Moddiy texnik ta’minot xizmatlari va organlari
FM tadbirlarini olib borishni moddiy ta’minlash uchun quyidagi
xizmatlar ishlatiladi:
1.
Savdo va oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmati;
2.
Moddiy texnik ta’minot xizmati;
3.
Yoqilg’i, moylash materiallari bilan ta’minlash xizmati.
Savdo va oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmati kooperativ savdosi
tegishli organlari, umumiy ovqatlanish boshqarmasi va uning tarkibidagi
restoranlar, oshxonalar, savdo korxonalari, baza va omborlar negizida
tashkil etiladi. Bu xizmatning vazifalari:
- shaxsiy tarkibni issiq ovqat yoki suxoy payok bilan ta’minlash;
sanitariya yuvish punktlari va 1-chi tibbiy yordam otryadlarini almashib
kiyiladigan kiyim bosh, ich kiyim va poyabzal bilan ta’minlash; FV
sharoitida ishlaydigan korxanalarni eng ko’p sonli smenalari uchun,
boshqarish punktlarining va aloqa uzellarini shaxsiy tarkibi uchun 3 kunlik
oziq-ovqat zaxirasini g’amlab qo’yish; oziq-ovqat, buyum va boshqa mol-
mulklar zaxirasini radioaktiv va ZM dan muhofaza qilish tadbirlarini
o’tkazish.
Bu xizmat boshlig’i xizmatni tezlikda boshqarish uchun quyidagi
guruhlarni tashkil etish mumkin:
- tezkor rejalashtirish va oldindan ta’minlash guruhi;
160
- ko’chirish (evakuasiya) guruhi;
- barqarorlik (chidamlilik) guruhi;
- aloqa va boshqarish guruhi;
- ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilish guruhi;
- moddiy va shaxsiy muhofazalanish bilan ta’minlash guruhi.
Tashkil etilgan guruhlarning har biriga sharoitga qarab aniq
vazifalar yuklatiladi va ular quyidagilardan iborat:
a) tezkor rejalashtirish va oldindan ta’minlash guruhiga:
- FM ahvolini yaxshilash yuzasidan rahbariyat hujjatlarini
rejalashtirish va ishlab chiqiщ, sharoit haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va
umumiylashtirish, FM tadbirlarini ta’minlashni tashkil etish yuzasidan
takliflar tayorlash;
- xizmat tuzilmalarini hisobga olib borish;
- rejalash, tezlik bilan bajarilishi zarur bo’lgan va hisobot hujjatlari
loyihalarini tayorlash;
- xizmat kuchlari va vositalari boshqarilishni, shuningdek FM
boshqa xizmatlari bilan o’zaro hamkorlikni tashkil etish av amalga
oshirish;
- xizmat obyektlari bardoshligini oshirish masalalarini ishlab
chiqish;
- xizmat tuzilmalarini sonini, texnik ahvolini, jihozlanganligini,
shuningdek ushbu xizmat ishchi va xizmatchilari shaxsiy muhofaza
vositalarini hisobga olib borish.
b) ko’chirish (evakuasiya) guruhiga:
161
- evakuasiya qilinishi yoki taqsimlanishi kerak bo’lgan ishchi
xizmatchilar, ular oila a’zolarini hisobga olib berish;
- obyektlardagi evakuasiya qilinishi kerak bo’lgan odamlar ro’yxati
tuzilib borishini nazorat qilish;
- ishchi, xizmatchilar, ular oila a’zolarini evakuasiya bo’ladiganlar
yig’ilish punktlari (EYP)ga yig’ilishni tashkil etish va ularni evakuasiya
qilishga rahbarlik qilish;
- xizmtalarni oziq-ovqat mahsulotlarni, masalliqlarni va boshqa
moddiy vositalarni bo’lib-bo’lib yuborish va evakuasiya qilish.
v) barqarorlik (chidamlilik) guruhiga :
- obyektning ishlashi barqaror bo’lishi o’rganishga qaratilgan
ishlarni va tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;
- obyektlar ishlashi natijalarini tahlil etish, umumiylashtirish va
barqarorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish;
- xizmat obyektlari va boshqarish tizimi ishlashi barqarorligini
oshirish tadbirlarini rejalashtirish.
g) aloqa va boshqarish guruhiga:
- xizmatning xabar berish va obyektlar bilan aloqa qilish rejasini
ishlab chiqish, unga tuzatishlar kiritib borish;
- boshqarish va aloqa vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish;
- boshqarish punktlari ish qoidalarini, rejimini ishlab chiqish va ular
bajarilishini nazorat qilish;
- tinchlik va urush harakatlari paytida xizmat obyektlariga rahbarlik
qilishni o’rganish, takomillashtirish.
d) ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilish guruhiga:
162
- mavjud pana joylar, yashirinish joylarini hisobga olib borish,
ularni radiasiyadan yashirinish joylariga moslashtirish uchun tadbirlarni
bajarish, ularni qurilishini nazorat qilish;
- xizmatga tegishli obyektlarda FM shaylik holati o’rnatilgan zahoti
obyektlardagi yetishmay turgan yashirinish joylari qurilishiga rahbarlik
qilish va uni nazorat qilish.
ye) moddiy va shaxsiy muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash
guruhiga:
- ko’chma tuzilmalarni texnik va moddiy jihozlanishni tashkil etish,
ularni oziq-ovqat va mol-mulk zaxiralari bilan to’ldirib borilishini
rejalashtirish;
- xizmat va ko’chma tuzilmalarni FM vazifalarini bajarishi qanday
bo’layotganligi nazorat qilish;
- harbiy xarakatlar vaqtida toifalangan shaharlarga keladigan yuklar
manzilini o’zgartirib, yangi joyga yuborish;
- moddiy boyliklarni normadan ortiq zaxiralarini toifalangan
shaharlardan tashqari zonaga transportda tashishini tashkil etish.
Moddiy texnik ta’minot xizmati. FM vazifalarini bajarishga jalb
qilingan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish tadbirlarini amalga
oshirishdan, shikast o’chog’larida ishlayotgan harbiylashmagan tuzilmalar
vaqtida ta’minlashning tashkil etishdan iborat. Bunda FM tuzilmalari
shaxsiy muhofaza vositalari, maxsus asboblar va texnika qurilish
materiallari, degozasiya moddalari va maxsus kiyim bilan o’z vaqtida
to’liq ta’minlanadi.
Ushbu xizmat vazifalari;
163
- ta’minot bazalari, omborlar tarmog’larni takomil-lashtirish,
kengaytirish;
- moddiy vositalarini OQQdan muhofaza qilish usullarini
takomillashtirish;
- FM tuzilmalari shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositalari,
kimyoviy razvedka va dozimetrik nazorat asboblari bilan ta’minlash.
- mahalliy moddiy resurlarini tashish, hisobga olish, shahardan
tashqari zonada moddiy zaxiralar va texnik vositalar tashkil etish;
- xizmat shaxsiy tarkibini alohida sharoitdagi hatti-harakatlarga
tayorlash;
- bazalarning, omborlarning zaharlanganlik darajasini nazorat qilish
hamda ularni zaharsizlantirish ishlarini olib borish;
- xizmat kuch va vositalarini FM tadbirlarini moddiy ta’minla
vazifalarini hal etishga tayorlash.
FM tadbirlarini ta’minlash uchun MTT xizmatiga tegishli kuch va
vositalar baza, ombor, do’kon va obyektlar noharbiy tuzilmalaridan iborat
bo’lib ular tarkibida:
- mexanizasiya va yuk ortish-tushirish bo’limi;
- yuk tashish uchun avtomobil karvonlari tashkil etilishi mumkin.
FMni yonilg’i moylash materiallari (YoMM) bilan ta’minlash
xizmatini vazifalari hal etishga jalb qilingan maxsus texnika va transportni
YoMM bilan to’liq va vaqtida ta’minlashdan iborat.
FMni YoMM bilan ta’minlash xizmatlari tegishli shahar, tuman
hokimligining qaroriga asosan tashkil etiladi. YoMM bilan ta’minlash
xizmatini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
164
- o’ziga qarashli obyektlardagi ishchi va xizmatchilarni, uskuna va
moddiy boyliklarni OQQ dan muhofaza qilish;
- xizmatlarning obyektlarda ishlashi barqarorligini oshirish, ularda
FM harbiylashmagan tuzilmalarni tashkil etishga rahbarlik qilish, ularni
tayyorligi va shayligini nazorat qilish;
- FM tadbirlari uchun va xalq xo’jaligi shoshilinch ehtiyojlari uchun
zarur neft mahsulotlarini belgilangan zaxiralarini yaratish, saqlash va FM
tadbirlarini YoMM bilan uzluksiz ta’minlash;
- FM tadbirlarini ta’minlashga xizmatning kuch va vositalarini va
shuningdek ko’chma tuzilmalarini tayyorlash;
- FM va urush vaqtida neft bazalari xo’jaligi ishonchli
boshqarilishini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xizmatning obyektlarida shoshilinch maxsus avariya qayta tiklash
ishlari o’tkazilishini ta’minlash.
FM tadbirlarini YoMM bilan ta’minlash xizmatining kuch va
vositalariga neft bazalari, ularning filliallari va YoMM omborlari;
avtoyonilg’i qo’shish shoxobchalari; ko’chma avtoyonilg’i qo’yish
shoxobchalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |