KIRISH
Mehmonxona biznesi shiddat bilan rivojlanayotgan sohadir. Hozirda mamlakatimizda xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy mehmonxonalar soni ko‘payib bormoqda. Xizmatlar assortimenti va ularni taklif etish masalasida istemolchilar ehtiyoji, talabning kundan-kunga o‘zgarib, takomillashib borishi hozirda faqatgina yaxshi mehmonxonaning o‘zi kifoya emasligini isbotlamoqda.
Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni o‘rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. Iste’molchining talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar va xizmatlarni sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar raqobatli xizmatlar bozorida samarali marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentatsiyasi iste’molchilarning talabiga muvofiq xizmatlarni taklif etilishini va talabning qat’iyligini ta’minlaydi. Mehmonxona bozorini segmentlash natijasida maqsadli bozori iste’molchilarini aniqlash muammolari mazkur bitiruv malakaviy ishning dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti – “Grand Samarkand” mehmonxonasining maqsadli bozori hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti – mehmonxona xizmatlari bozorini segmentlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuasidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – mehmonxona xizmatlari bozorini segmentlash yordamida mehmonxonaning potensial iste’molchilarini aniqlashdir.
Bitiruv malakaviy ishda belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi va amalga oshirildi:
turizm xizmatlar bozorida talab va taklifning shakllanishini o‘rganish;
bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning xususiyatlarini ko‘rib chiqish;
bozor segmentatsiyasi turlarini o‘rganish;
bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillarini tahlil qilish;
“Grand Samarkand” mehmonxonasining maqsadli bozor segmentlarini tanlash;
“Grand Samarqand” mehmonxonasi iste'mol bozorini segmentlash bosqichlarini ko‘rib chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati – mehmonxona xizmatlari bozorini segmentlashdan olingan natijalar asosida mehmonxona rahbariyati uchun takliflar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi: kirish, uchta bob, xulosalar, takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishda ........ jadvallar, ...... rasm va grafiklar, ..... adabiyotlar ro‘yxati keltirildi. Ishning hajmi ..... bet bo‘lib kompyuterda sahifalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |