Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

Turizm  infratuzilmasi
  -   turistik  faoliyatni  amalga  oshirishda 
turistlaming  turistik  resurslaridan  bemalol  foydalanishini  ta’min- 
lovchi  bino  va  inshootlar  tizimi,  muhandislik  va  kommunikatsiya 
tarmoqlari,  shu jumladan,  yoilar,  axborot  texnologiyalari,  turizm­
ning  turli  xizmat  ko‘rsatish  korxonalari  va  ulami  kerakli  darajada 
ishlatish va ta’minlash tushuniladi.
Bu avtomobil va temir yoilar, yo‘l harakatini, havo yoilarini, 
dengiz  va  datyo  yoilari  harakatini  tartibga  soluvchi,  issiqlik,  suv, 
elektr  va  telefon  aloqalari  bilan  ta’minlash  va  boshqa  kommu­
nikatsiya tizimlaridir.  Maiumki,  turizm  sohasida turistik resurslari, 
ya’ni  tabiiy-iqlim,  tarixiy-madaniy,  ma’rifiy,  ijtimoiy-maishiy 
turizm obyektlari boigan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish 
muhim masalalardan biri hisoblanadi.  Yoilaming ravonligiga qarab 
ham  turistlar  oqimining  oshishi  yoki  kamayishi  mumkin.  Yoilar, 
bozorlar  mamlakatning  iqtisodiy  va  madaniy  ahvoli  qay  darajada 
rivojlanganidan dalolat beradi.
Keying!  yillarda  mamlakatimizda  turizm  infratuzilmasini  za- 
mon talabiga moslashtirish maqsadida hukumat tomonidan ko'pgina 
ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Ayniqsa,  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  2016-yilda  qabul  qilgan  « 0 ‘zbekiston  Respublika­
sining  turizm  sohasini  jadal  rivojlantirishni  ta’minlash  chora- 
tadbirlari  to‘g‘risida»gi  Farmonida respublika mintaqalarida turizm 
infratuzilmasining  zamonaviy  obektlari,  eng  awalo  mehmonxo- 
nalar,  transport-logistika  tuzilmalari,  muhandislik-kommunikatsiya 
infratuzilmasini jadal  rivojiantirish,  ushbu  maqsadlar  uchun  xorijiy 
investitsiyalarni  keng  jalb  etish  masalasi  0 ‘zbekistonga  xorijiy 
turistlar oqimini ko‘paytirishga katta zamin boiadi.
Turist  -  awalo  dam  oluvchi  boiib,  unga  ko‘rsatiladigan  xiz­
matlar iste’molchisi ekanligini unutmasligimiz lozim.  Bular nafaqat 
avtomobil  yoilari,  shuningdek,  temir  yoilarga  ham  taalluqlidir. 
Vokzal va poyezd relslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya 
va muhandislik tarmoqlarining barchasi -  turizm infratuzilmasvnmg 
tarkibiy  qismi  boiib  hisoblanadi.  Nafaqat  avtomobil  yoki  temir
221


yoilar,  hatto  turistlar  uchun  maxsus  ajratilgan  yo‘Ilar  va  yoiaklar 
ham talab darajasida bo‘lmog‘i kerak.
Mehmonxona  va  shunga  tenglashtirilgan  joylardagi  kommu- 
nikatsiya va muhandislik tarmoqlarida ham muammolar bo‘lmasligi 
turizm  sohasining  yangi  pog‘onalarga  ko'tarilishida  o‘ziga  xos 
o‘rinni  egallaydi.  Bir  tasawur  qilib  ko‘raylik:  issiqlik  tarmog‘i 
ishlamaydigan,  elektr  tarmog‘i  past,  kanalizatsiya  tarmog‘i  bo‘l- 
magan  yoki  ichimlik  suvi  talab  darajada  bo‘lmagan  mehmon- 
xonalarda  turistning  bo‘lishi,  bular  va  boshqalar  turizm  infra- 
tuzilmasining  rivojlanishidagi  kechiktirib  boimas  va  tezda  hal 
qilinishi zarur bo‘lgan muammolardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa,  olis,  togii  joylar,  y o i  trassalari  kabi  hududlarda  bu 
muammoiami hal etish katta kapital mablag‘ talab qiladi. Hozir respub- 
likamizning  avtomobillar  qatnaydigan  trassalarida  shox  bekatlarning 
ahvoli  xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan darajada emas. Turistlar 
tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur servis va tibbiy yordam beri- 
ladigan  obyektlarning  zamon  talabi  darajasida  emasligi  infratuzilma 
obyektlarini qurish borasidagi dolzarb ishlar qatoriga kiradi.
Bir  vaqtlar  Buyuk  ipak  yo‘li  o‘tgan joylardagi  muhim  mas- 
kanlarda  karvonsaroylar  bo‘tgan.  Karvonsaroylar  savdo  karvonlari 
uchun  hozirgi  vaqtlardagi  mehmonxonalar  xo'jaligi  vazifasini 
o‘tagan.  Unda  karvonlar  va  savdogarlar  tunaydigan  xonalardan 
tortib,  ichimlik  suvi,  ovqatlanish  xizmati  va  boshqa  xizmatlar 
(tabiblar,  mashshoqlar,  qo‘riqchilar) o‘z joyiga  qo'yilgan.  Yurtimiz 
ko‘hna tarix va madaniyatga ega.
Hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil 
awal xizmat ko‘rsatganligini  isbotlovchi  dalillami arxeologiya  sohasi 
olimlarimiz  tadqiqot  ishlarida  ko‘rsatib  berishgan.  Bu  esa  kommu- 
nikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi (sardobalar) maxsus quvurlar kulol- 
chilik mahsulotlari — sopol quvurlar orqali olib kelmganligidan dalolat 
beradi.  Mana  shunday  tarixiy,  an’anaviy  merosimizni  yana  tiklash, 
zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir.
Hozirgi  paytda  turizm  infratuzilmasida  bank  va  moliyaviy 
tashkilotlar  va  xiznSatlaming  o‘mi  alohida.  Turistlar  sayohatda  va 
dam  olishda  xilma-xil  xizmat turlaridan  foydalanishni  xohlaydilar. 
Ya’ni o‘z xohishi bo‘yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda 
ular  ko‘ngil  ochish  uchun  har  kuni  ko‘p  miqdorda pul  sarflashadi.
222


Pulni,  ayniqsa,  katta  miqdordagi  pulni  ko‘tarib  yurish  turistlarga 
noqulaylik va qiyinchiliklar tug‘diradi. Turistlarning ko‘p  miqdorda 
pulni olib yurishi o'g'rilami, qaroqchi  va tovlamachilami  va har xil 
turdagi  jinoyatchilarning  jinoiy  harakat  qilishlariga  olib  keladi. 
Turizm  sohasi  tashkil  topishi  bilanoq,  to‘g‘rilanishi  va  tartibga 
olinishi  mumkin  boigan  xavfsiz  pul  bilan  ta’minlash  muammosi 
paydo  boigan  edi,  bu  masala  bugun  kompyuter  texnologiyalari 
asosida viza va kredit kartalari orqali o‘z yechimini topdi.
Axborot  xizmati  turizm  infratuzilmasida  turistlarga  ham  va 
uning  tashkilotchilariga  ham  juda  zarurdir.  Turist  sayohatga  tay- 
yorlanayotganda  hamda  sayohat vaqtida  o‘zi  boradigan joy  haqida 
o‘sha  mamlakat  yoki  boradigan  hududning  qonun-qoidalari,  odat-' 
lari, mehmondo‘stligi haqidagi qo‘shimcha maiumotlarga, shuning­
dek,  o‘sha  joyning  xaritasiga,  transport  magistrallari  sxemasiga 
muhtoj  boiadi.  Sayohat  va  turistlarning  sarguzashtlari  haqidagi 
maiumotlar  ommabop  va  maxsus  adabiyotlar  koiinishida  chop 
etiladi va bu holat turistlami samarali sayohat qilishga chorlaydi.
Turizm  infratuzilmasini  zamonaviy  kompyuter  xizmatisiz 
tasawur  etish  qiyin.  Tezkor  axborot  va  so‘zlashuv,  yangiliklardan 
xabardorlik  turizmning  muhim  bir jihatidir.  Hozirgi  turist  internet, 
faks  va  boshqa  zamonaviy  texnika  vositalaridan  foydalanishiga 
talab turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan dalolat beradi. 
Zamonaviy  elektron  vositalari,  shu  jumladan,  turistik  xizmatlar, 
turistik  markazlar  haqidagi  maiumotlar  joylashgan  millionlab 
saytlarga  ega boigan  Internet tarmoqlari  orqali  nafaqat  sayohat  va 
turistik  agentliklarni  tanlash,  hattoki,  tur  sayohatning  chiptalari, 
xizmatlar uchun toiovlam i ham oldindan tayinlab qo‘yish mumkin.
Hozirgi  paytda  o‘zida  boy  tarixiy-madaniy  merosga,  noyob 
tabiiy salohiyatga ega boigan 0 ‘zbekiston hududlari uchun turizm­
da  qator  vazifalami  yechishga  yordam  beruvchi  keng  profildagi 
amaliy  geoaxborot tizimini  (GAT)  shakllantirish  davr talabi  hisob­
lanadi.45
Turizm  industriyasi  va  infratuzilmasining  tasniflanadigan 
belgilari turlari bo‘yicha tarkibiy qismi quyidagi rasmda batafsil ifo- 
dalangan.
Usmanova  Z.I. 
“0 ‘zbekistonda  turistik  -  rekrealsion  xizmatlami  rivojiantirish  xususiyatlari  va  tenden- 
siyalari".  Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa dofctori (doctor o f philosophy) dissertatsiyasi.  2018 y.

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish