faqatgina ekskursiya maqsadlarida emas, balki yer ostidagi tabiat
yaratgan o‘ta o‘ziga xos iqlimda davolanish maqsadalarida ham
foydalaniladi. Bunga misol qilib, Alp tog‘idagi eski oltin qazib
olinadigan shaxtadagi Bad Gastoyi joyini ko'rsatish mumkin
(yuqori harorat va yuqori namlikdagi radion ingalatsiyasi).
G‘orlarga tashrif - g'orshunoslik turizmi va ekskursiyaning
keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanib, faqatgina Gretsiyada
turistlar tashrif buyurishi mumkin boMgan 3500 ga yaqin g‘orlar
mavjud. Ulkan g‘orlar nafaqat Meksika, AQSH, Janubiy Afrika,
Rossiya va boshqa davlatlarda, balki o‘zimizda ham mavjud.
Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasi tog‘ tizmalari hamda
hududlarida turli xildagi va ma’lum davrga xos 400 dan ortiq g‘orlar
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |