiiy   hamda   texnogen 
xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida», «Fuqaro 
muhofazasi   to’g’risida»gi,   «Qishloq   xo’jalik   o’simliklarini 
zararkunandalar,   kasalliklar   va   begona   o’tlardan   himoya   qilish 
to’g’risida»,   «Radiasiyaviy   xavfsizlik   to’g’risida»,   «Terrorizmga   qarshi 
kurash to’g’risida»gi qonunlar  shular jumlasidandir.
Yuqorida sanab o’tilgan qonunlar ichida 1999 yil 20 avgustda qabul 
qilingan   «Aholini   va   hududlarni   tabiiy   hamda   texnogen   xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi qonun faqulodda 
vaziyatlardan   muhofaza   qilish   sohasidagi   asosiy   hujjatlardan   biri 
hisoblanadi.
Qonun  5 ta bo’lim va 27 moddadan iborat bo’lib, ular mantiqan 
aholini   va   hududlarni   favqulodda   vaziyatlardan   muhofaza   qilish 
muammolarining mohiyatini ochib beradi.
I  bo’lim   «Umumiy   qoidalar»   deb   nomlanib   o’z   ichiga   1-5-
moddalarni oladi. Ularda qonunning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar 
bo’yicha   asosiy   tushunchalar,   qonun   hujjatlari,   muhofazaning   asosiy 
prinsiplari va axborot qanday bo’liщi lozimligi ko’rsatib berilgan.
Favqulodda  vaziyatlardan   muhofaza   qilishning   asosiy   tamoyillari 
insonparvarlik,   inson   hayoti   va   sog’ligining   ustuvorligi:   oshkoralik; 
axborotning   o’z   vaqtida   berilishi   va   ishonchli   bo’lishi;   favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko’rilishidan iborat.
II bo’lim – «Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta’minlash 
tizimi» - 6-14-moddalar. Unda muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, 
22


ularning vazifalari haqida so’z yuritiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini 
olish   va   bunday   vaziyatlarda   harakat   qilish   davlat   tizimi,   Vazirlar 
Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy 
hokimiyat   organlarining   vakolatlari,   korxonalar,   muassasalar, 
tashkilotlarning majburiyatlari belgilab berilgan, ilk bor fuqarolar o’zini 
o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalarining ishtiroki ko’rsatilgan.
Favqulodda  vaziyatlardan   muhofaza   qilish   bo’yicha   maxsus 
vakolatli   davlat   boshqaruvi   organi   Favqulodda   vaziyatlar   vazirliging 
vazifalari 8-moddada keltirilgan.
«Fuqarolarning   huquq   va   majburiyatlari»   deb   nomlanuvchi   III 
bo’lim  15-19-moddalarni   o’z   ichiga   oladi   va   qonunning   asosiy   bo’limi 
hisoblanadi. Chunki ushbu qonun umuman aynan insonni, uning hayotini, 
salomatligini   va   shaxsiy   mulkini   muhofaza   qilishga   qaratilgan.   Bu 
bo’limda   shaxs,   jamiyat   va   davlat   manfaatlari   uzviy   birlikda   ko’rib 
chiqilgan.
Bo’limning 
18-19-moddalari   mutaxassislarni   favqulodda 
vaziyatlarda   harakat   qilishga   tayyorlash   va   muhofaza   sohasidagi 
bilimlarning targ’iboti masalalariga bag’ishlangan. 
20-25-moddalar qonunning   IV  bo’limini  tashkil  etadi.  Bu  bo’lim 
«Favqulodda   vaziyatlarni   bartaraf   etish»ga   bag’ishlangan   bo’lib, 
favqulodda   vaziyatlarni   bartaraf   etish   uchun   zarur   bo’lgan   kuch   va 
vositalar, favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalar chegarasi, qo’shimcha 
kuch va vositalar qayerdan olinadi kabi savollarga javob beradi.
«Yakunlovchi qoidalar» deb nomlanuvchi V bo’lim moliyaviy va 
moddiy   resurslarning   zaxiralarini   barpo   etish   va   ularning   foydalanish 
23


tartibini belgilaydi. Bu yerda shuningdek aholini va hudadlarni favqulodda 
vaziyatlardan   muhofaza   qilish   sohasidagi   qonunini   buzganlik   uchun 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar javobgar bo’lishlari ta’kidlab 
o’tilgan.
Ma’lumki,   Respublikamizda   mavjud   bo’lgan   gidrotexnik 
inshootlarda avariya halokat yuz bergudek bo’lsa, aholi hududlarimizda 
ma’lum   miqdorda   xavf   tug’dirishi   mumkin.   Shu   sababli   O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida qabul qilingan qonunlardan 
yana   biri   «Gidrotexnika   inshootlarining   xavfsizligi   to’g’risida»   deb 
nomlanadi.
Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu qonuning maqsadi gidrotexnika 
inshootlarini   loyihalashtirish,   qurish,   foydalanishga   topshirish,   ularni 
rekonstruksiya   qilish,   konservasiyalash   va   tugatishda   xavfsizlikni 
ta’minlash   bo’yicha   faoliyatni   amalga   oshirishda   yuzaga   keladigan 
munosabatlarini tartibga solishdan iborat.
Qonuning  15   moddasida   gidrotexnika   inshootlarning   xafvsizligi 
to’g’risida qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan shaxslar qonunda 
belgilangan tartibda javobgar bo’lishlari belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston  Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan   2000   yil   26 
mayda qabul qilingan «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonun «Aholini 
va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilish to’g’risida»gi qonundan farqli o’laroq harbiy harakatlar 
olib   borish   davri   masalalariga   bag’ishlangan.   Ushbu   qonun   fuqaro 
muhofazasi   sohasidagi   asosiy   vazifalarni,   ularni   amalga   oshirishning 
huquqiy   asoslarini,   davlat   organlarining,   korxonalar,   muassasalar   va 
24


tashkilotlarning   vakolatlarini   O’zbekiston   Respublikasi   fuqarolarning 
huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va 
vositalarini belgilaydi.
Qonun  5   bo’lim   va   23   moddadan   iborat.   I   bo’lim   –   «Umumiy 
qoidalar»   -   beshta   moddani   o’z   ichiga   olib,   bu   moddalarda   fuqaro 
muhofazasining  asosiy tushunchalari, vazifalari,  qonun  hujjatlari, ushbu 
qonunni   buzganlik   uchun   javobgarlik   va   xalqaro   hamkorlik   to’g’risida 
ma’lumotlar berilgan.
  Qonuning   4-moddasi   fuqaro   muhofazasi   qonun   hujjatlarini 
buzganlikda aybdor shaxslar javobgar bo’lishlarini belgilab beradi.
«Fuqaro   mahofazasiga   rahbarlik   qilish,   davlat   organlarini   va 
tashkilotlarining   fuqaro   muhofazasi   sohasidagi   vakolatlari»   deb 
nomlangan   II   bo’lim  7   ta   moddadan   iborat   bo’lib   6-12-moddalarni   o’z 
ichiga oladi. Bo’limning asosiy maqsadi fuqaro mahofazasiga rahbarlikni 
amalga oshiruvchi fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat 
organi,   vazirliklar,   idoralar,   mahalliy   hokimiyat   organlari,   tashkilotlar, 
fuqarolarning  o’zini  o’zi boshqarish  organlarining  vazifalari  nimalardan 
iborat degan savollarga javob berishdan iborat.
6-moddada   O’zbekiston   Respublikasida   fuqaro   mahofazasiga 
umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga 
oshirish   va   O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   vaziri   mamlakat   fuqaro 
muhofazasi   boshligi   hisoblanishi   ko’rsatilgan.   Qoraqalpog’iston 
Respublikasi   Vazirlar   Kengashining   Raisi,   viloyatlar,   tumanalar   va 
shaharlar hokimlari, vazirlik, idoralar va tashkilotlar rahbarlari tegishlicha 
fuqaro mahofazasi boshliqlari hisoblanadilar.
25


Fuqaro 
mahofazasi   sohasidagi   fuqarolarning   huquq   va 
majburiyatlari   III   bo’limda   keltirilgan.   Fuqarolar   o’z   huquq   va 
majburiyatlarini amalga oshirish uchun fuqaro mahofazasi sohasida yetarli 
bilimga ega bo’lishlari zarur. Shu sababli ham ularni fuqaro muhofazasi 
sohasida   o’rgatish   16-modda   bilan   umumiy   va   majburiy   deb   belgilab 
qo’yilgan.
IV bo’lim – «Fuqaro muhofazasi xizmatlari va muhofaza kuchlari» - 
fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur xizmatlar va 
kuchlar, tuzilmalarning tarkibini aniqlab beradi.
18   yoshdan   60   yoshgacha   bo’lgan   erkaklar,   18   yoshdan   55 
yoshgacha   bo’lgan   ayollar   ba’zi   hollarni   mustasno   qilgan   holda   fuqaro 
muhofazasi tuzilmalari tarkibiga qabul qilinadilar va qidiruv ishlarini olib 
borish,   tibbiy   yordam   ko’rsatish   yong’inlarning   tarqalishiga   yo’l 
qo’ymaslik,   jamoat   tartibini   saqlash   kabi   tuzilmalar  tarkibida   harakatga 
qo’yiladilar.
V bo’lim «Fuqarolar muhofazasini moliyaviy ta’minlash. Fuqarolar 
muhofazasi   obyektlari   va   mol-mulki»   deb   nomlangan.   Bu   bo’limda 
fuqarolar   muhofazasini   moliyalash,   fuqaro   muhofazasi   qo’shinlarining 
asosiy fondlari, obyektlari va mol-mulki  masalasi ko’rib chiqilgan.
O’zbekiston  Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan   2000   yil   31 
avgustda   qabul   qilingan   qonunlar   orasida   «Radiasiyaviy   xavfsizlik 
to’g’risida»gi   qonun   alohida   o’rin   tutadi.   Ushbu   qonuning   maqsadi 
radiasiyaviy   xavfsizlikni   fuqarolar   hayoti,   sog’lig’i   va   mol-mulki, 
shuningdek,   atrof-muhitni   muhofaza   qilishni   ta’minlash   bilan   bog’liq 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
26


Ushbu qonun 5 bo’lim va 28 moddadan iborat bo’lib, ularda asosiy 
tushunchalarga   ta’rif   berilgan,   radiasiyaviy   xavfsizlikni   tartibga   solish, 
radiasiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga quyiladigan talabalar, radiasiyaviy 
avariya sodir bo’lganda radiasiyaviy xavfsizlikni ta’minlash kabi masalalar 
ko’rib chiqilgan.
«Radiasiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga doir talabalar» III bo’limda 
(12-22-moddalar) keltirillgan.
Oxirgi  vaqtlarga   yuzaga   kelgan   ayrim   vaziyatlar   Respublikamiz 
hududida terroristik aktlar ham sodir bo’lishi mumkinligini ko’rsatib berdi. 
Respublikamiz hukumati aholi xavfsizligini ta’minlash uchun 2000 yil 15 
dekabrda «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida»gi qonunni qabul qildi.
Qonun  «Umumiy   qoidalar»,   «Davlat   organlarining   terrorizmga 
qarshi   kurash   sohasidagi   vakolatlari»,   «Terrorchilikka   qarshi 
operasiyaning   o’tkazilishi»,  «Terrorchilik   harakati   oqibatida   yetkazilgan 
zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitasiya» hamda 
«Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va 
ijtimoiy   muhofazasi»   deb   nomlanuvchi   5   bo’limdan   iborat   bo’lib,   31 
moddani o’z ichiga oladi.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish