Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Fanning asosiy tushunchalari



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1

Fanning asosiy tushunchalari
Har  bir   fanning   o’zining   asosiy   atamalari   va   tushunchalari 
bo’lganiday,   favqulodda   vaziyatlarda   fuqaro   muhofazasi   fanining   xam, 
huquqiy-me’yoriy   hujjatlarida   o’z   o’rnini   topgan,   hozirda   bir   tizimga 
keltirilgan   asosiy   tushunchalari   mavjud.   Bu   asosiy   tushunchalar   tizimi 
O’zbekiston   Standartlashtirish,   metrologiya   va   sertifikatlashtirish   davlat 
markazining maxsus qaroriga muvofiq tasdiqlangan va amal qilish uchun 
joriy etilgan. Bundan maqsad qabul qilingan asosiy tushunchalar, atamalar 
va   ularning   ta’riflari   turli   hujjatlarda,   ilmiy   ommabop,   hamda   o’quv 
adabiyotlarda bir xilda qo’llanilish va tushunishini ta’minlashdan iborat.
13


Mazkur favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi fanining asosiy 
tushunchalar   tizimi   uch   qismdan   iborat   bo’lib,   favqulodda   vaziyatlar 
oqibatlarini tugatish, hamda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish 
va   harakat   qilish   davlat   tizimi   tashkiliy   strukturasining   atamalari   va 
ta’riflarini mujassamlashtirilgan.
Quyida  biz   ana   shu   qabul   qilingan   asosiy   tushunchalarni   ko’rib 
chiqamiz.
1.   Favqulodda   vaziyat   (FV)   deganda   odamlar   qurbon   bo’lishi, 
ularning sog’lig’i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy 
talafotlar keltirib chiqarish hamda odamlar hayot sharoitini izdan chiqishga 
olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiat 
hodisa,   yoki   boshqa   tabiat   ofat   natijasida   muayyan   hududida   yuzaga 
kelgan vaziyat tushuniladi.
Kelib  chiqish   sabablari   bo’yicha   ular   tabiat,   texnogen,   ekologik, 
harbiy va ijtimoiy bo’lishi mumkin.
2.   Favqulodda   vaziyatlarning   oldini   olish   –   deganda,   oldindan 
o’tkazilib,   favqulodda   vaziyatlar   ro’y   berishi   xavfini   imkon   qadar 
kamaytirishga, binoan, bunday vaziyatlar ro’y bergan taqdirda esa odamlar 
sog’lig’ini saqlash, atrof tabiat muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy 
talofatlar   miqdorini   kamaytirishga   qaratilgan   tadbirlar   kompleksiga 
tushuniladi.
Bunga  eng   avval,   oldindan   sinalgan,   tajribada   ko’rilgan   chora-
tadbirlar   qo’llaniladi.   Ayniqsa   oldindan   bashoratlash,   axborotini   berish, 
bo’ladigan   vaziyatlarni   oldini   olishga   davlatlar   katta   mablag’lar   sarflab 
e’tibor berib kelishiyapti.
14


3.   Favqulodda   vaziyatlarni   bartaraf   etish   –   deganda,   favqulodda 
vaziyatlar ro’y berganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, 
atrof   tabiiy   muhitga   yetadigan   zarar   va   moddiy   talafotlar   miqdorini 
kamaytirishga,   shuningdek   favqulodda   vaziyatlar   ro’y   bergan   zonalarni 
xalqaga olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv 
ishlari kechiktirib bo’lmaydigan boshqa kompleks ishlarga tushuniladi.
Albatta,  bunda  yuz bergan   vaziyatda,   eng   avval  shu  vaqtda,   shu 
yerda yoki yaqinida bo’lgan ushbu ishni tushungan matonatli kishilarning 
vaziyatni bartaraf etish uchun harakat qilishlari lozim.
Ammo,   Respublikamizda  bunday   vazifalarni   ado   etuvchi   maxsus 
bo’linmalar mavjudki, bular favqulodda vaziyatning turiga qarab doimiy 
shay-tayyor   holatda   bo’ladilar.   Sodir   bo’lgan   favqulodda   vaziyat 
o’chog’iga   birinchi   bo’lib   aynan   shu   bo’linma   mutaxassislari   yetib 
kelishadi va ushbu ishlar bilan shug’ullanishadi.
4.  Favqulodda   vaziyatlarni   oldindan   bashorat   qilish   –   deganda 
favqulodda vaziyat yuzaga kelishining ehtimol bo’lgan sabablarini, uning 
ilgarigi va hozirgi manbaini tahlil qilish asosida favqulodda vaziyat yuzaga 
kelishi ehtimolini va rivojlana borishni oldinroq aks ettirishga tushuniladi.
Bu  bashoratlash   uzoq   muddatli,   qisqa   muddatli   hamda   tezkor 
bo’lishi mumkin, bu favqulodda vaziyatlar xususiyatiga va sodir bo’lishi 
vaqtiga bog’liqdir.
Masalan: tabiiy xususiyatli FV aksariyat uzoq muddatli bo’lib xarita 
ko’rinishida   bo’ladi,   texnogen   xususiyatdagisi   obyektning   joylashgan 
o’rni,   faoliyati,   ishlab   chiqarish   mahsuloti   turi,   miqdoriga   qarab   hisob 
kitob qilinadi.
15


5. Favqulodda vaziyatlarda ogoh bo’lish – deganda, atorof tabiiy va 
potensial   xavfli   obyektlarning,   favqulodda   vaziyat   manbalari   paydo 
bo’lishini   oldindan   bashorat   qilish   va   profilaktika   qilishning   ahvolini 
kuzatish   va   nazorat   qilishni   tashkil   etilishiga,   shuningdek   favqulodda 
vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, 
muhandislik     texnikaviy,   ekologik   muhofaza   sanitariya-gigiyena, 
sanitariya-epidemiologik va maxsus tadbirlar majmuasiga tushuniladi.
6. Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish – deganda muayyan 
hudud   yoki   potensial   xavfli   obyektda   aholini   va   moddiy   boyliklarni 
favqulodda   vaziyat   manbalarining   shikastlovchi   omillari   va   ta’siridan 
muhofaza   qilish   uchun,   shuningdek   favqulodda   vaziyatlari   tugatishda 
boshqaruv organlari, kuch va vositalarining samarali faoliyatini ta’minlash 
uchun   sharoit   yaratuvchi   oldindan   o’tkaziladigan   tadbirlar   majmuasiga 
tushuniladi.
7. Aholini evakuasiya qilish – bu favqulodda vaziyat zonalaridan 
yoki ehtimol bo’lgan  favqulodda  vaziyat zonalaridan  aholini  piyoda va 
transportda   uyushqoqlik   bilan   olib   chiqish,   shuningdek   evakuasiya 
qilinganlarni   joylashtirish   manzillarida   turmush   kechirishni   ta’minlash 
tadbirlari majmuasiga tushuniladi.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish