Ekskursiya xizmatining umumiy
xususiyatlariga
quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin39:
• davomiyligi (bir akademik soatdan (45 daqiqa) bir sutka-
gacha);
• ekskursantlaming mavjudligi (guruh yoki yakka);
• ekskursiya rahbari
- gidning mavjudligi;
• ko‘rgazmaliligi, tomoshabin qabul qilishi, ekskursiya ob-
yektlarining
mavjudligi;
• guruh harakatlanadigan oldindan tuzilgan ekskursiya marsh-
rutining mavjudligi;
• obyektlar namoyishining maqsadliligi, aniq mavzuning mav
judligi;
• guruhning faolligi (kuzatuv, o‘rganish, obyektlami tadqiq
qilish).
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlaming birortasi boMmasa,
jarayon ekskursiya hisoblanmaydi. Ekskursiya xizmati xususiyat-
larining mazmuni uning mohiyatini to‘g‘ri talqin etish imkonini
beradi. Ko‘rsatiladigan obyektlaming kengligi, ko‘p rejali mavzu,
ekskursiya xizmati uslubining puxtaligi, gidning mahorati ekskur-
siyada shaxsning shakllanishiga yordam beruvchi aniq funksiyani
bajarishi imkonini beradi.
Har bir madaniy - ma’rifiy ishlar shakli o‘zining farq qiluvchi
xususiyatlariga ega. Ekskursiya xizmatining asosiy xususiyati -
yuqori darajadagi ko‘rgazmaliligidir. Ta’kidlash joizki, yuqorida sa
nab o‘tilgan xususiyatlar har bir ekskursiya xizmati uchun zarurdir.
Ekskursiya xizmatlari ham o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda tasniflanadi. Ekskursiya xizmatini
tasniflash masalasi
har doim soha mutaxassislarinmg diqqat markazida bo‘lib. bu
muammoni yechishda o‘tgan asming 20-yillarining oxirida harakat
qilishdi. Ekskursiyachi olim V.A. Gerd ekskursiya xizmati shakl-
larini tasniflashning o‘z variantida ekskursiyani guruhlar va
guruhostilarga boiishni va uni tayyorlashda gidga yo‘nalish olishga
yordam beruvchi xususiyatlarini ajratishni tasniflashning asosiy
maqsadi sifatida ta’kidlab o‘tgan.
39 Тухлиев R C ., Амриддинова P.C. “Организация экскурсионного обслуживания". Учебное
пособие. -С., 2011.
184
Mavzuli
ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‘ish-
lanadi. Agar bu tarixiy ekskursiya bo‘lsa, uning negizida yagona
mavzuda birlashtirilgan bir yoki bir necha voqealar yotadi. Agar bu
me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa, unda shahar, ko‘cha
va maydonfarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari, o ‘tgan asrlar
me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin.
Mavzuli ekskursiyalar tarixiy, ishlab chiqarish, tabiiy (eko
logik), san’atshunoslik, adabiy, me’moriy - shaharsozlik ekskursi-
yatariga bo‘linadi.
0 ‘z mazmuniga ko‘ra,
tarixiy
mavzudagi ekskursiya xizmatlari
quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: